15
digan suv, havo va oziq moddalar;
•
kosmik omillar, ya’ni quyosh energiyasidan olinadigan
issiqlik va yorug‘lik.
1.2. Sug‘oriladigan dehqonchilikda tuproqning o‘rni
Butun jahonda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda
muhim o‘ringa ega bo‘lgan tuproq qishloq xo‘jaligining
asosiy
tabiiy boyliklaridan biri sanaladi.
Tuproq – litosfera yuza qavatlarining suv, havo va tirik
organizmlar ta’sirida o‘zgarishidan shakllanadigan va genetik
jihatdan o‘zaro bog‘liq gorizontlardan
tashkil topgan tabiiy
tuzilmadir, ya’ni yer po‘stining yuza va unumdor qatlamidir.
Tuproqlar odatda iqlim, tuproq ona jinsi, o‘simliklar va
hayvonot olami, hududning relefi va insonning xo‘jalik faoliyati
kabi omillar ta’sirida tog‘ jinslarini nurashi asosida hosil bo‘ladi.
Tuproqning tog‘ jinslaridan farq qiladigan eng muhim xususiyati
uning unumdorligidir. Odamning xo‘jalik faoliyati ham tuproq
hosil bo‘lish jarayonining ba’zi
omillariga, masalan, o‘simlik-
larga, shuningdek, yerga ishlov berish, uning meliorativ holatini
yaxshilash, organik o‘g‘it solish tuproqqa bevosita ta’sir
ko‘rsatadi.
Tuproq tarkibida tabiiy
holatda mineral zarrachalar, organik
birikmalar, havo va suv bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligi ekinlaridan
yuqori hosil olish uchun tuproq tarkibida kaliy, fosfor, kalsiy,
oltingugurt, temir va boshqa elementlarning
zaxirasi mavjud
bo‘lishi va azot, suv, havo kerakli miqdorda bo‘lishi, issiqlik
hamda quyosh nuri bo‘lishi lozim. Ushbu ko‘rsatib o‘tilganlardan
birortasining yetishmasligi o‘simlik rivojlanishiga albatta ta’sir
etadi. Ekinlar organik to‘qimalari tarkibida 80-90% suv va 10-
20% quruq moddalar mavjud.
Suv tuproq tarkibidagi ozuqa moddalarini eritma holatiga
16
keltiradi va shu yo‘l bilan ularni ekinlarning ildizi orqali
o‘zlashtirilishiga sharoit yaratadi.
Shu bilan bir qatorda, tuproq
takibida ma’lum miqdordagi havoning mavjud bo‘lishi
mikroorganizmlarning rivojlanishi va ildiz sistemasining nafas
olishi uchun xizmat qiladi.Uglerod almashinishi, suvni saqlash va
filtrlash, suv bosishi va qurg‘oqchilikka chidamlilikni oshirishda
tuproqning roli katta.