• Ekin urug‘ini unib chiqishi uchun zarur bo‘ladigan suv miqdori
  •  Ekinlarni parvarishlashda suvning ahamiyati




    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet39/197
    Sana21.05.2024
    Hajmi13,74 Mb.
    #247359
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   197
    Bog'liq
    2rvAPcPsrRZZdBe1KYZc6NQtkhIVSPBObuzOsPV5

    1.5.1. Ekinlarni parvarishlashda suvning ahamiyati 
    Suv – o‘simliklar hayotidagi asosiy omillardan biri.
    O‘simlikning me’yorda o‘sishi va rivojlanishi, hamda undagi 


    88 
    barcha fiziologik jarayonlar uning suv bilan ta’minlangan 
    sharoitda kechadi.
    O‘simlik tarkibida uning o‘z og‘irligiga nisbatan 60-90% 
    miqdorda suv mavjud bo‘ladi.
    O‘simlik hayoti boshlanishi uchun uning urug‘i ma’lum 
    miqdorda suvga to‘yingan bo‘lishi lozim. Quyida jadvalda ekinlar 
    urug‘larining unib chiqishi uchun zarur bo‘ladigan suv miqdori 
    (ekinlar urug‘lari og‘irliklariga nisbatan foizlarda) keltirilgan 
    bo‘lib, bu ko‘rsatkichlar ekin turiga qarab bir-biridan keskin farq 
    qiladi (1.21-jadval). 
    Ekin urug‘i zarur miqdordagi suvni olganidan keyin maqbul 
    haroratdagina unib chiqa boshlaydi, ichidagi mag‘izi urug‘ 
    po‘stlog‘ini yorib chiqadi va yerning betiga qarab harakatlanadi 
    va yer ustiga o‘sib chiqadi.
    Ayni shu paytdan to hosil pishib yetilguncha o‘simlikka suv 
    (tuproq namligi) zarur.
    Shuni alohida ta’kidlash lozimki, tuproqdagi mineral modda-
    lar faqat eritma holatida bo‘lgandagina o‘simlik to‘qimalariga 
    yetib boradi.
    1.21-jadval.
     
    Ekin urug‘ini unib chiqishi uchun zarur bo‘ladigan
    suv miqdori
     
    Ekin turi
    Zarur suv, % 
    (urug‘ og‘irligiga 
    nisbatan)
    Ekin turi
    Zarur suv, % 
    (urug‘ og‘irligiga 
    nisbatan)
    Paxta
    60,0
    Kanop
    43,9
    Makkajo‘xori
    44,0
    Qand lavlagi
    120,3
    Bug‘doy
    45,5
    Tariq
    25,0
    Arpa
    48,2
    No‘xat
    106,8
    Suli
    59,8
    Beda
    56,3


    89 
    Tuproqda eritma bo‘lishi uchun esa, albatta, suv bo‘lishi 
    lozim. Suv tufayli o‘simliklardagi hayotiy muhim jarayonlar bir 
    maromda kechadi; to‘qimalar taranglashadi; ildiz tizimidan 
    o‘tkazuvchi trubalar orqali o‘simlikka ozuqa moddalari kelib 
    tushadi; tuproq va o‘simlik harorati ma’lum me’yorda bo‘ladi; 
    fermentlar va boshqalar normal faoliyat yuritadi.
    O‘simliklar suvni tuproqdan ildiz tizimi orqali oladi. Suv 
    bilan ildiz tukchalari orqali o‘simlikka saralangan ozuqa modda-
    lari ham kelib tushadi. So‘ngra ular murakkab biokimyoviy 
    jarayonlar natijasida, o‘simlik qanday organik moddalardan 
    iborat bo‘lsa, xuddi shunday organik moddalarga aylanadi. 
    Oziqlanish va suv iste’moli jarayoni, garchi ular turlicha kechsa-
    da va ularning asosida turli mexanizmlar yotsa-da, o‘zaro bog‘liq 
    bo‘ladi.
    Tuproq namining o‘simlikka kelib tushishi, ildizlarning 
    tuproqda yig‘ilgan namga (suvga) bevosita tegib turganidagina 
    ro‘y beradi.
    Hosilning bir me’yorda o‘sishi, rivojlanishi va shakllanishi 
    uchun o‘simliklar suvning ma’lum miqdorini sarflaydi.
    Ekinning suv iste’moli quyidagi maqsadlar uchun 
    sarflanayotgan suvning o‘rnini to‘ldirish uchun zarur bo‘ladi:

    suvning o‘simliklar orqali bug‘lanishi(transpiratsiya);

    suvning tuproq yuzasidan bug‘lanishi (evaporatsiya).
    Ekin suv iste’molining miqdori quyidagi omillarga bog‘liq 
    tarzda shakllanadi:

    iqlim sharoitlari; 

    geomorfologik; 

    gidrogeologik; 

    tuproq-meliorativ sharoitlari; 

    yetishtirilayotgan ekinning turi, yoshi va hosili. 
    O‘simlikning suvga bo‘lgan talabi iqlim va ob-havo 


    90 
    sharoitlariga, ekin va navning biologik 
    xususiyatlariga, 
    o‘simlikning yoshi, o‘suv davrining davomiyligi, olinadigan hosil 
    miqdori, tuproq unumdorligi va agrotexnik tadbirlarga bog‘liq.
    O‘simlikning suvga bo‘lgan talabiga o‘simlik ildiz 
    sistemasining rivojlanganligi ham ta’sir etadi.
    Masalan, g‘o‘zaning suvga bo‘lgan talabi bo‘yicha o‘sish 
    davrini uchta bosqichga bo‘lib ko‘rsatiladi: 1 – ekishdan gullash-
    gacha, 2 – gullashdan hosilga kirgungacha, 3 – hosilning pishishi 
    davri.
    Birinchi va ikkinchi bosqichlarda g‘o‘zaning suvga bo‘lgan 
    talabi ortib boradi va hosil yig‘ish boshlangan davrda eng yuqori 
    nuqtaga ko‘tariladi. Hosilning pishish davrida (3-bosqichda) esa 
    suvga bo‘lgan talab kamayadi.
    Shunday qilib, g‘o‘za dalasining suv sarfi o‘simlikning 
    o‘sishi va rivojlanishi, havo va tuproq harorati bilan muvofiq 
    tarzda o‘zgaradi.
    O‘suv davrining boshida barglar yuzasi kichik, havo harorati 
    past bo‘lganligi bois g‘o‘za kam suv iste’mol qiladi. Bu davrda, 
    ya’ni birinchi chin barglar paydo bo‘lgan davrda bir gektar 
    maydondagi g‘o‘za bir kunda 11-12 m
    3
    suv sarflaydi.
    G‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishi bilan birga barglar soni va 
    ularning o‘lchamlari ham ortadi, havo harorati esa ko‘tariladi, 
    barglardan bug‘lanish ortadi va shonalash davrining boshida 
    g‘o‘za dalasining suv sarfi 20-25 m
    3
    gacha yetadi.
    Gullash va hosilga kirish davrida g‘o‘za eng ko‘p suv talab 
    qiladi. Bu davrda o‘rtacha kunlik suv sarfi gektariga 91-114 m
    3
    gacha yetadi. Paxtaning pishish davrida g‘o‘za dalasining suv 
    sarfi gektariga 36 m
    3
    gacha kamayadi.
    Bu qonuniyat turli iqlim hududlaridagi barcha tipdagi 
    tuproqlar va paxtaning barcha navlari uchun xarakterlidir.
    Biroq turli sharoitlarda absolyut suv sarfi bir xil emas va u 


    91 
    tuproq unumdorligi va olinadigan hosil miqdoriga ko‘ra turlicha 
    bo‘lishi mumkin.
    O‘simlikning suvga talabi asosan iqlim sharoitlariga – havo 
    harorati va namligi, quyosh radiatsiyasi va shamol tezligiga – 
    ko‘ra aniqlanadi.
    O‘simlik bir yerning o‘zida bir birlik hosil to‘plash uchun 
    turli miqdorda suv sarflashi mumkin.
    Bunda o‘simlikning namga munosabati uning issiqlikka 
    bo‘lgan munosabatidan farq qiladi.
    O‘simlikning issiqlikka talabi, geografik joylashuvda, 
    nisbatan barqaror bo‘lgan bir vaqtda, uning suvga talabi muhit 
    ta’sirida birdan o‘zgaradi va ushbu joyning iqlim sharoitlariga 
    mos bo‘ladi.
    O‘simlik uchun zarur bo‘lgan tuproqning suv rejimi tegishli 
    sug‘orish rejimi bilan yaratiladi.
    Sug‘orish rejimi – bu ekinlarning sug‘orish me’yorlari, 
    muddatlari va sug‘orishlar soni demakdir.
    Sug‘orish rejimi ham tuproqning suv rejimiga o‘xshash 
    tarzda yetishtirilayotgan ekinlarning o‘ziga xos xususiyatlari
    joyning tabiiy va xo‘jalik sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi.
    Turli rivojlanish davrlarida o‘simliklarning suvga bo‘lgan 
    talablari har xil bo‘ladi. O‘simlik o‘sib borishi bilan suvga 
    bo‘lgan talabi oshib boradi, o‘simlik vegetativ a’zolarining to‘la 
    rivojlanish davrida suvga bo‘lgan talab maksimal darajaga yetadi. 
    Pishish davriga kelib, suvga bo‘lgan talab kamayadi.
    Bu esa sug‘orish muddatlari va me’yorlarini belgilashda katta 
    ahamiyatga ega, shuning uchun qishloq xo‘jaligi ekinlari 
    o‘sishining eng muhim davrlariga to‘xtalamiz.
    O‘simliklarning suv iste’mol qilishi quyidagicha kechadi:
    Sug‘orilganidan keyin o‘simlik tuproq nay kapillyarlari 


    92 
    bo‘yicha harakatlanayotgan o‘zlashtiriladigan namdan foydala-
    nadi.
    Suvning o‘simlik bargidan va tuproq yuzidan bug‘lanib 
    borgani sari o‘zlashtiriladigan tuproq namligi kamayib boradi.
    Tuproq qurishi bilan o‘simlik ildizidan barglarga suv va 
    ozuqa moddalarni kelishi kamayaadi. O‘simlik o‘z hujayralari-
    dagi namlikni saqlash uchun barglarining ostki tomonidagi 
    tuynukchalarini berkita boshlaydi. Shunday bo‘lsa-da, barglar 
    qorayib so‘liy boshlaydi.
    O‘simliklar orasida suvsizlikka chidamli va chidamsizlari 
    mavjud bo‘lib, ular tuproq namligining turli darajalarida so‘liy 
    boshlaydilar.
    Masalan, makkajo‘xori va g‘o‘za bedaga nisbatan namlik 
    tanqisligiga ko‘proq ta’sirchan o‘simliklar hisoblanadilar.
    O‘simlik so‘lish nuqtasining miqdori o‘simlik turi bilan bir 
    qatorda tuproqning mexanik tarkibi va o‘simlikning rivojlanish 
    davriga ham bog‘liq bo‘ladi.

    Download 13,74 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   197




    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Ekinlarni parvarishlashda suvning ahamiyati

    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish