•
Tuproqning gigroskopik namligi –
o‘simliklar o‘zlashtira
olmaydigan namlik darajasi. Gigroskopik suv-tuproq zarra-
chalari yuzasida singdirilgan suv hisoblanadi. Tuproqning
32
havodagi bug‘simon namni singdirib, yutib olish qobiliyatiga
gigroskopiklik va shunday yo‘l bilan yutilgan namlikka
gigroskopik suv deyiladi
•
Tuproqning eng kam namlik sig‘imi va so‘lish namligi
oralig‘idagi namlik o‘simliklar uchun kerakli namlik
sanaladi.
Tuproq namligini tashkil qiluvchi suvning miqdori
tuproqning umumiy hajmiga nisbatan foiz ko‘rinishida
ifodalanadi va bu ko‘rsatkichga
tuproqning hajmiy namligi
deyiladi.
Tuproqning hajmiy namligi ko‘rsatkichlarini grafik tarzda
tasvirlanishi 1.5-rasmda aks ettirilgan.
1.5-rasm. Tuproq hajmiy namligi ko‘rsatkichlarining tasvir-
lanishi.
33
a) maydonchani
tayyorlash
b) maydonchaga suv
quyish
c) maydoncha
yuzasini yopish
1.6-rasm. Tuproqning eng kam namlik sig‘imini aniqlash uchun
maydoncha.
1.2.4. Tuproqning eng kam namlik sig‘imi va uni aniqlash
Tuproq o‘z molekular tortishish kuchi hisobiga o‘zida
turlicha miqdordagi namlikni tutib tura oladi. Uning bu xossasiga
tuproqning namlik sig‘imi deyiladi.
Eng kam (yoki dala chegaralangan) namlik sig‘imi tuproq
harakatlanmay turgan sharoitda (avval tuproqqa ko‘p miqdorda
suv quyilib, uning ortiqcha miqdori sizilib chiqib ketgan) tuproq
tomonidan o‘zida ushlab turadigan namlikning miqdori sanaladi.
Boshqacha aytganda, tuproqning eng kam (EKNS, DChNS,
Wekns) namlik sig‘imi grunt suvlari chuqur joylashgan va
ortiqcha namlik oqib chiqib ketgan sharoitda tuproq tomonidan
o‘z tarkibida ushlab turilishi mumkin bo‘lgan kapillyar suvlar
miqdori hisoblanadi.
Tuproqning eng kam (yoki dala chegaralangan) namlik
sig‘imi dala sharoitida aniqlanadi.
Ekin maydonida unga xos bo‘lgan yuzasi tekis joy tanlanadi.
Bu joyda o‘lchamlari 1,5x1,5 metr bo‘lgan maydoncha
belgilanadi va uning chetlari 30-40 sm balandlikdagi tuproq
ko‘tarmasi bilan belgilab, ajratib chiqiladi. Ko‘tarma uchun
tuproq maydoncha ichidan olinmaydi, balki maydonchaning yon
atrofidan olib kelinadi (1.6-rasm).
34
Maydonchaning yaqinidan tuproq kesmasi kovlanadi va
tuproqning genetik qatlamlaridan tuproq namunalari olinadi.
Namunalar asosida tuproqning hajmiy og‘irligi, solishtirma
og‘irligi va namligi aniqlanadi.
Maxsus
tayyorlangan
maydonchadagi
tuproqni
1,5
metrgacha namlash uchun uning yuzasiga 200 litr (soz va qumoq
tuproqlar uchun miqdor) suv quyiladi. Bunda suvni (tuproq
yuzasidagi suv qalinligi 6 sm dan ortib ketmasligi uchun) asta-
sekin quyiladi.
Maydonchaga quyilgan suv tuproqqa to‘la shimilib
bo‘lgandan keyin, tuproqning yuzasidan suvning bug‘lanishi
bo‘lmasligi uchun uning yuzasini ikki qavat polietilen plyonka
bilan yopiladi va uning ustiga tuproq tortilib, yopib qo‘yiladi.
