• 1.2.5.3. Shudgorlash chuqurligi
  •  Shudgor qilish muddatlari




    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet22/197
    Sana21.05.2024
    Hajmi13,74 Mb.
    #247359
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   197
    Bog'liq
    2rvAPcPsrRZZdBe1KYZc6NQtkhIVSPBObuzOsPV5

    1.2.5.2. Shudgor qilish muddatlari 
    Kuzgi shudgorlash asosan oktabr oyining ikkinchi yarmidan 
    boshlab noyabr oyining oxirigacha yoki yomg‘irli kunlar 
    boshlanib yer muzlaguncha bajarib ulgurilishi kerak. Kuzgi 
    shudgorni bahorga qoldirish kelgusi yilgi hosildorlikni 25-30% 
    gacha kamayishiga olib keladi. Faqat qumli tuproqlar sharoitida 
    shudgorlash ishlarini bahorda ham bajarsa bo‘ladi.
    Shudgorlash natijasida tepaga olib chiqilgan pastki qatlam 
    tuproqlari qishda ketma-ket muzlash va erish natijasida donador 
    shaklga keladi.


    41 
    Dalalarni juda loyli yoki o‘ta quruq, hamda muzlagan tuproq 
    sharoitida shudgorlash yirik kesaklar paydo bo‘lishiga olib keladi.
    Bundan tashqari yuqori namlikdagi tuproqli dalada 
    shudgorlash ishlarini bajarish haydalma qatlam ostida qattiq 
    qatlam hosil bo‘lishiga sababchi bo‘ladi va bu o‘simliklarning 
    rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi.
    Qishki va bahorgi yog‘in miqdori juda kam (80-100 mm), 
    shamol ko‘p bo‘lgan tumanlarda shudgorlash bilan bir vaqtda 
    boronalash ishlarini bajarish namlik yo‘qolishini kamaytiradi va 
    ekish ishlarini erta bajarilishiga yordamlashadi.
    1.2.5.3. Shudgorlash chuqurligi 
    Shudgorlash chuqurligi unumdor qatlam qalinligi, tuproq 
    tuzilishi, begona o‘tlar bilan zararlanganlik darajasi va iqlim 
    sharoitiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin. Faqatgina barcha 
    omillarni hisobga olgan holda bajarilgan shudgorlash ishlari 
    kutilgan texnik va iqtisodiy natijani berishi mumkin.
    Ilg‘or tajribalarga suyangan holda quyidagi tabaqalangan 
    chuqurlikda shudgorlash tavsiya etiladi:

    shimoliy va o‘rta iqlim hududidagi qo‘ng‘ir tusli va o‘t-
    loqi tuproqlarda va tog‘ oldi zonasidagi tuproqlarda shudgorlash 
    chuqurligi 30 sm;

    yetarli qatlamli och tusli tuproqlar va janubiy zonadagi 
    tuproqlar sharoitida haydov chuqurligi 35-40 sm;

    eskidan o‘zlashtirilgan och rangli soz tuproqlar sharoitida 
    yer osti sizot suvlari sathi yer yuzasiga yaqin bo‘lganda, haydov 
    chuqurligi 20-30 sm va chuqur yumshatish 40 sm gacha;

    o‘tloqi, sho‘rlangan yuza qatlamida gipslashgan qatlami 
    mavjud og‘ir tarkibli tuproqlarda chuqur yumshatish 40-50 sm va 
    haydov 25-30 sm;

    sayoz qatlamli asosida qum shag‘al bo‘lgan tuproq 


    42 
    sharoitida shudgorlashni shunday o‘tkazish kerakki, pastki 
    qatlamdagi qum va shag‘al yuzaga chiqmasligi lozim bo‘ladi.
    Shudgorlash ishlari natijasida hosil bo‘ladigan chuqurliklar 
    tekislanishi kerak.
    Shuningdek, shudgorlash: 

    tipik va och rangli bo‘z tuproqda, shuningdek o‘tloq va 
    boshqa tuproqlarda va tog‘ oldi tumanlarda – 30 sm 
    chuqurlikda;

    eskidan ishlanib kelinadigan, yer osti suvlari yaqin bo‘lgan 
    och bo‘z tuproqlarda – 20-30 sm chuqurlikda; 

    birinchi yarim metrida gipsli qatlamlarga ega bo‘lgan, 
    sho‘rlangan o‘tloq yerlarda, og‘ir, o‘ta zichlashgan 
    haydalma qatlam ostidagi tuproqda 40-50 sm gacha 
    yumshatish va 25-30 sm chuqurlikda o‘tkaziladi.
    Kuzgi shudgorlashdan keyin yer tekislash ishlari amalga 
    oshiriladi.
    Yer tekislash ishlari ekin maydonining notekisligi va 
    bajariladigan tekislash ishlarining hajmiga qarab rejalashtiriladi.
    Keyingi yillarda sug‘orma dehqonchilik qilinadigan 
    davlatlarda yer tekislashda lazerli moslamalarni qo‘llashga katta 
    e’tibor qa- ratilmoqda.

    Download 13,74 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   197




    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish