62
Yer yuzidagi bu eng ajablanarli jarayonda biz kislorod bilan
nafas olamiz va havoga yuqori konsentratsiyali toksik karbonat
angidridni chiqarib undan xalos bo‘lamiz. Chiqarilgan gaz esa
o‘simliklar tomonidan o‘zlashtiriladi. Uning o‘rniga
havoga
kislorod chiqariladi. Bu jarayonning bari asosan o‘simliklar va
ularning barglari sababli sodir bo‘ladi (rasm).
Fotosintez jarayoni o‘simliklar bargida yashil pigment –
xlorofill mavjudligi tufayli sodir bo‘ladi.
Biroq, o‘simliklar mavjudligini nafaqat fotosintez jarayoni
belgilaydi. Har qanday tirik ob’ekt singari o‘simlik ham nafas
oladi. O‘simliklarning nafasi fotosintezga
qarama-qarshi jarayon
bo‘lib, uni metabolizm deb ataladi. O‘simliklar nafas olishining
ma’nosi fotosintez jarayonida energiya chiqarish va uni
o‘simlikning ehtiyojiga yo‘naltirishdir.
Oddiy
qilib aytganda, hosil – bu fotosintez va metabolizm
o‘rtasidagi farq. Fotosintez qancha ko‘p bo‘lsa va nafas olish
qancha past bo‘lsa, hosil ko‘p bo‘ladi va aksincha!
O‘simliklar tunda nafas oladi, kislorodni
yutadi va karbonat
angidridni chiqaradi. Ammo fotosintez natijasida ajralib chiqqan
kislorod va metabolizm jarayonida so‘rilgan kislorod miqdori
orasidagi farq juda katta.
Fotosintez jarayonida ajralib chiqqan
kislorodning miqdori
metabolizm natijasida yutilgan kislorodning miqdoridan bir necha
o‘n baravar ko‘p. Shuning uchun atmosferada kislorod ustunlik
qiladi, bizning nafas olishimizga imkon beradi.
Shuning uchun
o‘rmonlardagi o‘simliklar, o‘tloqlar va suv o‘tlarini sayyoramiz-
ning o‘pkasi deb ataladi (1.12-rasm).