• Oʻstirish usullari va oqsilli moddalarni ajratib olish
  • -  rasm. Bacillus thuringiensis entomopatogen bakteriyasi hosil




    Download 0,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/5
    Sana03.02.2024
    Hajmi0,53 Mb.
    #150988
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    7- LABORATORIYA ISHI. Entomopatogen bakteriyalarni o‘stirish ozuqa muhiti tayyorlash, ularni o‘stirish usullari hamda oqsilli moddalarni ajratib olish

    11- 
    rasm. Bacillus thuringiensis entomopatogen bakteriyasi hosil 
    qiladigan spora (s) – kristallari (c) shakllari (N.A. Xoʻjamshukurov, 
    2002 y). 
    pH ko‘rsatkichi (suyuq oziq muhiti uchun). pH ko‘rsatkichi 
    fermentatsiya jarayonigacha 6,8-7,0 bo‘lishi kerak; fermentatsiya 
    jarayoni oxirida pH ko‘rsatkichi ko‘tarilib ketadi (8,0). Tabiiyki oziq 
    muhitining ishqoriy holatga o‘tishi kristallarni kichik bo‘laklarga 


    bo‘linib ketishiga olib keladi va bu keyingi kristall oqsillarni ajratib 
    olishda qiyinchilik tug‘diradi. Shu boisdan fermentatsiya jarayoni 
    tugagandan so‘ng, biomassani ajratib olishda kultural suyuqlikning pH 
    ko‘rsatkichini 6,2-6,4 darajasigacha keltirib olamiz. Bunda maqsadga 
    muvofiq bo‘lgan barcha kristall oqsillarni sentrifugalash (5000 tez/min. 
    20 min) orqali ajratib olishga erishiladi. Buning uchun HCl ning kuchsiz 
    eritmalaridan foydalanish mumkin. 
    Oʻstirish usullari va oqsilli moddalarni ajratib olish 
    Ma’lumki, oqsillar tirik organizmdagi morfologik va boshqa 
    o’zgarishlarning asosini belgilaydi va o’zgargan genotip haqida informatsiya 
    beruvchi biopolimer modda hisoblanadi. Kristall ko’rinishdagi oqsillarning 
    funksional va aminokislotalari tarkibini o'rganish ularni toza holda ajratib 
    olish muammosini tug’diradi. Ushbu bakteriyalarda, kristallarni spora, 
    vegetativ hujayra va ularning fragmentlaridan ajratish uchun asosan quyidagi 
    usullardan foydalaniladi: xloroform – suv, tetrabrom etan – suv, to’rtxlorli 
    uglevodorod 1% li natriy sulfat, polietilenglikol 6000 – dekstransulfat natriy 
    500, flotatsiya, CsCl zichligi gradiyentida qavatida sentrifugalash va h.k. 
    Ammo ushbu usullar yordamida Bac. thuringiensis kulturalaridan toza 
    kristallar ajratib olish katta qiyinchilik tug’diradi. Shu boisdan shtammlardan 
    kristallarni ajratib olishda biz Pendlton usulidan ma’lum bir o’zgartirish 
    kiritgan holda quyidagi tartibda ish olib borish tavsiya etamiz. Pendlton 
    usulida ikki fazali (1% li natriy sulfat–n-ksilol) tozalash usulidan 
    foydalanilgan bo’lsa, biz birinchi bosqichdagi gomogenizatorda aralashtirish 
    va tindirishdagi 1% li natriy sulfat o’rniga kulturani o’stirishda foydalanilgan 
    suyuq oziq muhitidan, oxirgi bosqichda esa suvdan foydalanamiz. 
    Pendlton usulini bunday modifikatsiya qilish bizga Bac. thuringiensis 
    var. thuringiensis bakteriyasi shtammlaridan 99% dan ko’proq toza kristall 
    ajratib olish imkonini beradi. 
    Shu nuqtayi nazardan tabiiy va mutant shtammalarning umumiy oqsil 
    spektrlarini qiyosiy o’rganish ular genomidagi molekulyar o’zgarishlarni 
    farqlashga va keyingi biotexnologik jarayonlarni bajarishga yordam 
    berishi mumkin. Ushbu oqsillarni toza holda ajratib olish qishloq 
    xo’jaligi, meditsina va fundamental tadqiqotlarda katta ahamiyatga ega. 
    Talabalar 
    ish 
    davomida 
    ushbu 
    kulturalarning 
    quyidagi 


    rasmlardagidek manzaralarni ko’rishlari mumkin: 

    Download 0,53 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 0,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -  rasm. Bacillus thuringiensis entomopatogen bakteriyasi hosil

    Download 0,53 Mb.
    Pdf ko'rish