• Internetning to’lov tizimi
  • Elektron savdo va shaxsiy kompyuter




    Download 0.72 Mb.
    bet14/21
    Sana30.11.2022
    Hajmi0.72 Mb.
    #32609
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
    Bog'liq
    интернет-маъруза
    7-Б, Qidiruv tizimi, File, Практические задачи 1
    Elektron savdo va shaxsiy kompyuter. Elektron savdo ko’p hollarda shaxsiy kompyuter yordamida Internet orqali amalga oshirilar ekan, bu hol shaxsiy kompyuterlarni va amaliyot tizimlari texnologiyasining qayta ishlanishiga ta’sir ko’rsatdi. SHaxsiy kompyuterlarni elektron savdoda ishlatishga qulay bo’lishi uchun dasturiy ta’minot ishlovchilari o’zlarining brauzer yoki amaliyot tizimlariga Internet orqali uzatilayotgan moliyaviy axborotlarni butunligi va konfidentsialligiga kafolat beradigan funktsiyalarni o’rnatdilar. WWW ning savdo-sotiq bilan shug’ullanadigan tugunlaridagi eng zamonaviy dasturiy ta’minot texnologiyalari uzatilayotgan moliyaviy axborotning aniqligiga va foydalanuvchining moliyaviy resurslari xavfsizligiga kafolat beradi.
    Elektron savdo shaxsiy komaьyuterlarning baza apparat vositalariga ham ta’sir ko’rsatdi. Foydalanuvchilarga Internet orqali xarid qilishni osonlashtirish maqsadida shaxsiy kompyuter yaratuvchilar o’zlarining kompyuterlarini kuchli videotizimlar, katta xajmdagi qattiq disklar, tez ishlaydigan modemlar, mulьtimedia-axborotlarga yaxshiroq ishlov beradigan mikroprotsessolar bilan ta’minladilar.
    Internetning to’lov tizimi – bu Internet orqali tovarlarni sotish va xarid qilish hamda xizmat ko’rsatish jarayonida moliyaviy, biznes-tashkilot va Internet- foydalanuvchilar o’rtasida hisob ishlarini amalga oshiruvchi tizimdir. Ayni to’lov tizimi buyurtmaga ishlov beruvchi xizmatni yoki elektron vitrinani barcha standart atributlari mavjud magazinga aylantirish imkonini beradi. Sotuvchining saytidan tovar yoki xizmatni tanlab xaridor kompyuterdan uzoqlashmay turib to’lovni amalga oshirishi mumkin. Elektron savdo tizimida to’lovlar quyidagi bir qator shartlarga rioya qilingan holda amalga oshiriladi. Konfidentsiallikka rioya qilish – xaridor Internet orqali to’lovni amalga oshirganda o’zining ma’lumotlarini (masalan, kredit kartochka nomeri) faqat qonuniy xuquqga ega bo’lgan tashkilotlargina bilishini xoxlaydi. Axborot butunligini saqlash – xarid haqidagi ma’lumotlarni hech kim o’zgartira olmaydi. Autentifikatsiya – xaridor va sotuvchilar bitimda ishtirok etayotgan barcha tomonlarning o’zlarini kim deb tanishtirgan bo’lsalar aniq o’shalar ekanligiga to’liq ishonch hosil qilishlari kerak. To’lov vositasi - xaridorga haq to’lash uchun ixtiyoriy to’lov vositalaridan foydalanish imkoni berilgan. Avtorizatsiya - tranzaktsiyani o’tkazish talablari to’lov tizimi orqali ma’qullanadigan yoki rad qilinadigan jarayon. Bu jarayon xaridorda mavjud vositalarni aniqlash imkonini beradi. Sotuvchining xavf-xatardan kafolatlanganligi – Internetda savdo qiladigan sotuvchi tovarlardan voz kechish hamda xaridorlarning vijdonsizligi kabi xatarlarga yo’liqishi mumkin. Xatarlar miqdori to’lov tizimi provayderlari va savdo zanjiriga maxsus bitimlar orqali biriktirilgan boshqa tashkilotlar bilan kelishilgan bo’lishi kerak. Tranzaktsiya to’lovlarini minimallashtirish – buyurtma tranzaktsiyasi ishloviga to’lanadigan haq va tovarlar to’lovi tabiiy ravishda ularning narxlari ichiga kiradi. SHuning uchun tranzaktsiya narxining pasayishi raqobatbardoshlikni oshiradi. SHuni ta’kidlash lozimki, tranzaktsiya xaridor tovardan voz kechgan taqdirda ham to’lanadi.
    Mavjud to’lov sxemasiga ko’ra barcha to’lov tizimlarini ikkiga bo’lish mumkin: debet tizim (elektron chek va naqd raqamlar bilan ishlovchi); - kredit tizimlar (kredit kartochkalar bilan ishlovchi).

    Download 0.72 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




    Download 0.72 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektron savdo va shaxsiy kompyuter

    Download 0.72 Mb.