Shriftlarni belgilash




Download 0.72 Mb.
bet6/21
Sana30.11.2022
Hajmi0.72 Mb.
#32609
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
интернет-маъруза
7-Б, Qidiruv tizimi, File, Практические задачи 1
Web-tarmoq tuzilishi
Web-tarmoqni ochganda birinchi bo’lib foydalanuvchining ko’ziga tashlanadigan sahifa bu Uy sahifasidir, ya’ni Home Page. Bu sahifa tarmoqning maqsad va belgilari hakida axborot beradi, shuning uchun ham asosiy rol o’ynaydi. Bundan tashqari, sizning qiziqishlaringiz yoki tijorat foaliyati borasida qisqacha axborot beradi. Ba’zan Uy sahifasini birinchi sahifa deb ham ataladi.
Odatda birinchi bo’limidan boshlab sekin-asta so’ngiga qadar o’qib boriluvchi kitobdan farqli o’laroq, Web tizimi foydalanuvchilarga aynan ularni qiziqtirayotgan axborotni shu vaqtning o’zida ko’zdan kechirishga imkon beradi. Web-tarmoq tizimi daraxtni eslatadi: markaziy bo’limning yirik shoxlari mayda shoxlarga, ya’ni ular bilan bog’lik axborotga olib boradi. Har bir shox alohida Web-sahifasini anglatadi. Gipermurojaatlardan foydalangan holda bir tarmoq ichida xarakatlanish yoki bir tarmoqdan boshqa bir tarmoqqa o’tish mumkin. Gipermurojaat mantli yoki grafikali bo’lishi mumkin. Gipermurojaat tugma sifatida xizmat kiladi. Uni bossangiz, siz u tasvirlagan yerga borib qolasiz. Odatda, gipermurojaat matni ma’lum sahifadagi qolgan matndan ajralib turish maqsadida boshqa bir rang bilan belgilanadi va ko’pincha gipermurojaat tanlanganidan so’ng,uning tagiga chiziladi hamda rangi o’zgaradi. Bu esa uning ishlatilganligidan dalolat beradi.
Web-tarmog’ini yaratishda axborotni guruh yoki bloklarga ajratmok zarur. Web-tarmoq notekis bir muhitdir. Qachonki yaratilgan Web-tarmoq yuqoridan-pastga tamoyili yoki daraxtsimon tuzilish asosida qurilgan bo’lsa, hamda unda Uy sahifasida Web-tarmoq tarkibining qisqacha ko’rinishi, shuningdek axborot tarmoqlari(shoxlari)ga o’tish variantlari ko’rsatilgan bo’lsagina, uning tuzilishi samarali deb hisoblanadi. Daraxtsimon tuzilishga ega Web-tarmoqlarni 3 toifaga bo’lish mumkin:
- Uy sahifasi (asosiy sahifa);
- Axborot sahifasi (ma’lumotli sahifa);
- Qo’shimcha sahifa.
Web-tarmoqning Uy sahifasi tarmoqqa kiruvchi eshik hisoblanadi. Bu sahifa yaratilgan tarmoqdagi eng asosiysidir, chunki tarmoqqa kiruvchi siz hakingizdagi, sizning kompaniya yoki tashkilotingiz hakidagi eng birinchi taassurotlarini aynan shu sahifadan oladi. Ma’lumotli sahifalar - bu murojaatlari Uy sahifasida joylashgan Web-tarmoqdir.
