13
O‘simliklar fiziologiyasining tadqiqot ob’ekti sifatida
yorug‘lik elektromagnit energiyasidan
energiya manbasi sifatida
foydalana olish, bu energiyani turli organik birikmalarning erkin
(kimyoviy) energiyasiga aylantira
olish qobiliyatlariga ega
ekanligi bilan boshqa tirik organizmlardan ajralib turuvchi
o‘simliklar qaraladi.
O‘simliklar fiziologiyasining asosiy vazifasi o‘simliklarni
parvarishlashning mahsuldorligini oshirish
va mahsulot sifatini
yaxshilashga yo‘naltirilgan usullarini ilmiy asoslash maqsadida
o‘simlik organizmlari hayot faoliyati
jarayonlarini ochib
berishdan iborat.
O‘simliklar ildiz, tana (poya, shox) va barglardan tashkil
topadigan murakkab biokimyoviy organizm sanaladi (1.1-rasm).
1.1-rasm.
O‘simlik va uning
qismlari joylashishining
umumiy ko‘rinishi
14
O‘simlikning har biri organi o‘ziga xos vazifani bajaradi:
•
O‘simlikning ildizi
suv bilan
birga ozuqa moddalarni
tuproqdan o‘zlashtirish va ular bilan o‘simlikning
vegetativ tizimini ta’minlash vazifasini bajaradi.
•
O‘simlikning tanasi
(poyasi, shoxlari) o‘simlikning
vegetativ tizimiga (ildizdan bargigacha) suv va oziq
moddalarni
va aksincha, ildiz tizimiga fotosintez
mahsulotlarini (assimilyatlar)
yetkazib berish uchun
xizmat qiladi.