• ARPANET
  • -Ma’ruza. Internet tarixi. Dasturiy ta’minoti. Qaydnomalar




    Download 0.72 Mb.
    bet2/21
    Sana30.11.2022
    Hajmi0.72 Mb.
    #32609
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
    Bog'liq
    интернет-маъруза
    7-Б, Qidiruv tizimi, File, Практические задачи 1
    1-Ma’ruza.
    Internet tarixi. Dasturiy ta’minoti. Qaydnomalar.

    Reja:


    1. Internet tarixi.

    2. Internetning asosiy resurslari.

    3. Internetning dasturiy ta’minoti.

    4. Internet qaydnomalari.

    Internet – dunyo bo’ylab joylashgan va yagona tarmoqqa birlashtirilgan minglab kompyuter tarmoqlarining majmuidir.


    Internet «sovuq urush» mahsuli bo’lib, uning yaratilishiga yadro zarbalaridan qisman zararlanganda ham ishlay olishga mo’ljallangan tajribaviy aloqa tizimi sifatida XX asrning 70-yillar boshlarida AQSH Mudofaa vazirligi tomonidan ishlab chiqarilgan ARPANET aloqa tarmog’i asos bo’lgan. ARPANET – buzilgan aloqa bo’g’inlarini avtomatik ravishda aylanib o’tishga va tarmoqdagi kompyuterlarning ma’lumot almashinishiga imkon yaratuvchi kommunikatsiyalar paketidir. ARPANET da ma’lumotlarni uzatish texnologiyasi «aloqali-informatsion paketlar» deb nomlanadi. Bu texnologiyada yuborilayotgan ma’lumotlar bir nechta paketlarga bo’linadi va har bir bo’lingan paket o’zining manziliga ega bo’ladi. Paketlar aloqa tizimi orqali mustaqil joylashtiriladi. Ma’lumotlarni jo’natish uchun foydalanuvchi o’z manzili orqali boshqa foydalanuvchilarni manzilini aniq ko’rsatishi kerak.Aloqa shunday yo’lga qo’yilganki, foydalanuvchilar tomonidan konkret tizimdagi struktura haqida hech qanday ma’lumot so’ralmasligi loyixalashtirilgan va dasturlashtirilgan. Barcha paketlar belgilangan manzilga uzatilgach, raqamlanishga keladi va butun maьlumot tiklanadi. Paketlar butunligi tekshiriladi. Agar bu jarayon davomida axborot qismiga zarar yetgan bo’lsa, qabul tizimi butun tizimni emas, balki kerakli axborot qismlarini qayta yuborishni so’raydi. Axborot uzatishning bu modeli paketlar kommutatsiyasi deyiladi. Telefon tarmoqlarini taqqoslash uchun kanallar kommutatsiyasi deb ataluvchi model qo’llaniladi. Bu siz va sizning abonentingiz o’rtasidagi aloqa boshlangach doimiy aloqa o’rnatiladi va sizdan boshqa hech kim sizning muloqotingiz davrida foydalana olmaydigan aloqa kanali o’rnatilishini va suxbat tugaguncha saqlanishini anglatadi. Aynan shu TCP/IP deb nomlangan standartlar mavjud tarmoqlar yordamida global kompyuter tarmog’ini yaratish uchun asos bo’lgan.
    AQSH da oliy maьlumot uchun NSFALET deb ataluvchi infra strukturasining yaratilishi(1985 - 1988) aloqaning tezkor magistral kanallari tarmog’ini yaratadi va universitet o’z foydalanuvchilarining tarmog’i dasturini kodlash sharti bilan unga butun Amerika universitetlarini uladi. Internetning chinakam rang - barangligi 1992 yilda «butunjaxon o’rgimchak to’ri» deb nomlangan yangi xizmatlarni yuzaga kelishi bilan boshlanadi. World Wide Web – har bir foydalanuvchiga internetga o’z axborotini kutilmagan holatda kiritish va uni juda tez fursatda ommaga tarqatish imkonini beradi.
    Internetning asosiy resurslari. Internetning eng mashhur xizmati WWW sanalib, u o’zida juda ko’plab mulьtimediya xujjatlarini jamlagan. Internetning navbatdagi resursi FTP bo’lib, u barcha fayllar ombori va tizimi sanaladi. Internetning eski resursi E – mail dir. E – mail elektron xatlar tizimidir. Tarmoqdagi munozaralarni ta’minlash borasida yangiliklar guruhi deb nomlanuvchi global holda tarqalgan tizim belgilangan. Ana shu tizimlardan eng mashxuri Usenet yangiliklar guruhidir. Internet xizmati yiroqlashtirilgan kompyuter tarmog’i bilan bog’lanish hamda uning resurslaridan foydalanish imkonini beradigan tizim bu – Telnet dir. Nihoyat internetda IRC (chat) tizimi bor. Bu tugmalar yordamida jonli muloqotga kirishish mumkin. IRC – bu jonli muloqotda bo’lish va foydalanuvchiga klaviatura orqali Internet imkoniyatlaridan foydalanish imkonini beradi.
    Internet – bu Internet texnologiyasi, dastur ta’minoti va qaydnomalari asosida tashkil etilgan, hamda ma’lumotlar bazasi va elektron xujjatlar bilan kollektiv ravishda ishlash imkonini beruvchi korxona yoki kontsern miqyosidagi yagona informatsion muhitni tashkil etuvchi kompyuter tarmog’idir. Internet boshqa kompyuter tarmoqlaridan quyidagi bilan farqlanadi. Bir yoki bir nechta serverlardan tashkil etilgan tarmoq mijozi undagi elektron xujjat, ma’lumotlar bazasi va fayllardan foydalanish uchun, ularning qaysi serverda, qaysi direktoriyada qanday nom bilan saqlanganligini, ularga kirish usul va shartlarini bilishi zarur bo’ladi. Internetda esa bunday noqulayliklarni oldi olingan bo’lib, uning foydalanuvchisi bunday ma’lumotlarni bilishi shart emas. Bundan tashqari, Internet tarmog’ida mavjud bo’lgan barcha elektron xujjat va ma’lumotlar bazasini giper bog’lanishlar yordamida o’zaro bog’lab yagona informatsion muhit qurish, unda qulay informatsion qidiruv tizimlarini tashkil etish mumkin bo’ladi. Internet o’z-o’zini shakllantiruvchi va boshqaruvchi murakkb tizim bo’lib, asosan uchta tarkibiy qismdan tashkil topgandir:

    • Texnik

    • Dasturiy

    • Informatsion

    Internetning texnik tarkibiy qismi har xil turdagi kompyuterlar, aloqa kanallari(telefon, sputnik, shisha tolali va boshqa turdagi tarmoq kanallari), hamda tarmoq texnik vositalari majmuidan tashkil topgandir. Internetning ushbu texnik vositalarining barchasi doimiy va vaqtinchalik asosda faoliyat ko’rsatishi mumkin. Ulardan ixtiyoriy birining vaqtinchalik ishdan chiqishi Internet tarmog’ining umumiy faoliyatiga aslo ta’sir ko’rsatmaydi.
    Internetning dasturiy ta’minoti tarmoqqa ulangan xilma-xil kompyuterlar va tarmoq vositalarini yagona standart asosida muloqot qilish, ma’lumotlarni ixtiyoriy aloqa kanali yordamida uzatish darajasida qayta ishlash, axborotlarni qidirib topish va saqlash, hamda tarmoqda informatsion xavfsizlikni ta’minlash kabi muhim vazifalarni amalga oshiruvchi dasturlar majmuidan iboratdir.
    Internetning informatsion tarkibiy qismi Internet tarmog’ida mavjud bo’lgan turli elektron xujjat, grafik rasm, audio yozuv, video tasvir va hokazo ko’rinishdagi axborotlar majmuasidan tashkil topgandir. Ushbu tarkibiy qismning muhim xususiyatlaridan biri, u butun tarmoq bo’ylab taqsimlanishi mumkin. Masalan, shaxsiy kompyuteringizda o’qiyotgan elektron darsligingizni matni bir manbadan, rasmlari va tovushi ikkinchi manbadan, video tasvir va izoxlari esa uchinchi manbadan yig’ilishi mumkin. SHunday qilib, tarmoqdagi elektron xujjatni o’zaro moslashuvchan giper bog’lanishlar orqali bir necha manbalar majmuasi ko’rinishida tashkil etish mumkin ekan. Natijada millionlab o’zaro bog’langan elektron xujjatlar majmuasidan tashkil topgan informatsion muhit xosil bo’ladi. Bir qarashda inernetning texnik tarkibiy qismi blan informatsion tarkibi o’zaro o’xshashdek tuyuladi. CHunki ikkla xolda ham biz «birni ko’plikka» usulda tashkil etilgan ob’ektlar borligiga duch kelamiz. Aslida bunday emas. Texnik nuqtai nazardan internetda mavjud bo’lgan ixtiyoriy kompyuter ko’plab kompyuterlar bilan bog’langan bo’ladi. Bunday bog’lanish «XARMSK»( Net) deb ataladi. Informatsion nuqtai nazardan internetda e’lon qilingan har bir elektron xujjat tarmoqdagi bir nechta xujjatlar bilan o’zaro bog’lanishda bo’lishi mumkin. Bu xoldagi informatsion bog’liqlik «to’r» (Web) nomini olgan. SHunday qilib, «tarmoq»( Net) haqida so’z yuritilganda o’zaro bog’langan kompyuterlar majmuasi tushunilsa, «to’r» (Web) haqida so’z yuritilganda esa yagona informatsion muhitni tashkil etuvchi elektron xujjatlar majmuasi tushuniladi. Amaliyotda internetning real, fizik bog’lanishlar orqali tashkil topgan tarmog’idagi kompyuterlar bilan virtual informatsion fazoni tashkil etuvchi elektron xujjatlari har xil manzillar yordamida ifodalanadi.
    Internetda axborot almashish standart qoidalar asosida amalga oshiriladi. Internetdagi ma’lumotlarni uzatish qoidalari qaydnomalar deb ataladi. Internet tarmog’ining ishlash printsipi TCP/IP (Transmission Control Protocol/Internet Protocol – ma’lumotlarni uzatish qaydnomasi/Internet qaydnomasi) dan foydalanishga asoslangan. TCP/IP qaydnomalari Internet global tarmog’ida ham, shuningdek boshqa ko’pgina lokal tarmoqlarda ma’lumotlarni uzatish uchun xizmat qiladi. Albatta, Internetdan foydalanuvchilarga TCP/IP qaydnomalari haqida hech qanday maxsus bilim talab qilinmaydi, biroq umumiy tavsifdagi, yechilishi mumkin bo’lgan muammolarni hal qilish uchun asosiy ishlash printsiplarini tushunish, xususan elektron pochtalar tizimini joylashtirish (sozlash)ni bilish kerak. SHuningdek, TCP/IP qaydnomalari Internetning boshqa bazali qaydnomalari FTP va TelNet qaydnomalari bilan uzviy bog’langan.
    Ko’pchilik foydalanuvchilar TCP/IP ni bitta dastur deb o’ylashadi. Aksincha, u tarmoqning bir vaqtning o’zida ma’lumot uzatish uchun ishlab chiqilgan, o’zaro bog’langan qaydnomalarning butun bir dasturlar oilasidir. TCP/IP tarmoqning dasturlar qismi bo’lib, TCP/IP oilasidagi har bitta qism ma’lum bir aniq maqsadga qaratilgan: elektron pochtalarni yuborish, tizimga olis masofalardan kirishni ta’minlash, fayllarni manzillarga jo’natish, xabarlarga yo’l ko’rsatish yoki tarmoqlardagi buzilishlarni talqin qilish.
