3
YANGI DARSLIK, QIZIQARLI QO‘LLANMA
VA MUHIM TARG‘IBOT VOSITASI
Dunyo mamlakatlarida aholi sonining oshishi, oziq-ovqatga
bo‘lgan ehtiyojning ortganligi, sanoat ishlab chiqarishning
kengayishi, iqlim o‘zgarishi kabi omillar tufayli suv resurslariga
bo‘lgan talab yildan-yilga oshib bormoqda.
Oqibatda, jahonning
ko‘p mintaqalarida suv resurslari tanqisligining tendensiyasi
kuzatilyapti.
Ma’lumki, butun jahonda qishloq xo‘jaligi sohasi suvni eng
ko‘p ishlatuvchi sanaladi. Shuning uchun, butun jahon ilm
ommasi qishloq xo‘jaligida, xususan sug‘oriladigan dehqonchilik
ekin maydonlarida
suvdan tejamli foydalanish, shu jumladan,
suvni tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etishni suv tanqisli-
gini yumshatishning eng ustuvor yo‘li sifatida ta’kidlashadi.
Iste’mol qiladigan suv resurslarining 80 foizi qo‘shni davlatlar
hududida shakllanadigan O‘zbekiston suv resurslaridan samarali
foydalanish, ayniqsa oxirgi yillarda kuchayib borayotgan suv
taqchilligini yumshatish maqsadida ekinlarni sug‘orishning suv
tejovchi tizimlarini keng joriy qilish va suv resurslarini boshqa-
rishda zamonaviy texnologiyalardan
foydalanish imkoniyatlarini
kengaytirish yo‘nalishida mintaqa davlatlari orasida tashabbuskor
bo‘layotganini e’tirof etish joiz.
Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan oxirgi
besh yilda suv xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, suvni tejaydigan
texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha qator Farmon va qarorlar
qabul qilinib, ularning natijasida yangi sug‘orish texnologiyasini
joriy etgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini rag‘bat-
lantirish uchun, davlat subsidiyalarini ajratish mexanizmining
yo‘lga qo‘yilishi, qishloq xo‘jaligi tovar
ishlab chiqaruvchilari
uchun bir qator imtiyozlarning yaratilishi sug‘oriladigan
dehqonchilik yo‘nalishining rivojlanishida tub burilish yasadi.
4
Davlat rahbariyati tomonidan e’tibor, zarur huquqiy
me’yorlarning takomillashtirilishi va amalda izchil qo‘llanilanishi
samarasi o‘laroq so‘nggi yillarda yurtimizda suvni tejovchi
sug‘orish tizimlarini joriy etish ko‘lami keskin ravishda ortdi.
Birgina 2021 yilda suvni tejaydigan texnologiyalar joriy qilingan
maydonlar 5 baravarga o‘sib, jami sug‘oriladigan maydonlarning
22 foizini qamrab olgan bo‘lsa, yaqin besh-yetti yil ichida bu
ko‘rsatkichni 50 foizga yetkazish maqsad qilib qo‘yilgan.
Mamlakatimiz Parlamenti tomonidan ham suv xo‘jaligi sohasi
qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar
olib borilmoqda.
Davlatimiz rahbari har bir masalani rivojlantirishda ilm, tajriba
bilan yondashish zarurligini uqtirganlaridek, ilg‘or
zamonaviy
texnologiyalar xorijiy davlatlardan olib kelindi, ularning
mutaxassislari jalb qilindi. Mazkur texnologiyalar joriy etilgan
maydonlarning yildan- yilga kengayib borishi tufayli hozirgi
kunda, mamlakatamizning o‘zida ko‘plab korxonalar tashkil
etilib, sug‘orish tizimlarining uskunalarini
mahalliy sharoitda
ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Endilikda, zamonaviy suv tejovchi sug‘orish tizimlarini
quruvchi, ularga servis xizmatlarini ko‘rsatuvchi mahalliy
kadrlarga zaruriyat tug‘ildi. Shu bilan birga, mazkur sug‘orish
tizimlariga ijodkorona yondashish, ularni takomillashtirish,
O‘zbekistonning o‘ziga xos tuproq-iqlim
sharoitlariga moslash-
tirish masalalari ham kundan-kunga dolzarb bo‘lib bormoqda va
buni hayotning o‘zi taqozo etmoqda.
Shu ma’noda, “Suv tejovchi sug‘orish texnologiyalari
asoslari” darsligi yangitdan, sug‘orishning suv tejovchi usullarini
keng qamrab olgan, mukammalga yaqin o‘quv darsligi sifatida
yaratildi. Darslik Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi kasb-hunar
kollejlaridan tortib, soha uchun oliy ma’lumotli
kadrlar tayyor-
laydigan ta’lim dargohlari, ilmiy-tadqiqot institutlari tadqiqotchi-
lari uchun o‘ta qimmatli ma’lumotlarni o‘zida jamlaganligini
5
e’tirof etish lozim.
Ko‘p yillar suv xo‘jaligi sohasida ishlagan mutaxassis sifatida
“Suv tejovchi sug‘orish texnologiyalari asoslari” o‘quv darsligini
mamlakatimizda resurs tejamkor texnologiyalardan samarali
foydalanish ilmini takomillashtirish yo‘lida tashlangan yangi va
zalvorli qadam sifatida e’tirof etgan bo‘lardim. Shu bilan birga,
sohani targ‘ib qilish, takomillashtirish, suvni tejaydigan texnolo-
giyalarga qiziqib, uni joriy etmoqchi bo‘lganlarga muhim
qo‘llanma sifatida tavsiya qilaman.