81
Em5b ma’lumotlar
yig‘uvchisi
ProCheck asbobi
Sensorli datchik
1.24-rasm. ProCheck asbobi, ma’lumotlar yig‘uvchisi va sensorli
datchigining ko‘rinishi.
Tuproq namligini elektr o‘tkazuvchanlikka asoslanib aniq-
lash uchun Decagon (AQSh) kompaniyasining
tuproq namligi
o‘zgarishlarini qayd qiluvchi ProCheck asbobi va uning 10 HS
sensorli datchiklaridan foydalanish mumkin.
ProCheck asbobi va uning 10 HS sensorli datchiklaridan
foydalanib tuproq namligini o‘lchash uchun avval burg‘u
yordamida shurf qaziladi.
Shurfning devorlariga, tuproqning har
xil qatlamlariga sensorli datchiklar o‘rnatiladi.
Bunda datchiklarni yer yuzasidan 10-15 sm, 25-30 sm, 50-60
sm, 70 sm – 1 m chuqurliklarda joylashtiriladi (1.25-rasm).
Tuproq namligi ma’lumotlarini yig‘ib boruvchi Em5b asbobi
ham mavjud bo‘lib, u belgilangan vaqtda (uning
xotirasiga
kiritiladi) tuproqning namligini inson ishtirokisiz o‘lchash va o‘z
xotirasida 5 000 tagacha ma’lumotini yig‘ish imkoniyatiga ega.
83
Asbobga ma’lumotlar 10 HS va 5 EC turdagi sensorli
datchiklar tomonidan yetkazib beriladi.
Datchiklarni ulanishi
uchun asbobda 5 ta port ko‘zda tutilgan.
Yig‘ilgan ma’lumotlar maxsus kompyuter dasturi asosida
ko‘chirib olinadi va foydalanish uchun olib ketiladi (1.26-rasm).
ProCheck asbobiga bog‘langan sensorli nam o‘lchagichlar
yordamida tuproqning namligini o‘zgarishini
kuzatib borish
sug‘orish
vaqtlarini
va
me’yorlarini
aniq
belgilash
imkoniyatlarini yaratadi. Ayniqsa, tuproq namligi ma’lumotlarini
yig‘uvchi Em5b asbobidan foydalanish tuproqning namligini
inson ishtirokisiz o‘lchash imkoniyatlarini yaratadi.