• Tuproqdagi g‘ovakliklar
  • Tuproqning strukturasi
  • Tuproqning turi
  • Shvetsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi




    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/197
    Sana21.05.2024
    Hajmi13,74 Mb.
    #247359
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   197
    Bog'liq
    2rvAPcPsrRZZdBe1KYZc6NQtkhIVSPBObuzOsPV5


     
    o‘simlik ildiz tizimi nafas olishi uchun sharoit yaratuvchi 
    muhit; 

     
    organik va biokimyoviy birikmalarni o‘zgartiruvchi 
    kimyoviy muhit,
    Tuproqning qattiq qismi 
    – tabiiy namlik sharoitida qattiq 
    holatda bo‘lgan tuproqdagi barcha turdagi zarralarning yig‘indisi. 
    Ular tuproqning tuzilmasi va teksturasi bilan ajralib turadi.
    Tuproqdagi g‘ovakliklar 
    – tuproqning mexanik elementlari 
    va agregatlari orasidagi turli o‘lcham va shakldagi, havo yoki suv 
    bilan to‘lgan bo‘shliqlar.
    Tuproqdagi mineral zarralar 
    turli mustahkamlik, o‘lcham 


    18 
    va shakldagi agregatlarga birikkan shaklda bo‘ladi. Tuproqqa xos 
    bo‘lgan agregatlarning jamlanmasi tuproqning tarkibiy tuzilmasi 
    deb ataladi. 
    Tuproqning strukturasi 
    o‘simliklarning ildiziga 
    havo yetib borishi, namlikning saqlanishi, mikroorganizmlar 
    rivojlanishiga ta’sir qiladi. Agregatlarning hajmi ekin hosilini 
    ancha o‘zgartirib yuborishi mumkin.
    O‘simliklarning rivojlanishi uchun tuproqning eng maqbul 
    strukturasida agregatlarning kattaligi 0,25 mm dan 7-10 mm 
    gacha bo‘ladi (agronomik eng yaxshi struktura). Tuproq 
    strukturasining mustahkamligi va suvga chidamliligi, uning 
    muhim xususiyatlaridan sanaladi.
    Tuproqning turi 
    uning strukturasi bilan tavsiflanadi. 
    Tuproqning strukturasi uning kattiq qismi va havo bilan to‘lgan 
    bo‘shliqning fizik tuzilishi, hajmi, shakli, miqdoriy nisbati, o‘zaro 
    bog‘liqliklari, mexanik elementlar va agregatlar joylashuvi bilan 
    bog‘liq.
    Tuproq qatlamida saqlanadigan suvning holatini belgilovchi 
    barcha xossalar yig‘indisiga 
    tuproqning suv-fizik xossalari 
    deyiladi. Tuproqning eng muhim suv-fizik xossalari tarkibiga 
    tuproqning suvni ushlab, saqlab turish qobiliyati, nam sig‘imi, 
    suv o‘tkazuvchanligi va suv ko‘taruvchanlik qobiliyatlari kiradi.
    Tuproqning quyidagi suv-fizik xossalari sug‘oriladigan 
    dehqonchilikda muhim ahamiyatga ega sanaladi:
    1.
    Mexanik tarkibi (yengil, o‘rtacha va og‘ir tuproqlar);
    2.
    Tuproqning hajmiy massasi va solishtirma og‘irligi;
    3.
    Tuproqning nam sig‘imi (to‘liq nam sig‘imi (maksimal 
    nam sig‘imi), dala chegaraviy nam sig‘imi (dala nam sig‘imi), 
    eng kam nam sig‘imi, maksimal molekular nam sig‘imi);
    4.
    Suv o‘tkazuvchanligi (infiltratsiya);
    5.
    Suv ko‘tarish xususiyati;
    6.
    Suv berish xususiyati.

    Download 13,74 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   197




    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shvetsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi

    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish