• Brauzer, sharhlovchi(kuzatib boruvchi), navigator
  • Veb-sharhlovchi yoki brа́uzer
  • -Ma’ruza. Web bilan ishlash. Brauzerlar




    Download 0.72 Mb.
    bet3/21
    Sana30.11.2022
    Hajmi0.72 Mb.
    #32609
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
    Bog'liq
    интернет-маъруза
    7-Б, Qidiruv tizimi, File, Практические задачи 1
    2-Ma’ruza.
    Web bilan ishlash. Brauzerlar. HTTP qaydnomasi.

    Reja:
    1. Brauzer xakida umumiy ma’lumotlar.


    2. Brauzerning rivojlanish tarixi.
    3. Brauzerlarning qo’llanilishi va ularning xarakteristikasi.
    4. HTTP qaydnomasi.


    Brauzer, sharhlovchi(kuzatib boruvchi), navigator (ingliz tilidan browser – kitob varaqlovchi inson ma’nosini anglatadi) – ob’ektlarning, masalan veb sahifalarning vizuallashtirilishini ko’rish uchun mo’ljallangan dasturdir. Bugungi kunda juda ko’p miqdorda brauzerlar mavjud bo’lib, ular ixtiyoriy platformalar(amaliyot tizimlar) uchun yozilgandir. Boshqacha qilib aytganda, Veb-sharhlovchi yoki brа́uzer — bu veb-saytlarni ko’rish, ya’ni veb sahifalarni qayta ishlash, chiqarish, bir sahifadan boshqasiga o’tish maqsadida ularni «O’rgimchak to’ridan» so’rov qilish uchun mo’ljallangan dasturiy ta’minotdir. Ko’pgina brauzerlar FTP-serverlarning mundarijalarini ko’rish xususiyatiga egadir. Brauzerlar «Butun dunyo o’rgimchak to’ri» paydo bo’lgandan buyon rivojlana borib, uning o’sishi natijasida shaxsiy kompyuter uchun muhim dasturga aylangan. Hozirda brauzer — veb-sahifalarining turli tashkil qiluvchilarini qayta ishlash va chiqarish hamda veb-saytlar va ularga tashrif buyuruvchilar o’rtasida interfeysni yaratib beruvchi kompleks ilova hisoblanadi. Amaliy jixatdan barcha ommabop brauzerlar tekinga yoki boshqa ilovalarga qo’shib tarqatiladi, masalan: Internet Explorer ( Windows ning qismi sifatida), Mozilla Firefox (erkin dasturiy ta’minot), Opera (8.50 versiyasidan boshlab tekin), Safari ( Mac OS ning qismi sifatida).
    Birinchi keng tarqalgan grafik interfeysli brauzer bo’lib NCSA Mosaic hisoblangan, so’ngra uzoq vaqtgacha Netscape Navigator bozorni tark etmagan. 1995 yilda Microsoft kompaniyasi Internet Explorer 3.0 ni o’z ichiga olgan Windows 95 AT ni ishlab chiqardi. Bu esa «brauzerlar urushi» boshlanishiga asos bo’ldi. Natijada Netscape talofatga uchradi, Internet Explorer esa bozorning 95 foizdan ortig’ini egalladi. Talofatga uchrayotgan Netscape esa MPL (Mozilla Public License) erkin litsenziyasida o’z brauzerining dastlabki kodini chiqardi va uning asosida yangi Mozilla va Mozilla Firefox brauzerlari yaratildi hamda sekin-asta ommabop bo’la bordi. 2005 yilda Opera brauzeri ham tekinga tarqatila boshlandi.
    Agar kurashda asosiy usul bo’lib brauzerlarga spetsifik va nostandart imkoniyatlarni qo’shish bo’lmaganda, brauzerlar orasidagi urush korporatsiyalarning tijorat ishlari bo’libgina hisoblanar edi. Ko’p tafovutlar xujjatlarga interaktivlikni beruvchi stsenariy tili hisoblangan Javascript ni qo’llashda yuzaga keldi. Natijada ko’p xujjatlar aniq bir brauzer uchun optimallashib, boshqalarda umuman o’qilmadi.
    WWW-Konsortsium ko’pgina puxta ishlangan standartlarni qabul qiladi ( HTML, Javascript, CSS larning turli laxjalari va boshqalar), lekin bu standartlarga amal qilish butunlay brauzer ishlab chiqaruvchilariga yuklatildi. Oxirgi yillarda standartlarni qo’llash darajasi ancha o’sdi va zamonaviy brauzerlardan faqat Internet Explorer (2001 yilda chiqqan oltinchi laxjasi)standartlarga rioya qilishda muhim kamchiliklarga egadir(2006 yil 18 oktyabrda chiqqan yettinchi laxjasini standartlarga mos kelishi to’liq tekshirilmagan).
    Windows (Microsoft) oilasidagi amaliyot tizimlarining lokallashtirilgan laxjalarida brauzerlar shunchaki sharhlovchilar, tarmoq sharhlovchilari yoki veb-sharhlovchilar deb nomlanadi.



    Download 0.72 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




    Download 0.72 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Ma’ruza. Web bilan ishlash. Brauzerlar

    Download 0.72 Mb.