    TCP/IP tarkibiga kiruvchi turli servis va ularning bajaradigan vazifalariga qarab har xil sinflarga bo’linadi. Quyida qaydnoma guruhlari va ularning vazifalari keltirilgan.
    TCP (Transmission Control Protocol) – qabul qiluvchi va uzatuvchi kompyuterlarning mantiqiy bog’lanishiga asoslangan ma’lumotlarni uzatilishini qo’llab-quvvatlovchi qaydnoma.
    UDP (User Datagram Protocol) – mantiqiy bog’lanishlar o’rnatilmasdan, ma’lumotlar uzatilishini qo’llab-quvvatlaydi. Bu yuboruvchi va qabul qiluvchi kompyuterlar o’rtasida oldindan bog’lanish o’rnatilmasdan ma’lumotlarni yuborishni anglatadi.
    IP (Internet Protocol) – ma’lumotlarni uzatishni ta’minlaydi.
    RIP (Routing Information Protocol) – manzilga xabarlarni yetkazuvchi eng yaxshi yo’llarni tanlovchi qaydnomalardan biri.
    OSPF (Open Shortes Path First) – yo’llarni aniqlovchi muqobil qaydnoma.
    ARP (Adress Resolution Protocol) – tarmoqdagi kompyuterning sonli manzilini aniqlaydi.
    DNS (Domain Name System) – tarmoqdagi kompyuterlarni nomlari bo’yicha sonli manzilini aniqlaydi.
    RARP (Reverse Adress Resolution Protocol) – tarmoqdagi kompyuterlarning manzilini aniqlaydi, biroq ARP ga teskari holatda.
    Amaliy servislar – bu shunday dasturlarki, ulardan foydalanuvchi yoki kompyuter har xil xizmatlar uchun ruxsat oladi.
    BootP (Boot Protocol) – serverning boshlang’ich ma’lumotlarini o’qish bilan tarmoqdagi kompyuterlarni ishga tushiradi.
    FTP (File Transfer Protocol) – kompyuter o’rtasida fayllarni bir-biriga uzatadi.
    TelNet (Telephone Network-telefon tarmog’i) – tizimga uzoqdagi terminal ruxsatini ta’minlaydi, ya’ni bitta kompyuterdan foydalanuvchi boshqa uzoqdagi kompyuter bilan xuddi qo’lidagi klaviaturada ishlayotgandek muloqot qiladi. U uzoqqa uzatish qaydnomasidir.
    SHlyuzli qaydnomalar – tarmoq bo’ylab uzatilayotgan xabarlar yo’llari haqida va tarmoqdagi ma’lumotlar holati, shuningdek lokal tarmoqdagi ma’lumotlarni talqin qilishga yordam beradi.
    EGP (Exterior Gateway Protocol) – yo’llari ko’rsatilgan ma’lumotlarni tashqi tarmoqqa uzatish uchun xizmat qiladi.
    GGP (Gateway to Gateway Protoco) – yo’llari ko’rsatilgan ma’lumotlarni uzatish uchun xizmat qiladi.
    IGP (Interior Gateway Protocol) – yo’llari ko’rsatilgan ma’lumotlarni ichki tarmoqda uzatishga xizmat qiladi.
    Quyidagi qaydnomalar yuqoridagi kategoriyalarga tegishla emas, ammo tarmoqlarda ahamiyati kattadir.
    NFS (Network File System) – lokal kompyuterlarda mavjud bo’lgan katalog va fayllardan foydalanish imkonini beradi.
    NIS (Network Information Service) – parollarni tekshiradi va tizimga kirishni molellashtiradi. Tarmoqdagi bir nechta kompyuterlar foydalanuvchilari haqidagi ma’lumotlarni ko’rsatadi.
    RPC (Remote Procedure Call) – o’chirilgan amaliy dasturlarni bir-biri bilan sodda va samarali holatda biriktiradi.
    SMTP (Simple Mail Transfer Protocol) – elektron pochtani kompyuterlarga yuboruvchi qaydnoma.
    SNMP (Simple Networc Management Protocol) – ma’muriy qaydnoma - tarmoq holati va unga ulangan boshqa qurilmalarga ma’lumotlarni uzatadi.
    SHunday qilib, servisning barcha turlari majmui TCP/IP – kuchli va samarali qaydnomalar majmuini tashkil qiladi.
    Tekshiruv savollari:

    1. Internet nima? Uning kelib chiqish tarixi.

    2. Internetning asosiy tarkibiy qismlari.

    3. Internetning asosiy resurslariga nimalar kiradi?

    4. Internet qaydnomalari. TCP/IP qaydnomasi haqida tushuncha.

    5. TCP/IP qaydnomasining guruhlari va ularning vazifalari.



    Download 0.72 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




    Download 0.72 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Ma’ruza. Internet tarixi. Dasturiy ta’minoti. Qaydnomalar

    Download 0.72 Mb.