390
Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyasi ekilgan ekinni
sug‘orish uchun ehtiyoj bo‘lmaganda, elektr energiyasi va suv
ta’minotida uzilishlar bo‘lganda, uni ta’mirlash davrida,
shuningdek, boshqa fors- major holatlarda vaqtincha to‘xtatilishi
mumkin.
Davlat budjetidan subsidiya olib joriy qilingan suvni
tejaydigan sug‘orish texnologiyasidan
maqsadli va samarali
foydalanish yuzasidan nazorat tuman ishchi guruhi Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish
inspeksiyasining tuman bo‘limi hamda jamoatchilik tomonidan
olib boriladi.
Tuman ishchi guruhi ekinlarni sug‘orish mavsumida suvni
tejaydigan sug‘orish texnologiyasidan maqsadli va samarali
foydalanish yuzasidan bir oyda kamida
bir marta nazorat olib
boradi. Inspeksiyaning tuman bo‘limi suvni tejaydigan sug‘orish
texnologiyasidan maqsadli va samarali foydalanish yuzasidan
nazoratni ish rejasi bo‘yicha amalga oshiradi.
Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyasidan maqsadli va
samarali foydalanmaslik holati aniqlansa, bu to‘g‘rida
tuman
ishchi guruhi tegishli dalolatnomani rasmiylashtiradi.
Dalolatnoma tuman ishchi guruhini barcha a’zolari
tomonidan imzolanadi va ishchi guruh rahbari tomonidan
tasdiqlanadi.
Agar, joriy qilingan suvni tejaydigan sug‘orish texnologiya-
laridan sug‘orish mavsumida foydalanilmaslik holatlari aniqlansa,
ajratilgan subsidiya talabgor tomonida
quyidagicha tartibda
qaytariladi:
•
birinchi yildan foydalanilmasa – subsidiyaning 100 foizi;
•
ikkinchi yildan foydalanilmasa – subsidiyaning 80 foizi;
•
uchinchi yildan foydalanilmasa – subsidiyaning 60 foizi;
•
to‘rtinchi yildan foydalanilmasa – subsidiyaning 40 foizi;
•
beshinchi yildan foydalanilmasa – subsidiyaning 20 foizi.
391
Tuman ishchi guruhi tuzilgan dalolatnomaga muvofiq
talabgorga subsidiyaning (Nizomning 38-bandi asosida) belgilan-
gan miqdorini subsidiyani ajratgan mas’ul idoraga qaytarish
to‘g‘risida ogohlantirish xati beradi.
Talabgor ogohlantirish xatini olgan kundan boshlab bir oy
davomida subsidiyani ixtiyoriy ravishda qaytarishi shart.
Agar talabgor subsidiyani qaytarmasa
yoki qaytarishni rad
etsa, subsidiyani majburiy undirish masalasi sud tartibida hal
qilinadi.