• Zamonaviy meteorologik stansiya
  •  Iqlim omillarini aniqlash usullari




    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet28/197
    Sana21.05.2024
    Hajmi13,74 Mb.
    #247359
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   197
    Bog'liq
    2rvAPcPsrRZZdBe1KYZc6NQtkhIVSPBObuzOsPV5

    1.3.3. Iqlim omillarini aniqlash usullari.
    Meteorologik stansiyalar 
    Iqlim ko‘rsatkichlarini o‘lchashning ko‘plab usullari mavjud 
    bo‘lib, ular asosiylari meteorologik stansiyalarda jamlangan 
    maxsus asbob-uskunalar yordamida amalga oshiriladigan 
    instrumental usullardir.
    Zamonaviy meteorologik stansiyalar havo harorati, havo 
    namligi, shamol tezligi va yo‘nalishi, umumiy nurlanish, 
    fotosintezli faol nurlanish, ultrabinafsha nurlanish, yomg‘ir 
    miqdori kabi ko‘plab ko‘rsatkichlarni o‘lchaydilar.
    Yig‘ilgan barcha ma’lumotlar qayta ishlanadi va qishloq 
    xo‘jaligida amaliy foydalanish uchun qulay bo‘lgan umumlash-
    tirilgan ko‘rsatkichlar ma’lumotlari shaklida taqdim etiladi.
    Masalan, havoning maksimal va minimal harorati, 2 metr 
    balandlikdagi harorat, sovuq soatlarning davomiyligi, o‘simlik-
    larning rivojlanish bosqichini aniqlash uchun to‘plangan harorat 
    va boshqalar. Zamonaviy meteorologik stansiyalar ekinlarni 
    sug‘orish rejimlarini ishlab chiqish asos bo‘ladigan umumiy 


    64 
    bug‘lanishni hisoblash modellari bilan jihozlangan.
    Zamonaviy meteorologik stansiya 
    – bu iqlim ko‘rsatkich-
    larini o‘lchash uchun datchiklar to‘plami va o‘lchash natijalarini 
    ulkan xotirasini jamlagan dataloggerdir. Ularda ma’lumotlar uzoq 
    vaqt (oylar va yillar) davomida saqlanishi mumkin.
    Internet texnologiyalarining rivojlanishi bilan barcha 
    meteorologik ma’lumotlar hozirgi kunda “bulutlarda” saqlanadi. 
    Shuning uchun ma’lumotlar miqdoriga cheklovlar mavjud emas.
    Bundan tashqari, barcha to‘plangan ma’lumotlar tashqaridan 
    kiruvchilardan himoyalanadi. Foydalanuvchilar zarur ma’lumotni 
    olish uchun ma’lumotlar bazasiga faqat maxsus kodlar tizimi 
    orqali kirishlari mumkin.
    Hozirgi kunda dunyoda meteorologik uskunalar ishlab 
    chiqaruvchilarning yetishmovchiligi kuzatilmaydi.
    Shu bilan birga, ko‘rsatkichlarni o‘lchash uchun qo‘llana-
    digan sensorlar yuqori aniqlikka ega. Zarur bo‘lganda ular 
    sinovdan o‘tkazib turiladi.
    Meteorologik uskunalarni ishlab chiqaruvchi dunyodagi 
    yetakchi kompaniyalar sifatida Caipos and Pessel (Avstriya), 
    Campbell, Decagon, Devis (AQSh) kabi kompaniyalarni misol 
    qilish mumkin (1.13-rasm). 
    Amaliyotda kichik agrometeostansiyalardan keng foydalani-
    ladi va ular ekin dalalari yaqiniga o‘rnatiladi (1.14-rasm).
    Bu meteostansiyalarda havo harorati, nisbiy namligi, quyosh 
    radiatsiyasi, shamol yo‘nalishi va tezligining o‘zgarishlari 
    sutkasiga bir necha bor qayd etib boriladi.
    Barcha zamonaviy meteorologik stansiyalar axborotni grafik 
    tarzda ekranga chiqarish dasturlari bilan ta’minlangan bo‘ladi.


    65 
    a) zamonaviy meteostansiyalar ko‘rinishlari
    b) axborot yig‘uvchilar ko‘rinishlari
    1.13-rasm. Zamonaviy meteostansiyalar va axborot saqlash 
    qurilmalari. 
    1 – agrometeostansiya,
    2 – quyosh batareyasi,
    3 – “A” tipidagi bug‘lantirgich
    zamonaviy kichik
    agrometeostansiya
    1.14-rasm. Ekin dalasi yaqiniga o‘rnatilgan agrometeostansiyalar.


    66 
    Misol uchun, Avstriyada joylashgan Pessel meteostansiya-
    sida yig‘ilgan ob-havo ma’lumotlarining grafik ko‘rinishida 
    taqdim qilinishi 1.15-rasmda aks ettirilgan: 
    1.15-rasm. Metereologik ma’lumotlarning grafik ko‘rinishda 
    taqdim etilishi (Avstriya, Pessel meteostansiyasi).

    Download 13,74 Mb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   197




    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish