• 1.2.6. O‘zbekistonning o‘ziga xos tuproq sharoitlari
  •  Tuproq unumdorligini mahalliy o‘g‘itlar vositasida




    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet23/197
    Sana21.05.2024
    Hajmi13,74 Mb.
    #247359
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   197
    Bog'liq
    2rvAPcPsrRZZdBe1KYZc6NQtkhIVSPBObuzOsPV5

    1.2.5.4. Tuproq unumdorligini mahalliy o‘g‘itlar vositasida 
    oshirish 
    Sug‘oriladigan dehqonchilikning asosiy vazifasi mo‘l, arzon 
    va sifatli mahsulot yetishtirish bilan birga yerning tabiiy 
    unumdorligini oshirish va ekologik vaziyatga zarar yetkaz-
    maslikdan iborat.
    Ayniqsa, oxirgi yillarda urf bo‘layotgan organik dehqon-
    chilik mahsulotlarini yetishtirishda mahalliy o‘g‘itlarning 
    ahamiyati katta. Mahalliy o‘g‘itlar-hayvon go‘nglari azot, fosfor, 


    43 
    kaliy, mikroelementlar va boshqa mineral moddalarga boy 
    bo‘lishi bilan birga, uning tarkibida uglerod, o‘simlikning 
    o‘sishini tezlatadigan fiziologik faol moddalar ham juda ko‘p.
    Mahalliy o‘g‘itlar berib ishlov berilganda tuproqda organik 
    moddalarni o‘simliklar oson o‘zlashtiradigan mineral moddalarga 
    aylantiruvchi mikroorganizmlar juda yaxshi rivojlanadi.
    Mahalliy o‘g‘itlar bilan ishlov berilganda tuproq tarkibidagi 
    chirindi (gumus) miqdori ko‘payadi va unumdorigi bir necha 
    marta ortadi. Tuproqning ekologik holati ham yaxshilanadi.
    Mahalliy o‘g‘itlar tuproq unumdorligini oshirish bilan birga 
    tuproqning g‘ovakligini ham oshiradi. Natijada, tuproqning suv 
    fizik xususiyatlari yaxshilanadi.
    1.2.6. O‘zbekistonning o‘ziga xos tuproq sharoitlari 
    O‘zbekiston Respublikasining hududi g‘arbdagi cho‘l 
    mintaqalaridan sharqqa tog‘oldi va tog‘li hududlarga qarab 
    balandlab o‘zgarib boradi.
    G‘arbdagi nisbatan tekis cho‘l mintaqasi subboreal va 
    subtropik cho‘llarga bo‘linadi.
    Cho‘l mintaqasidagi avtomorf tuproqlar bo‘z-qo‘ng‘ir, cho‘l 
    qumli, taqirli, taqir, qoldiq sho‘rxoklar va bozingenlar (kuchli 
    gipslashgan tuproqlar)dan iborat.
    Ustyurtning shimolida och-qo‘ng‘ir cho‘l-dasht va ayrim 
    hollarda sho‘rxoklar uchraydi.
    O‘tish (oralik) tuproqlari tarkibida o‘tloqi-taqir va taqir-
    o‘tloqi tuproqlardan tashqari Amudaryo havzasining qurigan 
    qismida shakllangan qoldiq-o‘tloqi va qoldiq botqoq tuproqlar 
    ham uchraydi. Gidromorf tuproqlar orasida sho‘rxoklar ko‘plab 
    uchraydi. Orol dengizining qurigan qismida dengiz oldi sho‘rxok 
    qumlari ko‘p uchraydi.
    Quyi mintaqadagi chala cho‘llarda och, tipik va to‘q tusli 


    44 
    bo‘z tuproqlar keng tarqalgan. Bu tuproqlar mineral tarkibining 
    asosiy qismini lyoss jinslar tashkil etadi.
    Och tusli bo‘z tuproqlar 250-400 metr balandliklarda – 
    Mirzacho‘l, Farg‘ona vodiysining adirlarida va konussimon 
    yoyilmalarida, Zarafshon, Surxondaryo, Qashqadaryo vodiylari-
    ning yuqori terrasalarida tarqalgan va bu yerlar landshaftiga ko‘ra 
    tog‘ cho‘li mintaqasiga (yuqori cho‘lga) kiradi.
    Bu tuproqlarning yuza qatlami och kulrang, tangasimon 
    strukturali, yengil soz jinslardan iborat, mexanik tarkibi och 
    sozdan qumoqqacha o‘zgaradi. Chirindili qatlamida chirindi 
    miqdori 2% gacha bo‘ladi, undan pastga esa kamayib boradi.
    Och tusli bo‘z tuproqlarning yuqori qatlamida suvda 
    eriydigan tuzlar miqdori 0,1% ni tashkil qiladi, chuqurlashgan 
    sari bu miqdor biroz ortadi. Bu tuproqlar sug‘orilganda 
    ikkilamchi sho‘rlanishi mumkin.
    Amudaryo etagi, Zarafshon, Chirchiq-Ohangaron, Qashqa-
    daryo va Surxondaryo vodiylaridagi qadimdan dehqonchilik 
    qilinadigan joylarda vohalar vujudga kelgan bo‘lib, ulardagi bo‘z 
    tuproqlar uzoq vaqt ishlov berilishi natijasida madaniy 
    tuproqlarga aylangan.
    Mamlakatning tog‘ chala cho‘l mintaqasida oddiy bo‘z 
    tuproqlar tarqalgan. Ular 300-600 m balandlikdagi tog‘ etaklari-
    da, baland tekisliklar, qirlar, past tog‘larda rivojlangan, ayrim 
    joylarda 800 metrgacha balandliklarda ham uchraydi.
    Bu tuproqlarda chirindi och tusli bo‘z tuproqdagiga nisbatan 
    ko‘proq -1,5-2,5% hamda chirindili qatlam bir oz to‘q tuslidir.
    Bu tuproqlarda tuzli va gipsli qatlamlar ancha pastda yotadi.
    Oddiy bo‘z tuproqda och tusli bo‘z tuproqqa nisbatan nam 
    bilan biroz yaxshi ta’minlanganligi uchun efemerlar qalinroq 
    o‘sadi. Oddiy bo‘z tuproqlar mintaqasida asosan sug‘oriladigan 
    dehqonchilik rivojlangan.


    45 
    To‘q tusli bo‘z tuproqlar tog‘larning 600-1000 m, ba’zi 
    joylarda 1200-1400 m gacha mutlaq balandlikdagi yonbag‘ir-
    larida tarqalgan.
    To‘q tusli bo‘z tuproqlarning yuqori qatlamida chirindi 
    ko‘proq (3-4%) bo‘lganligi tufayli u to‘q tusda bo‘ladi va 
    chirindili qatlam 80-120 sm chuqurgacha tushadi. Bu tuproqning 
    ishqori yaxshi yuvilgan, shu sababli u sho‘rlangan emas, gipsli 
    qatlam esa 2-3 m pastda yotadi. Bu tuproq mintaqasida nam ko‘p 
    bo‘lgani uchun o‘simliklar yanada qalin o‘sadi. Bu yerda 
    chirindining tuproqdagi miqdori 1 gektar yerda 130 tonnagacha 
    boradi. Ayrim joylarda undan ham ko‘p. Bu tuproq tarqalgan 
    hudud tabiiy nam yetarli bo‘lgan bahorikor yerlar hisoblanadi.
    Bo‘z tuproqlardagi namlik rejimi vegetatsiya davri uzoq 
    davom etadigan ekinlar uchun noqulay. Chunki ekinlar o‘sadigan 
    paytda tuproqda nam tugab qoladi. Shu sababli bo‘z tuproqda 
    sug‘orib dehqonchilik qilinadi.
    Sug‘oriladigan dehqonchilik asosan och tusli va oddiy bo‘z 
    tuproqli yerlarda rivojlangan. Lekin bo‘z tuproqlar mintaqasida 
    relefning past-balandligi sug‘orish ishlarini ancha qiyinlashtiradi.
    Bo‘z tuproqlar mintaqasidagi voha o‘tloq tuproqlari cho‘l 
    zonasidagi ana shunday tuproqlardan chirindisining ko‘pligi, 
    tuproqning donadorligi va sho‘rlanishni kamligi bilan ajralib 
    turadi.
    Voha o‘tloq tuproqlarining haydaladigan qismida chirindi 
    1,5-2% ni, ayrim yerlarida 2,5% ni tashkil etadi. Shuning uchun 
    bu tuproqlarda sug‘orib ekin ekib, mo‘l hosil olish mumkin.
    Tog‘ quruq dashtlar mintaqasida jigar rang va qo‘ng‘ir tog‘- 
    o‘rmon tuproqlari keng tarqalgan. Bu mintaqa 1000-1200 m 
    balandlikdan boshlanib, G‘arbiy Tyanshan tog‘larida 2000-2200 
    m, Hisorda 3000-3500 m mutlaq balandlikkacha tarqalgan. Bu 
    tuproqlar tarqalgan maydon 1660 ming gektarni tashkil qiladi.


    46 
    Jigarrang tuproqlar o‘tloqi dasht tuprog‘i bo‘lib, tuproq hosil 
    qiluvchi jinslar turli tusdagi delyuvial gil va qumoqlardan, ba’zi 
    joylarda lyossdan, chag‘irtosh va shag‘allardan iborat.
    Jigarrang tuproqning yuza qatlamida chirindi ko‘p ekan-
    ligidan u qo‘ng‘ir-jigar rang yoki to‘q qo‘ng‘ir tusda bo‘ladi. 
    Chirindi miqdori 15 sm chuqurlikkacha o‘rta hisobda 4-5% ni , 
    ayrim joylarda 8-10% ni tashkil etadi. 1 metr chuqurda esa 0,5% 
    ga tushib qoladi.
    Relefining murakkabligidan jigarrang tuproqli yerlardan 
    dehqonchilikda foydalanish ancha qiyin.
    Qo‘ng‘ir tog‘-o‘rmon tuproqlari tog‘ quruq dashtlari minta-
    qasining ancha sernam, keng bargli o‘rmon o‘sadigan birmuncha 
    balandroq yerlarida tarkib topgan bo‘lib, chirindiga boyligi bilan 
    ajralib turadi. Bu tuproqlarda chirindi yuqori qatlamida 8-9%, 
    ba’zan 12% gacha boradi. Sernam yerlarda to‘q-qo‘ng‘ir tusli 
    tog‘-o‘rmon tuproqlari vujudga kelgan. Umuman bu tuproqlar 
    ancha unumdor.
    Bu mintaqa iqlimi sernam va salqin bo‘lganligi uchun sero‘t 
    yozgi yaylovlar vujudga kelgan, bahorikor dehqonchilik qilinadi, 
    bog‘lar bunyod etilgan.
    Baland tog‘-o‘tloq dashtlaridagi och tusli qo‘ng‘ir tuproqlar 
    mintaqasi O‘zbekistonda 2500-2600 m mutlaq balandliklardan 
    boshlanadi. Bu tuproqlar tarqalgan maydon 540 ming gektarni 
    tashkil etadi. Bu mintaqada tub tog‘ jinslari yer yuziga yaqin 
    yotganligi uchun tuproq qatlamining qalinligi 1 metrdan 
    oshmaydi.
    Tub tog‘ jinslari yer yuziga chiqib yotgan joylarda tuproq 
    qoplami shakllanmagan. Bu tuproq asosan qattiq tub jinslar va 
    elyuviy ustida, qisman sklet delyuval yotqiziqlar ustida 
    rivojlangan.Qalin o‘tloqlar ostida hosil bo‘lgan och tusli qo‘ng‘ir, 
    karbonatsiz subalp o‘tloq dasht tuproqlarida chirindi miqdori 5-
    6% ni tashkil etadi. Bu mintaqada vegetatsiya davri qisqa, 


    47 
    dehqonchilik uchun harorat yetishmaydi.
    Alp mintaqasi O‘zbekistonda 3000-3500 m mutlaq 
    balandlikdan boshlanadi. Bu yerdagi alp o‘tloqlari tagida 
    chirindili va torfli, ishqori yuvilgan tog‘ o‘tloq tuproqlari hosil 
    bo‘lgan. Ularning qatlami juda yupqa va tutash tuproq qatlamini 
    hosil qilmaydi. Bu mintaqada tuproq hosil bo‘lish jarayoni uchun 
    sharoit juda noqulay.
    Bunga haroratning pastligi, vegetatsiya davrida sovuqlarning 
    tushib turishi, o‘simliklarning kamligi sabab qilib ko‘rsatiladi.
    O‘zbekiston hududidagi qadimdan dehqonchilik qilib kelina-
    digan vohalarda allyuvial tuproqlar tarkib topgan. Mazkur 
    vohalarning ko‘pchiligi daryolarning etaklarida joylashgan bo‘lib, 
    ularning yer yuzasi 1-2 metr va undan ham qalinroq daryo 
    oqiziqlari bilan qoplangan.
    Cho‘l zonasidagi allyuvial tuproqlar o‘tloq, o‘tloq-botqoq va 
    allyuvial botqoq tuproqlardan iborat.
    Bu tuproqlar serkarbonat, chirindisi oz, faqat o‘tloq-allyuvial 
    tuproqlardagina chirindi miqdori 1-2% yetadi.
    Sug‘oriladigan o‘tloqi-allyuval tuproqlar sho‘rlanmagan, 
    qumoq, gilli yerlarda esa sho‘rlangan bo‘ladi.
    Daryo qayirlaridagi o‘tloq-botqoq va allyuvial-botqoq 
    tuproqlarning hammasi sho‘rlangan. Agarda bu tuproqlarda 
    namlik kamayib, bu tuproqlar qurib qolsa (Quyi Amudaryodagi 
    kabi), ular tuproq tipik cho‘l va taqir tuproqlarga aylanadi.
    Allyuval tuproqlar bo‘z tuproqlar mintaqasida ham uchraydi. 
    Ular bu yerda o‘tloq-allyuvial, sho‘rlangan o‘tloq-allyuvial va 
    allyuvial- botqoq tuproqlar deb yuritiladi.
    Bu tuproqlar O‘rta Zarafshonda, Chirchiq-Ohangaron 
    vodiysida, Farg‘ona vodiysining sharqiy qismida katta maydon-
    larni egallagan.


    48 

    Download 13,74 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   197




    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Tuproq unumdorligini mahalliy o‘g‘itlar vositasida

    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish