O‘simliklar hayotida muhim bo‘lgan asosiy iqlim




Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/197
Sana21.05.2024
Hajmi13,74 Mb.
#247359
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   197
Bog'liq
2rvAPcPsrRZZdBe1KYZc6NQtkhIVSPBObuzOsPV5

1.3.2. O‘simliklar hayotida muhim bo‘lgan asosiy iqlim 
omillari 
Iqlim 
omillari 
yoki 
ob-havo 
sharoitlarini 
asosiy 
belgilovchilardan biri-havo harorati barcha biologik faollikni 
harakatga keltiruvchi kuch bo‘lib, qishlok xo‘jaligi uchun zarur 
bo‘lgan asosiy iqlim ko‘rsatkichlaridan biridir.
Havo harorati juda o‘zgaruvchan bo‘lib, bir necha soatlik 
qisqa muddatda ham keskin o‘zgarib ketishi mumkin.
Uzoq muddatli davrlarda, masalan, vegetatsiya mavsumida, 


54 
havo haroratining rejimi samarali haroratlar yig‘indisi ko‘payib 
borgani sayin o‘simliklarning rivojlanishining fenologik 
fazalarini birini tugab ikkinchisi boshlanishini belgilab beradi.
Havo harorati rejimining asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilar 
sanaladi:

sutkalik maksimal va minimal havo haroratlari;

sutkalik o‘rtacha, kunduzgi va tungi havo haroratlari.
Havo haroratining o‘zgarishlarini grafik ko‘rinishda 
tasvirlansa, uning o‘zgarishlarini tasavvur qilish oson bo‘ladi.
Misol sifatida, quyidagi rasmda Isroil davlatining paxta 
yetishtiriladigan hududida, ya’ni Isroil Qishloq xo‘jaligi vazir-
ligining Saad Kibutsida (Negev cho‘lida) joylashgan meteo-
rologik stansiyasi ma’lumotlari asosida 4 dan 9 iyulgacha bo‘lgan 
muddatda havo haroratining sutka davomidagi o‘zgarishlari 
ko‘rsatilgan (1.8-rasm).
Ushbu grafikni yaratish uchun foydalanilgan dasturda havo 
haroratlari ko‘rsatichlarini qayta ishlash asosida havo 
haroratining sutka davomida maksimal va minimal haroratlari 
baholab berilgan.
1.8-rasm. Havo haroratini sutka davomida o‘zgarishlari. 


55 
1.9-rasm. Havo haroratini butun yil kesimda o‘zgarishlari.
Natijalar havo harorati sutka davomida keskin o‘zgarib 
turishini, ya’ni kunduzgi 35°C dan, kechasi 17°C gacha 
o‘zgarishini ko‘rsatmoqda.
Bir yil davomida sutkalik havo haroratlari o‘zgarishlarini bir 
grafikka yig‘ib tasvirlaydigan bo‘lsak, rasmdagi ko‘rinishdagiday 
tasvirga, ya’ni havo haroratini mintaqa uchun xos bo‘lgan yillik 
dinamikasini ifodalovchi tasvirga ega bo‘lamiz (1.9-rasm).
Ekinlarni parvarishlash jarayonida havo harorati to‘g‘risidagi 
ma’lumotlardan qanday foydalanish mumkin degan savol 
barchani o‘ylantiradi. Bunga oddiy javob beriladi, ya’ni 
o‘simliklarning sug‘orish rejimlarini asoslash uchun samarali 
haroratlar yig‘indisi keng qo‘llaniladi.
Samarali haroratlar yig‘indisi yoki issiqlik miqdorining ortib 
borishi ekinlarning o‘sishi va rivojlanishiga eng ijoby ta’sir 
qiluvchi jihat sanaladi va bu jihatni doimo havo harorati bilan 
bog‘lash o‘simlik fenologiyasini ifodalashda eng keng tarqalgan 
vosita hisoblanadi.
Bu konsepsiyadan foydalanish ekinlarni rivojlantirishning 


56 
turli bosqichlarini davomiyligini baholash va bashoratlash 
imkoniyatlarini beradi.
Ekinlarning rivojlanishi deganda u yaratayotgan hosilni 
o‘sishi va bir bosqichdan boshqa bosqichga o‘tishi (vaqtlari) 
tushuniladi.
Atrof-muhitning tuproq namligi kabi boshqa omillari ta’sir 
qilmasa, o‘simliklarning unib chiqqandan to pishib yetilgungacha 
rivojlanishi tezligi faqat havo haroratiga bog‘liq bo‘ladi.
O‘simliklar hayoti davomida bir rivojlanish bosqichidan 
boshqasiga o‘tishi uchun ma’lum miqdordagi issiqlik bo‘lishini 
talab qiladi.
Eng muhimi, samarali haroratlar yig‘indisi to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar parvarishlanayotgan ekinning sug‘orish rejimini 
rejalashtirish uchun zarurdir. O‘simlik rivojlanishining turli 
bosqichlarida turli miqdorda suv bo‘lishi talab qilinadi va bu 
miqdorlarni bilish uchun havo harorati ma’lumotlarini bilish 
muhim.
Samarali haroratlar yig‘indisini quyidagi tenglik yordamida 
hisoblash mumkin: 
𝑺𝑯𝒀 = ∑ (
𝑯
𝒎𝒂𝒌𝒔
– 𝑯
𝒎𝒊𝒏
𝟐
) – 𝑺𝑯
𝟎
𝒊=𝒏
𝒊=𝟏
 
Bu yerda, H
maks
– sutkadagi eng yuqori harorat, gradus 
selsiy;
H
min
– sutkadagi eng past harorat, gradus selsiy;
SH
0
– muayyan ekin uchun metabolik jarayonlar 
to‘xtaydigan harorat.
G‘o‘za uchun bu ko‘rsatkich 12°C ga teng bo‘lib, undan 
yuqori haroratlarda g‘o‘za yaxshi rivojlanadi, past haroratlarda 


57 
esa o‘sishdan to‘xtaydi.
Parvarishlanayotgan 
ekinlar 
rivojlanish 
bosqichlarini 
boshlanishi turli ekinlarda turlicha kechadi.
Masalan, g‘o‘zaning rivojlanish bosqichlari va ular uchun 
ketadigan vaqtlar quyidagi 1.18-jadvalda keltirilgan.
 
1.18-jadval.
 

Download 13,74 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   197




Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘simliklar hayotida muhim bo‘lgan asosiy iqlim

Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish