Paxtani tomchilatib
sug‘orish tizimini joriy etish uchun
olingan bank kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash
uchun ajratiladigan subsidiya miqdorini aniqlash bo‘yicha
misol
Misol:
10 gektar
paxta maydonida tomchilatib sug‘orish
tizimini joriy qilish uchun
250 mln. so‘m
kredit olingan.
Kreditning yillik foiz to‘lovi 24% dan, yiliga 60 mln.
so‘m to‘lash talab qilinadi.
Vazifa:
Suv tejovchi sug‘orish tizimlarini joriy qilish uchun
olingan bank kreditlari foiz xarajatlarining bir qismini
qoplash uchun ajratiladigan subsidiya miqdorini aniqlash
talab qilinadi.
Bajarish:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 de-
kabrdagi PQ-4919-son “Qishloq xo‘jaligida suvni tejay-
digan texnologiyalarni joriy etishni yanada jadal tashkil
etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori shartlariga
ko‘ra, 10 ga ni har bir gektari uchun harajat 25 mln.
so‘mdan hisoblanadi, uning yillik foiz to‘lovi 60 mln.
so‘mni, 45% i – 27 mln. so‘mni tashkil qiladi.
Natija:
Xulosa
va qaror
Qarordagi shartga ko‘ra, olingan kreditning yillik usta-
masining (60 mln. so‘mning) 45% ini, ya’ni
27 mln.
so‘mini
“
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash
davlat jamg‘armasi
” mablag‘lari hisobidan
to‘lash uchun
subsidiya ajratiladi.
386
15.3. Suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy
etish xarajatlarini qoplash uchun subsidiyalarni
ajratish tartibi
Tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bilan
bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya
ajratish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021
yil 23 fevraldagi 95-son “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchi-
larining suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha
xarajatlarining bir qismini qoplash chora-tadbirlari to‘g‘risida”
qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruv-
chilarining suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha
xarajatlarining bir qismini qoplash va berilgan subsidiyani
qaytarish tartibi to‘g‘risida nizom” bandlariga asosan amalga
oshiriladi.
Subsidiya olish uchun talabgorlar kelgusi yilda suv tejovchi
sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha har kalendar
yilining 1 iyuliga qadar ariza bilan “Suvni tejaydigan texnolo-
giyalarini joriy etishga sarflangan xarajatlarning bir qismini qop-
lash uchun subsidiya ajratishga ko‘maklashuvchi tuman ishchi
guruhi”ga murojaat qiladilar. Tuman ishchi guruhi talabgorning
arizasini qabul qilgandan keyin, uch ish kunida joyiga chiqib (har
yili kalendar yilining 10 iyuliga qadar) suvni tejaydigan
texnologiyalar joriy etiladigan yer maydonlari va ularning shart-
sharoitlari, yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi ekinlariga mosligi,
suv va elektr energiyasi bilan ta’minlanganlik darajasi, oldingi
yillar ushbu maydonlarda suvni tejaydigan texnologiyalarning
joriy etilgan yoki etilmaganligini va boshqa tomonlarini,
shuningdek, talabgorlarning moliyaviy holatini o‘rganadi.
O‘rganish natijasi bo‘yicha suvni tejaydigan texnologiyalarni
joriy etish bo‘yicha tuman manzilli ro‘yxatini qishloq xo‘jaligi
mahsulotlari va sug‘orish texnologiyalari turlari, hududlar hamda
talabgorlar bo‘yicha yer maydonlari va kontur raqamlari, suv
387
manbai, xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari nomi ko‘rsatilgan
holda shakllantiradi.
Tuman manzilli ro‘yxati tuman ishchi guruhining barcha
a’zolari tomonidan imzolanadi va tuman ishchi guruhining
rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Tasdiqlangan tuman manzilli ro‘yxati (har kalendar yilning
10 iyuliga qadar) ko‘rib chiqish va umumlashtirish uchun Suvni
tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etishga ko‘makla-
shuvchi ishchi guruhga (2018 yil 27 dekabrdagi PQ-4087-son
qaroriga muvofiq tashkil etilgan), ya’ni hududiy ishchi guruhga
taqdim qilinadi.
Bu davrda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchisi tijorat banki
kreditini jalb qilish asosida yoki o‘z mablag‘lari hisobidan suvni
tejaydigan sug‘orish tizimini qurib ishga tushiradi.
Ob’ektni qurilishi to‘liq tugallangandan so‘ng manzilli
ro‘yxatga kiritilgan talabgor qishloq xo‘jaligi ekini uchun suvni
tejaydigan
texnologiyani
joriy
etish
bo‘yicha
qilgan
xarajatlarining bir qismini davlat budjetidan qoplashga subsidiya
ajratilishini so‘rab tuman ishchi guruhiga nizomda belgilangan
shakldagi (Nizomning 3-ilovasi) ariza bilan yozma yoki elektron
shaklda murojaat qiladi.
Arizaga suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyasini qurish
bo‘yicha pudrat tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma nusxasi,
loyiha hujjati va qurilish ishlari yakunlanganligi to‘g‘risidagi
dalolatnoma (agar suvni tejaydigan texnologiyani o‘z kuchi va
imkoniyatlari orqali qurgan bo‘lsa, ehtiyot qismlarni sotib olish
bilan bog‘liq xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi)
ilova qilinadi.
Tuman ishchi guruhi ariza tushgan kundan e’tiboran besh ish
kunida murojaat qilgan talabgorning tasdiqlangan hududiy
manzilli ro‘yxatda borligini tekshiradi, talabgor va pudrat
tashkiloti vakili ishtirokida joriy qilingan suvni tejaydigan
388
texnologiyalarning to‘liq ishlash jarayonini joyida o‘rganadi,
texnologiya sifatli qurilgan, to‘liq ishlagan va belgilangan texnik
talabgorlarga javob bersa, subsidiya ajratilishi maqsadga
muvofiqligi yuzasidan tegishli shaklda (namunasi Nizomning
5-ilovasida keltirilgan) xulosa tayyorlaydi.
Tuman ishchi guruhi tomonidan talabgorlarga subsidiya
ajratish to‘g‘risidagi xulosalar umumlashtirilib, ro‘yxat asosida
har o‘n kunda hududiy ishchi guruhga ko‘rib chiqish uchun
belgilangan tartibda taqdim etiladi.
Suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha
subsidiya olishga talabgorlarning hududiy ishchi guruhlar
tomonidan umumlashtirilgan ro‘yxatlari O‘zbekiston Respublika-
si Suv xo‘jaligi vazirligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligiga kechi
bilan joriy yilning 1 dekabrigacha taqdim qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi paxta yetishtirish
uchun joriy etilgan suvni tejaydigan texnologiyalar bo‘yicha
taqdim etilgan talabgorlar ro‘yxatlarini ular tushgan kundan
boshlab o‘n kun ichida Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston
fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan
birgalikda ko‘rib chiqadi va umumlashtiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi yakuniy kelishilgan
ro‘yxatlarga muvofiq talabgorlarning paxta yetishtirish uchun
tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish bo‘yicha
xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida ularning tijorat
banklaridagi hisob varaqlariga subsidiyalarni o‘tkazib beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq
xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish uchun suvni tejaydigan
texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha (paxta yetishtirishda joriy
qilingan suvni tejaydigan texnologiyalar bo‘yicha ro‘yxat bundan
mustasno) taqdim etilgan talabgorlar ro‘yxatlarini ular tushgan
kundan boshlab o‘n kun ichida Suv xo‘jaligi vazirligi,
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
389
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari
kengashi bilan birgalikda ko‘rib chiqadi va umumlashtiradi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi
yakuniy kelishilgan ro‘yxatlarga muvofiq talabgorlarning suvni
tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha xarajatlarining bir
qismini qoplash maqsadida ularning tijorat banklardagi hisob
varaqlariga subsidiyalarni o‘tkazib beradi.
|