Tuproqning bir metr tepa qatlamidagi ortiqcha suv soz
tuproqlarda 3-5 kunda to‘liq sirqib bo‘ladi. Shuning uchun soz va
qumoq tuproqlarda eng kam namlik sig‘imini maydonchaga suv
quyilgandan keyin oradan 3 kun o‘tgach aniqlash tavsiya qilinadi.
Tuproqning
namligini
aniqlash
uchun
maydoncha
tuprog‘ining turli qatlamlaridan (10-20-40-70-100 sm) burg‘u
yordamida tuproq namunalari olinadi. Tuproq namunalarini
maydonchaning bir nechta nuqtasidan yoki uning markazidan
olinishi mumkin. Bunda maydonchaning markazidan namunalar
tuproqning yuza qatlamidagi yopgich (plyonka) ni olmasdan,
uning ustiga qo‘yilgan taxtani ustidan yurib olinadi (1.7-rasm).
Tuproqning namunalarining namligini termostat – tarozi
usulida laboratoriyada aniqlanadi.
Buning uchun tuproq namunasi to‘ldirilgan byukslar avval
tarozida tortiladi va ularning boshlang‘ich namligi aniqlanadi.
Keyin byukslarni qopqog‘i ochilib, quritish shkafiga (termo-
statga) qo‘yiladi va 5-8 soat mobaynida 105°C haroratda
quritiladi.
35
a) maydoncha
yuzasini ochish
b) maydonchadan tuproq namunalarini
olish
1.7-rasm. Tuproq namunalarini olish
Tuproq namunalari quritilgandan keyin yana tarozida
tortiladi, ya’ni og‘irliklari aniqlanadi.
Tuproqdagi namlikning miqdori nam va quruq tuproqlar
og‘irliklari farqini hisobga oluvchi tenglik yordamida aniqlanadi:
𝑾 =
𝒎
𝒏
−𝒎
𝒒
𝒎
𝒒
∙ 𝟏𝟎𝟎%
bu yerda, W – tuproqdagi namlik miqdori, og‘irligiga
nisbatan % da;
m
n
– nam tuproqdagi namlik miqdori, gramm;
m
q
– quruq tuproqdagi namlik miqdori, gramm.
Tuproqdagi eng kam namlik sig‘imini tuproq qatlamlari
bo‘yicha (har 10 sm da) tuproq hajmiy og‘irligining foizlari
ko‘rinishida aniqlanadi. Shuning uchun tuproqning hajmiy
og‘irligini aniqlash ishlari ham o‘tkaziladi.
Agar eng kam namlik sig‘imi tuproq umumiy g‘ovakligining
70-80% ini tashkil qilsa, qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun ma’qul,
80-90% ni tashkil qilsa, qoniqarli, 90% dan ortig‘ini tashkil qilsa,
tuproqda havo qolmaganligi uchun qoniqarsiz sanaladi.
36
Tuproqdagi eng kam namlik sig‘imi miqdori tuproqning
granulometrik tarkibi, uning tarkibiy tuzilmasi va zichligiga
bog‘liq. Granulometrik tarkibi bo‘yicha og‘ir va yaxshi tuzilmali
tuproqlarda eng kam namlik sig‘imi 30-35% qumli tuproqlarda
10-15% ni tashkil qiladi.
Yuqoridagi rasmlari ko‘rsatilgan misolda tarkibi bo‘yicha
soz tuproqning eng kam namlik sig‘imi miqdori tuproq hajmiy
og‘irligining 22,3% ini tashkil qilgan.
Tuproqning eng kam namlik sig‘imi tuproqni tavsiflovchi
muhim ko‘rsatkich bo‘lib, uning asosida tuproqdagi suvning
taqchilligi, sug‘orish me’yorlari kabi ko‘rsatkichlar aniqlanadi.
Tuproqdagi suvning taqchilligi tuproq eng kam namlik
sig‘imi va tuproqning amaldagi haqiqiy namligi o‘rtasidagi farq
sifatida aniqlanadi.
Qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun tuproq eng kam namlik
sig‘imining
|