• 1.3.1. O‘zbekistonning o‘ziga xos iqlim sharoitlari
  •  Iqlim sharoiti va uning ekinlar parvarishidagi




    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet24/197
    Sana21.05.2024
    Hajmi13,74 Mb.
    #247359
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   197
    Bog'liq
    2rvAPcPsrRZZdBe1KYZc6NQtkhIVSPBObuzOsPV5

    1.3. Iqlim sharoiti va uning ekinlar parvarishidagi 
    ahamiyati 
    Iqlim, bu o‘zgarishlari koinot, atmosfera, okeanlar va qit’alar 
    yuzasi, muzliklar, vulqonlar, shuningdek, yer yuzasidagi ekin 
    maydonlari, o‘rmonlar, o‘tloqlar, ya’ni yer usti florasining 
    biologik holati o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik (ta’sirlar) bilan 
    belgilanadigan o‘ta murakkab fizik tizim sanaladi.
    Tabiiy muhit qismlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlar tufayli bir 
    necha soatdan o‘n va yuz yillarga qadar bo‘lgan vaqtda iqlim 
    tizimida murakkab tabiiy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.
    Iqlim sharoitlarida yuz beradigan o‘zgarishlarni sodir 
    bo‘lishida insonning faoliyati ham sezilarli rol o‘ynaydi.
    Har bir mintaqaning, shu jumladan Orol dengizi havzasining 
    iqlimi ham o‘zgarib turadigan ko‘rsatkichlar majmuasi bo‘lgan 
    ob-havo sharoiti bilan tavsiflanadi.
    Ob-havo sharoitlarining asosiy omillari sifatida havoning 
    harorati, havoning namligi, quyoshdan keladigan yorug‘lik 
    (nurlanish, radiatsiya), shamol tezligi (yo‘nalishi bilan) va 
    yog‘ingarchiliklar ko‘rsatiladi.
    O‘simliklarni rivojlanishi mazkur ko‘rsatkichlar bilan 
    chambarchas bog‘liq ravishda yuz beradi, ya’ni o‘simliklarning 
    o‘sishi-rivojlanishi va hosil yaratish ko‘rsatkichlari ob-havoning 
    ko‘rsatkichlariga to‘liq bog‘liq sanaladi.
    1.3.1. O‘zbekistonning o‘ziga xos iqlim sharoitlari 
    O‘zbekiston 
    Respublikasi 
    Yevroosiyo 
    mintaqasining 
    markazida, ya’ni 37 va 45 gradus shimoliy kenglik, 56 va 73 
    gradus sharqiy kenglikda joylashgan.
    O‘zbekistonning umumiy maydoni 447,7 ming km
    2
    ni, 
    shundan 79% ini tekisliklar, 21% ini tog‘ va tog‘ oldi hududlar 


    49 
    tashkil qiladi. Hududining deyarli 4/5 qismi yarimcho‘l va cho‘l, 
    qolgan qismi janubiy-sharqiy va sharqiy hududlarda baland 
    tog‘lardan iborat.
    Okeanlar va dengizlardan uzoqda joylashgan Markaziy 
    Osiyo mintaqasida joylashgan O‘zbekistonning geografik 
    joylashuvi uning iqlimini kontinental bo‘lishini belgilaydi.
    Iqlimning kontinentalligi yilning aksariyat qismida ob-
    havoni bulutsiz, yozni jazirama issiq, yog‘inlarni kam, 
    bug‘lanishini ko‘p, yozning uzoq va quruq, shuningdek, qishni 
    O‘zbekiston joylashgan kengliklarga xos bo‘lmagan tarzda 
    sovuq, havo haroratining sutka va yil davomida o‘zgarishini katta 
    bo‘lishiga olib kelgan. O‘zbekiston iqlimining bunday o‘ziga 
    xosligi iqlim yaratuvchi omillar ta’sirida shakllangan.
    Geografik joylashuv (shimolda mo‘tadil va janubda sub-
    tropik zonalar), quyosh radiatsiyasining intensivligi, atmosfera 
    oqimlarining aylanishi va mahalliy relef O‘zbekistonning iqlimini 
    belgilovchi omillar sanaladi.
    O‘zbekiston hududining shimoldan janubga qarab uzun 
    masofaga – 925 km ga cho‘zilganligi quyosh nurlarini 
    O‘zbekistonning hamma qismlariga bir xilda tushmasligiga sabab 
    bo‘ladi. Xususan, quyosh nurlari yilning 22 iyun kunida 
    respublikaning shimolida ufqqa nisbatan 71° va janubida 76° 
    burchak ostida tushadi.
    Quyosh 
    charaqlab 
    turishining 
    davomiyligi 
    shimoliy 
    mintaqalarda yiliga 2500-2800 soatni tashkil qilsa, janubda 3000-
    3100 soatga teng. Yer yuzasiga quyosh radiatsiyasini yillik 
    tushishi shimolda 130, janubda 160 kkal/sm
    2
    ga teng.
    Atmosfera havosining harakati O‘zbekiston iqlimini shakl- 
    lantirishda katta ahamiyatga ega. Qishda shimol va shimoli-
    sharqdan keladigan sovuq arktik havo massalari O‘zbekistonning 
    hududiga kirib, respublikaning janubiy chegaralarigacha yetib 
    boradi. 
    Natijada, 
    hududda 
    yog‘inlarsiz sovuq ob-havo 


    50 
    hukmronlik qiladi.
    Qishda O‘zbekiston hududida mo‘tadil kengliklarning nam 
    havo oqimlari shakllanib siklonlarni yuzaga keltiradi, natijada qor 
    va yomg‘ir shaklidagi yog‘ingarchiliklar sodir bo‘lib turadi.
    Yozda mamlakatning tekislik qismida mahalliy Turon tropik 
    havo massasi shakllanadi. Havo quruq va issiq bo‘lib, mayda 
    chang zarralari bilan to‘yinib ketadi. Natijada past bosimli hudud 
    yuzaga kelib, unga shimol va shimoliy-g‘arbdan iliq va nam havo 
    oqimi kirib keladi. Biroq, bu havo tez qizib ketadi va odatda 
    tekislik rayonlarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
    Harakatlanayotgan nam havo massalarini hududning sharqiy 
    qismida joylashgan tog‘lar to‘sib ushlab qoladi. Natijada tog‘ va 
    tog‘ oldi hududlarda yoz oylarida ham yog‘inlar yog‘ishi tez-tez 
    kuzatiladi. Mamlakat hududi shimol, shimoliy-g‘arb va g‘arbiy 
    tarafdan bepoyon tekisliklardan iborat bo‘lib, turli havo 
    oqimlarini kirib kelishi uchun ochiq. Shuning uchun mazkur 
    taraflardan mamlakat hududiga
    Atlantika va Arktika havo oqimlari bemalol kirib keladi.
    Tog‘lar bilan yopiq bo‘lgan janubiy hudud, o‘z navbatida iliq 
    tropik havoning kirib kelishiga to‘sqinlik qiladi. Sharqiy 
    mintaqalardagi tog‘lar ham havo oqimlarini harakatlanishiga 
    to‘sqinlik qiladi. Natijada tog‘li hududlarda yozda tekisliklarga 
    qaraganda 
    salqin 
    ob-havo 
    sharoiti 
    yuzaga 
    keladi 
    va 
    yog‘ingarchilik ko‘proq kuzatiladi. Qishda esa havo sovuq bo‘lib, 
    uzoq vaqt davom etadi.
    Mamlakatda iyul oyining o‘rtacha havo harorati shimolda 
    26°C dan janubda 30°C gachani tashkil qiladi. Yanvar oyining 
    o‘rtacha havo harorati shimolda minus 8°C gacha, janubda yesa 
    0°C gacha pasayadi. Havoning eng past harorati Ustyurt 
    tekisliklarda kuzatilib, minus 38°C gacha pasayadi.
    Mamlaktning tekislik hududlarida yoz quruq va issiq bo‘lib, 


    51 
    iyulning o‘rtacha harorati + 26-30°C ga, janubda esa +31-32°C 
    ga teng bo‘lishi kuzatiladi. Aniq meteokuzatuv punktlari 
    doirasida kuzatiladigan bo‘lsa, Nukusda havoning o‘rtacha yillik 
    harorati +11°C ga, Toshkentda +12°C ga, Termizda +17°C ga 
    teng bo‘ladi. Yozgi davrda esa havoning mutlaq maksimal 
    harorati Toshkentda +44°C, Termizda +50°C gacha, cho‘llardagi 
    qum yuzalari esa +75-80°C gacha qiziydi.
    Yilning eng sovuq kunlari yanvar oyida kuzatiladi. Bu oyda 
    havoning o‘rtacha harorati shimoli-g‘arbdan (Ustyurtda –10°C) 
    janubi-sharqqa (Toshkentda +0,9°C, Samarqandda +0,3°C, 
    Termizda +2,8°C) qadar ko‘tarilib boradi. Ba‘zan Arktika va 
    Sibir havo oqimlari ta‘sirida qishda havo harorati keskin 
    pasayadi. Bunday davrlarda havo haroratini Surxondaryoda –
    20°C, Toshkentda –30°C, Ustyurtda –38°C gacha pasayishi 
    kuzatilgan.
    Yozda cho‘l hududlarining haddan ziyod qizishi natijasida 
    kontinental tropik havo massasi yuzaga kelib, u o‘ta quruqligi 
    bilan ajralib turadi. Shuning uchun ham cho‘l hududlarida 
    yog‘ingarchilik juda kam (80-200 mm/yil) miqdorda kuzatiladi.
    O‘zbekiston hududiga yog‘ingarchilikni asosan Atlantika 
    okeanidan keladigan nam havo massalari olib keladi.
    Eng kam yog‘ingarchilik miqdori Amudaryoning quyi oqimi 
    va Qizilqumda kuzatiladi. Yog‘inlarning eng kam miqdori 
    Ustyurtda kuzatiladi va ular yiliga 100 mm ga ham yetmaydi.
    Tog‘oldi hududlar va tog‘liklarga qarab yog‘ingarchilik 
    miqdori ortib boradi. Ularning yillik miqdori mamlakatning 
    tog‘oldi hududlarida o‘rtacha 300-550 mm ni tashkil qilsa, ayrim 
    hududlarda 600-800 mm gacha yetadi, ba’zida esa undan ham 
    ortadi.
    Mamlakatning nam havo oqimlari qarshisida joylashgan 
    G‘arbiy Tyan-Shan va Hisor-Zarafshon tog‘larida yiliga o‘rtacha 
    800-900 
    mm miqdorda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Tog‘li 


    52 
    hududlarda qishki-bahorgi mavsum oylarida qor ko‘chkisi 
    hodisalari, kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida sel va suv 
    toshqinlari kuzatiladi.
    Yog‘inlarning asosiy qismi qish (yillik yog‘ingarchilikning 
    30% i) va bahor (40%) oylarida kuzatiladi.
    Yog‘ingarchilik kunlarining davomiyligi ham mamlakat 
    hududi bo‘ylab farqlanadi. Mamlakatning tekislik hududlarida 
    yiliga 35-40 kun, tog‘li va tog‘oldi hududlarida 70-90 kun 
    davomida yog‘ingarchilik kunlari kuzatiladi.
    Yog‘ingarchilikning bir qismi qor shaklida bo‘ladi. Ammo 
    tekisliklarda qor qoplami beqaror bo‘lib shimoli-g‘arbda 40-50 
    kun, janubi-g‘arbda 10-15 kun, tog‘larda esa 90-100 kun 
    davomida qor qoplamlarini bo‘lishi kuzatiladi.
    Tekisliklarda qorning o‘rtacha qoplami 1-8 sm ni (eng ko‘pi 
    30 sm), tog‘oldi hududlarda 10-20 sm ni (eng ko‘pi 60 sm gacha), 
    tog‘larda esa 60 sm ni (maksimal balandligi 1,5-2 m gacha) 
    tashkil qiladi.
    O‘zbekistonning tekislik hududlarida bug‘lanishning yillik 
    miqdori yog‘ingarchilik miqdoridan doimo bir necha baravar 
    yuqori. Masalan, Toshkentda bu farq 3,5 marta bo‘lsa, Nukusda 
    27 baravargacha yetadi.
    O‘zbekiston hududida shimoli-g‘arbiy, shimoliy va g‘arbiy 
    shamollar ko‘roq esishi kuzatiladi. Mamlakatning shimoliy 
    qismida shimoli-g‘arbiy, shimoliy va shimoli-sharqiy, janubida 
    janubi-g‘arbiy shamollar tez-tez kuzatiladi.
    O‘zbekistonning hududida o‘ziga xos mahalliy shamollar 
    ham kuzatiladi va ular tog‘-vodiy, Bekobod (yoki Xovost), 
    Qo‘qon, Afg‘oniston shamollari kabi turlarga ajratiladi.
    Tog‘-vodiy shamollari mamlakatning barcha vodiylarida 
    kuzatiladi. Bu shamollar kunduz kunlari tog‘larga qarab essa, tun 
    vaqtlarida vodiylarga qarab yo‘naladi.


    53 
    Farg‘ona vodiysidan “Xo‘jand darvozasi” orqali Mirzacho‘l 
    tomonga Bekobod shamoli essa, qarama-qarshi yo‘nalishda 
    Qo‘qon shamoli esadi.
    Bekobod shamoli asosan qish davrida Farg‘ona vodiysida 
    atmosfera bosimi baland va g‘arbda past bo‘lganda esadi va 
    uning tezligi sekundiga 30-40 m gacha yetadi. Bu shamol 
    iqtisodiyot uchun o‘ta zararli sanaladi.
    Qo‘qon shamoli esa ko‘proq bahor va kuzda, Farg‘ona 
    vodiysidagi havo bosimi g‘arbdagiga nisbatan pastroq bo‘lganida 
    esadi va uning tezligi o‘rtacha 15-25 m/s ni tashkil qiladi.
    Sherobod-Surxondaryo vodiysining janubida janubi-g‘arbdan 
    esadigan issiq va quruq, chang va qumli shamollar kuzatiladi.Bu 
    shamollar Afg‘oniston shamoli deb nomlandi va ularning tezligi 
    ko‘pchilik hollarda 15-20 m/s ni tashkil qiladi. Bu shamollar 
    odatda bir necha kun tinmay davom etadi va ko‘p hollarda 
    qishloq xo‘jalik ekinlariga, ayniqsa gullaydigan daraxtlarga 
    zararli ta’sir ko‘rsatadi.
    So‘nggi o‘n yilliklarda jahonda kuzatilayotgan iqlimning 
    o‘zgarishlari qatorida O‘zbekistonning iqlim sharoitlari ham 
    sezilarli darajada o‘zgarib bormoqda. Jumladan, mamlakat 
    hududida havo haroratini umumiy isishi bilan birga bahor-yozda 
    yog‘adigan yomg‘irlarning jadalligi kuchayib bormoqda.

    Download 13,74 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   197




    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Iqlim sharoiti va uning ekinlar parvarishidagi

    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish