Sirdaryo va Amudaryo havzalari umumiy suv resurslarini




Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/197
Sana21.05.2024
Hajmi13,74 Mb.
#247359
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   197
Bog'liq
2rvAPcPsrRZZdBe1KYZc6NQtkhIVSPBObuzOsPV5

Sirdaryo va Amudaryo havzalari umumiy suv resurslarini
davlatlararo taqsimlanishi holati
Davlatlar
Jami, km
3
/yil
shu jumladan, km
3
/yil
Sirdaryo
Amudaryo
O‘zbekiston
56,19
17,28
38,91
Qirg‘iziston
4,41
4,03
0,38
Qozog‘iston
12,29
12,29

Tojikiston
12,34
2,46
9,88
Turkmaniston
21,73

21,73
Afg‘oniston
7,44

7,44
Jami
114,4
36,06
78,34
Manba:
Davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtirish 
komissiyasi ilmiy axborot markazi ma’lumotlari.


98 
O‘zbekistonning qug‘oqchil sharoitida tabiiy suv resurslari 
bilan bir qatorda, mamlakatning ko‘pchilik hududlarida foydala-
nishdan (asosan qishloq xo‘jaligi sug‘oriladigan maydonaridan) 
qaytadigan suv resurslari ham mavjud. Ularning umumiy zaxirasi 
(miqdori) yiliga o‘rtacha 28,0-33,0 km³ ni, shu jumladan Sirdaryo 
daryosi havzasida 20,1 km³/yil, Amudaryo daryosi havzasida 
11,5 km³/yil ni tashkil qiladi.
Mamlakatning ayrim hududlarida qaytar suvlarga, ayniqsa, 
sug‘oriladigan ekin maydonlaridan qaytadigan suvlarga (kollek-
tor-drenaj suvlari) mavjud suv resurslarining muhim qismi sifati-
da qaraladi. Masalan, Markaziy Farg‘ona va Surxondaryoning 
janubiy qismida qaytar suvlarning minerallashish darajasi uncha 
yuqori bo‘lmaganligi bois (o‘rtacha 1,5-2,5 g/l), ulardan ekinlarni 
sug‘orishda keng foydalanishadi. Sirdaryoning o‘rta oqimi va 
Amudaryoning o‘rta va quyi oqimlarida qaytar suvlarning 
minerallashganlik darajasi nisbatan yuqori bo‘lganligi bois (5-6 
g/l va undan yuqori), ular sug‘oriladigan konturlar tashqarisiga 
chiqarib tashlanadi.
Xullas, O‘zbekiston sharoitida foydalaniladigan suv resurs-
larining 78-80% i qo‘shni davlatlardan oqib keladi, faqatgina 20-
22% igina mamlakatning o‘z hududida shakllanadi (1.31-rasm).
O‘zbekiston sharoitida foydalaniladigan suv resurslarining 
katta qismi qishloq xo‘jalik ekin maydonlarini sug‘orish uchun 
ishlatiladi, ya’ni O‘zbekiston ishlatadigan suv resurslarining 
qariyb 90% i qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun sarflanadi (1.32-
rasm).
Daryolar suv oqimlari yil davomidagi va ko‘p yillik jiddiy 
notekislikka ega hamda suv kam bo‘lgan yillari (suv oqimi 
ta’minlanganligi 90% bo‘lganida) sersuv yillardagiga qaraganda 
jiddiy (qariyib 10-15 km³ ga) kamayib ketadi.


99 
1.31-rasm. O‘zbekiston Respublikasida foydalaniladigan suv 
resurslarining shakllanish manbalari. 
Manba:
O‘zbekiston Respublikasi Suv jo‘jaligi vazirligining 
2019 yildagi yillik hisoboti.
1.32-rasm. O‘zbekiston Respublikasida foydalaniladigan suv 
resurslarining shakllanish manbalari. 
Manba:
O‘zbekiston Respublikasi Suv jo‘jaligi vazirligining 
2019 yildagi yillik hisoboti.


100 
Daryolar 
suv 
oqimlarining 
o‘zgarishlari 
va 
suv 
taqchilligining uzoq davom etishi, suv oqimlarining suvni 
iste’mol qilish rejimlari
bilan mos tushmasligi kabi holatlar suv resurslaridan 
iqtisodiyot tarmoqlarida foydalanishni o‘ziga xos tarzda 
qiyinlashtiradi va suv oqimlarini suv omborlari tizimlari 
vositasida boshqarilishini taqozo qiladi.
Ayni paytda daryo suv oqimlarini rostlash uchun mintaqada 
60 dan ortiq suv omborlari tashkil etilgan (1.26-jadval).
 
1.26-jadval

Download 13,74 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   197




Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sirdaryo va Amudaryo havzalari umumiy suv resurslarini

Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish