101
Amudaryo va Sirdaryo daryolari suv oqimlarini boshqarish
va rostlash uchun xizmat qiluvchi asosiy suv omborlari
O‘zbekiston hududidan tashqarida, yuqori oqim davlatlari
hududida joylashgan. Bu suv omborlarining barchasi suv oqimini
irrigatsiya-energetika tartibida rostlash uchun loyihalashtirilgan
bo‘lsa-da, yirik sanalgan To‘qtog‘ul (suv sig‘imi – 19,5 km
3
),
Nurek (10,5 km
3
) va Bahri tojik (avvalgi Qayroqum) (4,2 km
3
)
suv omborlaridan energetika maqsadlarida foydalanilmoqda va
daryo suv oqimlari faqat mavsumiy boshqarilmoqda.
Oqibatda, yirik suv omborlarining ishlash tartiblarini
O‘zbekiston hududidagi suv iste’molchilarini suvdan foydalanish
rejimlari bilan mos kelmasligi va mintaqa suv resurslarining
shunday ham yetishmasligi har yili Sirdaryo havzasining
O‘zbekiston hududida vegetatsiya davrida 2,5 km³ miqdorda suv
taqchilligini yuzaga keltiradi.
Xuddi shunday holat Amudaryo daryosi havzasida ham qa-
riyib har yili kuzatiladi. Jumladan, daryo oqimining o‘rta qismida
(Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari) yillik suv taqchilligi 2 km
3
gacha yetsa, daryoning quyi oqimida (Xorazm viloyati va
Qoraqalpog‘iston Respublikasida) 1,5-3,0 km³ gacha yetadi.
Umuman olganda, O‘zbekiston Respublikasi hududida umu-
miy suv taqchilligi Sirdaryo havzasi bo‘yicha yiliga 2,5 km³ deb
baholansa, Amudaryo havzasi bo‘yicha esa yilning suvliligiga
qarab 1,5-3,0 km³ oralig‘ida bo‘ladi.
Bunday sharoitda, eng ko‘p suv ishlatiladigan qishloq xo‘ja-
ligi ekin maydonlarida sug‘orishning suv tejovchi texnologiya-
larini keng joriy qilish mavjud suv resurslaridan samarali
foydalanishning birdan bir to‘g‘ri yo‘li sanaladi.