Tuproq unumdorligi va uning ekinlarni




Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/197
Sana21.05.2024
Hajmi13,74 Mb.
#247359
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   197
Bog'liq
2rvAPcPsrRZZdBe1KYZc6NQtkhIVSPBObuzOsPV5

1.2.5. Tuproq unumdorligi va uning ekinlarni 
yetishtirishdagi ahamiyati 
Tuproqlarning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri bu hosildorlik 
yoki uning xususiyatlarining birlashishi bo‘lib, bu ekinlarning 
hosildorligini ta’minlaydi.
Tuproq 
unumdorligi 
potensial 
(tabiiy) 
va 
samarali 
(antropogen iqtisodiy) turlarga ajratiladi.


38 
Potensial 
unumdorlik 
o‘simlik 
uchun 
zarur 
oziq 
moddalarning umumiy zaxirasi hamda o‘simlik rivojining tabiiy 
suv, havo va issiqlik rejimlari bilan belgilanadi.
O‘zbekistonning sug‘oriladigan yer fondi asosan soz tuproq, 
soz- o‘tloq, taqir-o‘tloqi tuproqlardan va oz darajada kulrang-
jigarrang va cho‘l qumli tuproqlardan iborat. Bu tuproqlarning 
barchasi, ana’naviy nuqtai nazaridan, qora tuproqlar, kashtan va 
boshqa yuqori gumusli tuproqlar bilan taqqoslaganda, kam 
unumdor sanaladi, chunki ulardagi gumus miqdori nisbatan past 
bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini har gal sug‘orishdan so‘ng tuproq 
ma’lum darajada zichlashadi. Buning oldini olish uchun yer tobga 
kelishi bilan kultivatsiya qilinadi.
Tuproqni kultivatsiya qilishning asosiy maqsadi tuproq 
g‘ovakligini oshirish va ekin qatorlari oralig‘idagi begona o‘tlarni 
yo‘qotishdan iborat.
Qishloq xo‘jalik ekinlaridan rejalashtirilgan hosilni olish 
uchun har bir sug‘orishdan keyin tuproqqa ishlov berishni o‘z 
vaqtida o‘tkazish, bunda tuproqning donadorligini (agregat 
tarkibini) qayta tiklashdir.
Buning uchun texnik ekinlar (g‘o‘za, qand lavlagi, kanop, 
makkajo‘xori, jo‘xori) qator oralari sug‘orishdan so‘ng chopiq 
qilish uchun ‘‘yetilgan’’ paytda (1-3 kun orasida) kultivatsiya 
qilinadi.
O‘z vaqtida, sifatli o‘tkazilgan kultivatsiya hosildorlikni 
yuqori bo‘lishini ta’minlash bilan birga suvni behuda isrofni 
kamaytirish uchun imkoniyat yaratadi.
G‘o‘za va boshqa chopiq qilinadigan ekinlarni sug‘orilgan-
dan keyin kultivatsiya qilish ularni normal rivojlanishini 
ta’minlash uchun havo, issiqlik va oziqlanish rejimlarini yaratadi.
Kultivatorlarning turlari va ularning ishchi organlarini dala 


39 
tuprog‘i, ekin turi, begona o‘tlarning miqdori va ob-havo 
sharoitlariga bog‘liq ravishda tanlanadi.
Quruq ob-havo sharoitida (ayniqsa yozning ikkinchi 
pallasida) tuproqni kultivatsiya qilish sayozroq yumshatiladi.
Tuproqning umumiy g‘ovaklik darajasini quyidagi tenglik 
asosida aniqlash mumkin:
𝑷
𝒖𝒎𝒖𝒎𝒊𝒚
= (𝟏 −
𝑫
𝒅
) ∙ 𝟏𝟎𝟎

bu yerda, R
umumiy
– tuproqning umumiy g‘ovakligi, %;
D – tuproqning hajmiy og‘irligi,
d – tuproqning nisbiy og‘irligi.

Download 13,74 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   197




Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish