7- LABORATORIYA
ISHI
Entomopatogen bakteriyalarni o‘stirish ozuqa
muhiti tayyorlash, ularni o‘stirish usullari hamda
oqsilli moddalarni ajratib olish
Ishdan maqsad: Entomopatogen bakteriyalarni oʻstirish uchun oziq muhiti
tayyorlash, ularni oʻstirish usullari hamda biomassasini ajratib olish,
ularning miqdorini mikroskopik tahlil qilishni oʻrganishdan iborat.
Kerakli reaktiv va asboblar: Petri likopchalari, pH-metr, kolba, flakon,
probirka, 1 Pepton-1,0 g; NaCl-0,05 g; K
2
HPO
4
-0,05 g; MgSO
4
-0,02 g,
sovun yoki sintetik yuvish vositalari.
1. Bakterial entomopatogen preparatlar
Hozirgi vaqtda oʻsimlik zararkunanda hasharotlariga qarshi koʻplab
mikroorganizmlar majmuasi ajratib oʻrganilgan va ular asosida mikrob
biopreparatlari tayyorlashning ilmiy asosi yaratilgan. Sanoat asosida koʻplab
preparatlar ishlab chiqarilmoqda va amaliyotda keng qoʻllanilmoqda.
Shunday preparatlarni tayyorlash uchun bakteriyalar, zamburugʻlar va
viruslardan foydalaniladi. Preparatlarni ishlab chiqarish texnologiyasi ham
xilma xildir. Ularni ishlab chiqarishda mikroorganizmlarning fiziologiyasi
va biokimyoviy xususiyatlari hamda preparat nima maqsadda qoʻllanilishi
e’tiborga olinadi.
Mikrob preparatlarini ishlab
chiqarishda quyidagi bir necha talablar
qo‘yiladi:
♦ ularning spetsifikligi, faqat ma’lum turdagi zarakunandalarga ta’sir
qilib foydali hasharotlarga beziyonligi;
♦ yuqori samarali ta’sir kuchiga ega boʻlishi;
♦ ishlab chiqarish va qoʻllashning qulayligi;
♦ odam va hayvonlarga nisbatan xavfsiz boʻlishi;
♦ preparatning foydali xususiyatlarining uzoq saqlanishi;
♦ uning yaxshi namlanishi va eritmasining barqarorligi;
♦ oʻsimlik bargiga va boshqa organlariga yopishqoqligi va u yerda
uzoq vaqt saqlanishi va hokazo.
Dunyoda 50 ga yaqin oʻsimliklarni zarakunanda hasharotlardan
himoya qilish uchun mikrobiologik preparatlar yaratilgan. Shulardan
koʻpchilik preparatlar sporali entomopatogen Bacillus thuringiensis
bakteriyasi asosida ishlab chiqariladi.
Bakteriyalar – eng katta va keng tarqalgan mikroorganizmlar guruhi
hisoblanadi. Bularning ichida Bac. thuringiensis entomopatogen
bakteriyasi katta ahamiyatga ega. Bu bakteriya birinchi marotaba XIX
asrning 60-yillarida ipak qurtining kasallanganida Paster tomonidan
kuzatilgan. U uni odatdagidan boshqa yadro hosil qiluvchi, qurtlarda
kasallik qoʻzgʻatuvchi bakteriya sifatida yozadi va unga Bacillus
bombicis deb nom beradi.
Keyingi vaqtlarda aniqlanishicha u yadro emas, balki oqsil kristalli-
endotoksin ekanligi aniqlangan. 1911 yil Berliner bu bakteriya haqida
toʻliq ma’lumot berdi va uni Bacillus thuringiensis Berliner deb
Tyuringin (Germaniyada) viloyatining nomi bilan atadi, chunki u
tegirmon kapalagidan ( Ephistia kuchniella) ajratib olingan edi.
Keyinchalik bu bakteriyaning namunaviy shtammlaridan ayrim
xususiyatlari bilan farq qiladigan koʻplab shtammlar ajratildi.
Bu batsilla boshqa bir qancha entomopatogen bakteriyalar qatori
Bacillaceae oilasiga kiradi. Bacillus turkumi tayoqchasimon, spora hosil
qiluvchi, grammusbat turlarni birlashtiradi, koʻpchiligi harakatchan
(xivchinlari mavjud) fakultativ va obligat (haqiqiy) aeroblardir.
Koʻpchiligi tuproqda tarqalgan. Bacillus thuringiensis oʻzining koʻpchilik
xossasi jihatidan Bac. cereusga yaqindir. Shuning uchun ular bir guruhga
birlashtiriladi. Sun’iy yaratilgan muhitda va hasharot ichida yaxshi
rivojlanadi. Bacillus thuringiensisga qiziqish yildan yilga ortmoqda,
chunki bakteriya juda koʻp muhim xususiyatlarga ega: tez koʻpayadi; juda
koʻplab oziq muhitlarida spora hosil qiladi; vegetativ oʻsishi tugagandan
soʻng, faqat spora hosil qilibgina qolmasdan, zararkunanda hasharotlarni
nobud qiladigan asosiy qurol − kristall holdagi endotoksin ham sintez
qiladi.
Bu bakteriyaning ayrim shtammlari kristall holdagi endotoksindan
tashqari oʻzi oʻsadigan muhitiga yuqori haroratga chidamli β−ekzotoksin
va fermentlar chiqaradi. Bular hasharotlar uchun oʻta zararlidir. Bu
bakteriya
turli
xil
texnologik
monupulyatsiyalarga
chidamli,
separatsiyaga, vakuum-bugʻlatishga, quritishning turli xil usullariga,
substrat-tashuvchilar (bakteriyani oʻziga biriktirib turuvchi vosita) bilan
aralashtirishga va boshqalarga qulaydir. Quritilgan holatda tayyor
preparat oʻzining dastlabki xususiyatini yoʻqotmasdan bir necha
yillargacha (1-10 yillargacha) yaxshi saqlanadi.
Bacillus thuringiensisning hamma koʻrsatilgan sifatlari uni
oʻsimliklarni zararli hasharotlardan saqlash vositasi sifatida birinchi
oʻringa chiqardi.
Entomopatogen bakteriyalarda virulentlik va ferment faolligining
bogʻliqligi va shtammning yuqori virulentlikka ega boʻlishida S-
fosfalipaza fermenti alohida oʻrin tutishi aniqlangan. Bac. thuringiensis
bakteriyasining maxsus S fosfalipaza bilan patogenlik xususiyati
orasidagi bogʻliqligi oʻrganilgan va S-fosfolipaza Bac. thuringiensis
bakteriyalarining entomotsid ta’sirida asosiy omil hisoblanadi degan
xulosaga kelingan. Bu haqda Bolgariyalik olimlar A. Ivanov va boshqalar
(1990) oʻz tadqiqotlarida Bac. thuringiensis bakteriyalarining S-
fosfolipaza ajratishi, uning spetsifik xususiyati va n-nitrofenil-
fosforilxolinning gidrolizlashi va entomopatogen xususiyati toʻgʻrisida
ma’lumot berishgan.
Υ – ekzotoksin – bu toksinning tabiati hozirgacha toʻliq aniqlanmagan.
Bu toksin entomocidus kulturasida uchraydi ( Bac. thuringiensis VI
serotip).
Kristall oqsilli δ−endotoksin − yoki juft sporali kristalli endotoksin
bakteriyaning spora hosil qilish jarayonida hujayraning bir qismida spora
shakllangandan soʻng hosil boʻladi, hosil boʻlgan kristall toʻgʻri sakkiz
qirrali koʻrinishga ega boʻladi. Kristallarni sintez qilish kulturaning
statsionar fazasida taxminan uch soat davomida kechadi.
Hujayrada turli koʻrinishdagi bir nechta kristallar hosil boʻlishi
mumkin
(toʻgʻri
bipiramidal,
rombsimon,
kubsimondan
ovalsimongacha). Ularning oʻlchamlari 0,5×1,3 dan 1×3,5 mkm gacha va
hattoki submikroskopik koʻrinishigacha kichrayishi mumkin. Ular
organik eritmalarda erimaydi, biroq sporadan ajralishi mumkin, pH
koʻrsatkichi yuqori ishqoriy (pH−11,5 dan yuqori) sharoitda yaxshi eriydi
va qaytaruvchi ishqoriy bufer ishtirokida (pH 7,9−9,5) ularning erish
darajasi ortadi. Kristallar 100
o
C haroratda 30−40 minut qizdirilganda
oʻzining zaharlilik xususiyatini yoʻqotadi.
|