WWW xujjat stillashtirilgan va formatlashgan matn, grafik va Internetning turli xil zahiralari bilan giperaloqasi bo’lishi mmumkin. Bu aytilgan imkoniyatlarni amalga oshirish uchun maxsus til ishlab chiqilgan bo’lib, Hyper Text Markup Landuage (HTML), ya’ni Gipermatnni belgilash tili deb ataladi. HTML da yozilgan xujjat matnli fayldan iborat bo’lib, axborot yetkazuvchi matni va belgilash tegasidan (markup tags) tuzilgan. Tegalar HTML standarti bilan belgilangan belgilar ketma-ketligi (qatori) bo’lib, ko’rib chiqish dasturi uchun ko’rsatmalardan iborat. Bu ko’rsatmalarga binoan dastur matni ekranda joylashtiriladi, unga grafik fayllarda alohida saqlanadigan fayllarni qo’shib qo’yadi va boshqa xujjatlar yoki Internet zahiralari bilan giperaloqani shakllantiradi. SHunday qilib, fayl HTML tilida WWW-xujjat qiyofasiga shu paytda o’tadiki, qachonki u ko’rib chiqish dasturi orqali izoxlab berilsa.
Saytlarni yaratish jarayonida har bir proekt uchun quyidagi masalalarni hal qilish zarurdir:
1. Foydalanuvchilar toifasini aniqlash.
Serverda joylashgan ixtiyoriy ma’lumot foydalanuvchi uchun qiziq bo’lishi kerak. SHu sababli sayt yaratishdan oldin quyidagi savollarga albatta javob topmoq zarur: foydalanuvchi kim? Menedjermi yoki shaxsiy foydalanuvchi yoki dillermi? Foydalanuvchi aniqlangandan so’ng, unga qanday ma’lumotlar kerak degan savol paydo bo’ladi?
2. Proektni bajarish uchun sizning server va kanallaringiz quvvati yetarlimi.
Foydalanuvchilarda sizning saytingizdagi axborotlarni tez ko’rish imkoni bo’lsagina, ular yana qayta sizning saytingizga kirishlari mumkin, aks holda ular qaytib kelmaydilar. SHuning uchun Internet bilan aloqani yuqori tezlikdagi kanallarda tashkil qilish kerak.
3. Web ning mos texnologiyasini tanlash..
Bu bosqichda qaysi dasturiy ta’minotdan foydalananishingiz hamda xujjatlarni serverga joylashtirish uchun qaysi dasturlarni ishlatishingizni hal qilishingiz kerak. 4. Xavfsizlik tizimini tanlash.
Oxirgi vaqtda xakerlar ko’paygani sababli firewall texnologiyasi ishonchli hisoblanadi. Unga ko’ra foydalanuvchilar tashqaridan faqat WWW-serverga kiritiladi. Lokal tarmoq ichiga pochta kiritiladi. Bunda lokal tarmoqning ixtiyoriy foydalanuvchisiga Internetga chiqish chegaralanmaydi.
5. Axborotni boshqarish.
Bu bosqich muhim bo’lib, u quyidagi savollarni o’z chiiga oladi: axborot toifasini aniqlash, u qaerdan olinadi, axborot manbaini nima uchun aniqlash kerak va u HTML da qanday jo’natiladi. Bu yerda axborot tuzilishini, ya’ni xujjatlar orasida qanday gipermatnli aloqalar bo’lishini ham aniqlash lozim.
6. Eng yaxshi dizaynlarni qo’llash.
Web-serverda axborotlarni e’lon qilish shunday tashkil qilinganki, sahifa formati ixtiyoriy paytda o’zgartirilib foydalanuvchiga taqdim etiladi. Sahifaga qo’llanilgan yaxshi dizayn hamda sahifaga yangi axborotlarni tezda qo’shish foydalanuvchi qiziqishini orttiradi. Web – sahifani yaratishda yana shuni e’tiborga olish kerakki, kaiia imkoniyatlarga ega bo’lgan monitorlarda yaratilgan sahifangizni kam imkoniyatlarga ega bo’lgan, ranglari chegaralangan miqdorda bo’lgan monitorlarda ham ko’rish mumkin bo’lsin.
7. Web-serverlarni qo’llash.
Har bir axborot tizimi kabi Web-server ham muntazam aktuallashib borishi kerak. Serverni ishlab chiqishda eng kerakli qism bu qo’llashni rejalashtirishdar. Bunda oddiy usul sizning firmangizning ichki serveridan yangi axborotlarni yuklashdir. Ko’p sonli axborot provayderlariga ega bo’lgan katta tashkilotlarda server sahifalari tez-tez yangilanib turishi kerak. Fayllarni qo’lda kiritish va yo’qotish foydalanuvchi diqqatini o’ziga jalb qilgan axborotlarni yo’qolishiga olib kelishi mumkin. Lekin shunga qaramay, qo’llovchi resurslarni, gipermatnli aloqalarning saqlanganligiga ishonch hosil qilish uchun, qo’lda tekshirtirish imkoniga ega bo’lish kerak.
8. Nashr qilish qonuniyligi.
Ilmiy va boshqa tadqiqotchilar tarmoqning manba xuquqlarini himoya qiluvchi yozilmagan qonunlariga ishonib, o’zlaring axborot va dasturlari bilan Internet orqali erkin almashishgan. Lekin Internetdan tijorat maqsadlarida foydalana boshlanilgandan so’ng muallif xuquqlarining, savdo markalarining himoyasi, javobgarligi xususida savol paydo bo’ldi. Kiritilgan elektron materiallar mavzusi bo’yicha munozara xozircha ochiq ekan, on-line kommunikatsiyasi uchun xuquqlar himoyasi avtomat tarzda kafolatlanmagandir. Lekin bu munozara Web dagi barcha materiallardan bemalol foydalanish mumkin degani emas.
9. Resurslar uchun mablag’ va haq to’lovi.
Ko’pgina tashkilotlar Web-saytni o’zining axborot tizimini kengaytiruvchi vosita deb qaraydi va uni ochish va qo’llab turishni maxsus guruhlarga topshiradi. Web uchun standart guruh adminstrator, dasturchi, ishlab chiqaruvchi, yozuvchi va tahrirchilardan ibort bo’lishi lozim. Web-server yaratish uchun ketadigan mablag’ asosan proekt maqsadiga bog’liq bo’ladi. Ish haqidan tashqari standart byudjet texnika, Internetga ulanish, dasturiy ta’minot xarajatlarini ham o’z ichiga oladi. Lekin shu bilarn birga, Web turli qog’oz materiallarga, reklama va e’lonlarga bo’lgan xarajatlarni kamaytiradi.
10. Muvoffaqiyatni ta’minlash.
Web server yaratilgandan so’ng, muvoffaqiyatini ta’minlash uchun u haqida axborot tarqatish zarur. Server yaratgan tashkilot oddiy formani to’ldirgandan so’ng, uning manzili butunjahon ro’yxatiga kiritiladi. Tarmoqning Yahoo Search Engine, Infoseek va boshqa vossitalari ham o’zida barcha kirish mumkin bo’lgan WWW-serverlarning ro’yxatini saqlaydi va foydalanuvchiga kerakli axborotlarini qidirish uchun oddiy vositalarni taklif etadi.
Foydalanuvchi sizning serveringizga tez-tez kirib turishini istasangiz, uning sahifalarini doimo yangilab turishingiz lozim.
SHunday qilib, Web-server yaratish – bu oson ish emas. Lekin xoxish bo’lsa, texnik muammolarni hal qilgan holda yaxshi tayyorgarlak ko’rib Web-server yaratish sizning ixtiyoringizdadir. 

Tekshiruv savollari:



  1. Web saytlarlar hakida umumiy tushunchalar.

  2. Web saytlarning qo’llanilishi, parametrlari.

  3. Web-tarmoq tuzilishi.

  4. Saytlarni yaratish jarayonida qanday masalalarni hal qilish zarur?

  5. Portal tushunchasi.

  6. Portallarning saytlardan farqi.

Ma’ruza 4

Download 0.72 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Download 0.72 Mb.