-BOB. SUG‘ORILADIGAN EKINLAR




Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/197
Sana21.05.2024
Hajmi13,74 Mb.
#247359
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   197
Bog'liq
2rvAPcPsrRZZdBe1KYZc6NQtkhIVSPBObuzOsPV5

1-BOB. SUG‘ORILADIGAN EKINLAR 
HAYOTIDA SUV VA TUPROQNING O‘RNI 
Suv o‘simliklar massasining 95 foizigacha qismini tashkil 
qiladi. O‘simliklarda barcha hayotiy jarayonlar suvdan foydala-
nish asosida sodir bo‘ladi. Shuning uchun suv o‘simliklarning 
hayoti uchun eng muhim, eng zaruriy omil sanaladi.
Agar o‘simlikka suv yetishmasa, uning metabolizmi buziladi 
va oqibatda ekinning hosildorligi kamayadi yoki butkul yo‘qo-
ladi.
O‘simlikning tarkibida:
-
suv o‘simlikning o‘tkazuvchi tizimi orqali oziq moddalar va 
minerallarning harakatlanishini ta’minlaydi.
-
suvning mavjudli tufayligina urug‘lar unib chiqadi.
-
o‘simlikdagi fotosintez va transpiratsiya jarayonlari faqat 
suvning ishtirokida amalga oshadi.
-
suv eritmalari hujayralar va hujayralararo bo‘shliqlarni 
to‘ldirib turganligi tufayligina o‘simlik mustahkam, egiluv-
chan bo‘la oladi va har doim o‘z shaklini saqlay oladi.
Suvning doimiy ravishda o‘zlashtirilishi va bug‘lanishi 
natijasida o‘simlikda uzluksiz tarzdagi suv almashinuv jarayoni 
kechadi.
Bu jarayon odatda uch bosqichga bo‘linadi:
-
suvning ildizlar tomonidan o‘zlashtirilishi (so‘rib olinishi, 
yutilishi); 
-
suvni o‘tkazuvchi to‘qimalar tomirlari orqali harakatlanishi
-
suvni barglar tomonidan bug‘lantirilishi.
Suv o‘simlikning barcha organlari orqali harakatlanib o‘tadi.
O‘simlik suvni qancha miqdorda o‘zlashtirsa, taxminan 
shuncha miqdordagi suvni bug‘lantiradi.


12 
O‘simlik tomonidan o‘zlashtirilgan suvning kichik ulushi-
gina moddalar fotosintezi uchun sarflanadi.
Ildizlar suvni o‘zlashtirish jarayonida suv bilan birga erigan 
mineral birikmalarni ham o‘zlashtiradilar.
O‘simlikdan bug‘lanayotgan suvning tarkibida tuzlar 
bo‘lmaydi, mineral birikmalar – tuzlar o‘simlik organizmida 
qoladilar va metabolizm jarayonida ishtirok etadilar.
Suv o‘simlik tanasida suv ta’minoti tizimi (ksilema) orqali 
pastdan yuqoriga qarab harakatlanadi.
Suv harakatlanishining kuchi ildizlarni suvni o‘zlashtira olish 
(so‘rish) va barglarni suvni bug‘lantirishi intensivligiga bog‘liq 
sanaladi.
Suvning harakati o‘simlikning barcha a’zolarini o‘zaro 
birlashtiradi, turli birikmalarni o‘simlik tanasining bir joyidan 
boshqa joyiga ko‘chirib o‘tkazadi va hujayralarni suv bilan 
oziqlantiradi.
Shunday qilib, o‘simliklar suvni kecha-yu kunduz tinimsiz 
iste’mol qiladilar va shu yo‘l bilan o‘zlarini rivojlanishini 
ta’minlaydilar.

Download 13,74 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   197




Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish