Tuproq g‘ovakligi va unumdorligini oshirish




Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/197
Sana21.05.2024
Hajmi13,74 Mb.
#247359
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   197
Bog'liq
2rvAPcPsrRZZdBe1KYZc6NQtkhIVSPBObuzOsPV5

1.2.5.1. Tuproq g‘ovakligi va unumdorligini oshirish 
Tuproq g‘ovakligini shudgorlash orqali oshirish mumkin. 
Shudgorlash asosiy agrotexnik tadbirlardan bo‘lib, tuproqning 
haydalma qatlami unumdorligi va qishloq xo‘jaligi ekinlari 
hosildorligi oshishiga xizmat qiladi. Respublikamiz sharoitida 
g‘ovakligini oshirish uchun tuproq kuzda shudgor qilinadi.
Shudgorlash quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:

haydalma qatlamdagi tuproqlarning g‘ovakligini oshirish 
ularning suv sig‘imini yaxshilash;

haydalma qatlam yuza qismidagi changsimon mayda 
strukturali tuproqni pastki qatlamga va yaxshi strukturali 
pastki qatlamni yuqoriga olib chiqish (ag‘darish) orqali 
vegetatsiya davrida yo‘qotilgan tuproq strukturasini 
tiklash;

haydalma qatlam yuzasidagi begona o‘tlar urug‘larini va 
zararli hasharotlar tuxumini pastki chuqurroq qatlamga 
ag‘darib yuborish orqali ularning zarar keltirish 
imkoniyatini pasaytirish;


40 

yerga haydashdan oldin solingan mineral va mahalliy 
o‘g‘itlarni va o‘simlik qodiqlarini tuproq bilan arashib, 
kelgusi yili qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun yaxshi 
o‘zlashtiriladigan holga o‘tishiga olib kelish;

bahorgi ekish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishiga 
zamin yaratish va ekiladigan ekinlarning erta unib chiqishi 
va yaxshi rivojlanishiga ko‘maklashish.
Haydov oldi tayyorgarlik ishlari quyidagilardan iborat:

Dalani o‘simlik qoldiqlaridan (masalan, g‘o‘zapoyadan) 
tozalash uchun RR-4 yoki UV-3,6 korchevatelni qo‘llash 
mumkin. 

G‘umay va ajriq kabi ildizli begona o‘tlar bosgan dalalar-
da shudgor qilishdan oldin ularni qirqib tashlash maqsa-
dida korchevatel yoki otvalsiz plug yordamida 15-20 sm 
chuqurlikda haydalishi lozim. Keyin esa ko‘ndalang 
yo‘nalishda chizel yoki borona yordamida qirqilgan 
ildizlarni yig‘ishtirib, dala chetiga chiqazib tashlash kerak. 

Oxirgi tadbir, dalaga 5-10 t/ga miqdorda go‘ng yoki yillik 
normaning 70 foizi miqdorda fosforli va kaliyli o‘g‘itlarni 
mexanizmlar yoki qo‘l kuchi yordamida shudgordan oldin 
solish lozim.

Download 13,74 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   197




Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Tuproq g‘ovakligi va unumdorligini oshirish

Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish