• Tuproqlarni tasniflash ko‘rsatkichlari
  •   Tuproqning mexanik tarkibi




    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/197
    Sana21.05.2024
    Hajmi13,74 Mb.
    #247359
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   197
    Bog'liq
    2rvAPcPsrRZZdBe1KYZc6NQtkhIVSPBObuzOsPV5

     


    19 
    Tuproqning mexanik tarkibi. 
    Tuproqni teksturasi bo‘yicha 
    tasniflashning xalqaro tizimlari bir-biridan biroz farq qiladi. 
    Biroq ularning barchasida tuproq zarralari kattaligining yuqori 
    chegarasini aniqlash “gil” bilan bog‘liq ravishda amalga 
    oshiriladi va uning kattaligi odatda 0,002 mm qabul qilinadi.
    Mazkur ko‘rsatkich tuproq zarralarining fizik-kimyoviy 
    xossalari ushbu chegaradan kattaroq va kichikroq bo‘lganda 
    ularda muhim o‘zgarishlar yuz berganligi uchun tanlangan.
    Tuproqning mexanik tarkibi bo‘yicha tasniflanishi tarkibni 
    fraksiyalarning ikki o‘lchamli o‘zgarishlari tarzida, uch qismdan 
    ikkitasining – qum, chang va loyning zarralarining tarkibiga ko‘ra 
    ifodalashga asoslangan.
    Uchinchi fraksiyaning tarkibi 100 foizga yetish uchun 
    qo‘shilishi kerak bo‘lgan farq sifatida aniqlanadi. Bu holatda 
    uchinchi fraksiyaning miqdori dastlabki ikki fraksiyaning 
    miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
    Tuproqlarni mexanik tarkib bo‘yicha tasniflash umumiy 
    qabul qilingan tizimida “fizik loy” atamasi keng qo‘llaniladi 
    (<0,01 mm)
    Tuproqlarni odatda 1.1-jadvalda keltirilgan ko‘rsatkichlar 
    asosida tasniflanadi.
    1.1-jadval.
     
    Tuproqlarni tasniflash ko‘rsatkichlari
     
    Tuproq sinfi
    Fizik loy (%)
    Loy
    > 60
    Og‘ir soz tuproq
    45-60
    O‘rta soz tuproq
    30-45
    Yengil soz tuproq
    20-30
    Qumoq
    10-20
    Qum
    < 10


    20 
    Tuproqning turini aniq bilish uchun odatda laboratoriya 
    tahlillari o‘tkaziladi. Laboratoriya tahlillari tuproq tarkibidagi loy 
    va qum zarrachalarining aniq miqdorlarini aniqlash imkonini 
    beradi.
    Laboratoriya xulosasini kutish imkoniyatlari chegaralangan 
    sharoitlarda tuproq turini oddiy usullar yordamida ham aniqlash 
    mumkin.
    Bunda bir qism tuproqni olib, uni kam miqdordagi suv bilan 
    namlab, hosil bo‘lgan massani barmoqlar yordamida dumaloq 
    yoki ingichka ip shaklida aylantirishga harakat qilinadi.
    Tuproqning yuzaga keladigan shakli yordamida tuproq turini 
    taxminan aniqlash mumkin (1.2-jadval). 
    1.2-jadval.
     

    Download 13,74 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   197




    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish