• 1.5.3.2. Bir martalik sug‘orish me’yori
  • Ma’lum miqdordagi hosilni shakllantirish uchun zarur




    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet46/197
    Sana21.05.2024
    Hajmi13,74 Mb.
    #247359
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   197
    Bog'liq
    2rvAPcPsrRZZdBe1KYZc6NQtkhIVSPBObuzOsPV5

    Ma’lum miqdordagi hosilni shakllantirish uchun zarur 
    bo‘ladigan bir martalik sug‘orish me’yori (g‘o‘za uchun) 
    Hosildorlik, s/ga
    Suvning miqdori, m
    3
    /s
    20
    190-280
    30
    140-240
    40
    130-200
    50
    120-175


    106 
    Hisobiy qatlam uchun suv balansi tenglamasi:
    M = E 



    P ± W
    SS
    ± (W
    b

    W
    ya


    W
    qat osh
    bu yerda,
    M – sug‘orish me’yori, (m
    3
    /ga);
    W
    SS
    – sizot suvlari hisobiga mavsumning boshlanishida 
    shakllangan namlikning miqdori, m
    3
    /ga;
    W
    b
    – tuproqdagi namlikning mavsumni boshlanishidagi 
    miqdori,
    W
    ya
    – tuproqdagi namlikning mavsumni oxiridagi miqdori,
    W
    qat osh
    – vegetatsiya davrida tuproq faol qatlamini oshishi 
    hisobiga yuzaga kelgan namlik miqdori.
    Sug‘orish davrida dalaga yetkazib berilayotgan suvning 
    ma’lum miqdori turli sabablarga ko‘ra yo‘qotiladi. Sug‘orishni 
    rejalashtirishda ushbu holatni ham hisobga olish lozim bo‘ladi.
    Sug‘orishga berilayotgan suvning yo‘qotishlar qo‘shib 
    hisoblangan miqdori brutto sug‘orish me’yori deb ataladi va uni 
    quyidagi tenglik asosida aniqlanadi:
    M
    brutto
    = K
    sfk

    M
    netto
    bu yerda,M
    brutto
    – brutto sug‘orish me’yori, (m
    3
    /ga);
    M
    netto
    – netto (sof) sug‘orish me’yori, (m
    3
    /ga);
    K
    sfk
    – sug‘orishda suvdan foydalanish koeffitsenti, m
    3
    /ga;
    1.5.3.2. Bir martalik sug‘orish me’yori 
    Qishloq xo‘jaligi ekinlarini bir marta sug‘orish uchun kerak 
    bo‘ladigan suvning miqdori ushbu ekinning turi, rivojlanish 
    fazasi, ildiz tizimining qanday rivojlanganligi va daladagi 
    tuproqning turi kabi ko‘rsatkichlarga bog‘liq bo‘ladi.


    107 
    Odatda ekinni bir marta sug‘orish uchun beriladigan suvning 
    miqdori dala tuprog‘ining suvni o‘zida ushlab tura olish 
    darajasidan ortib ketmasligi talab qilinadi.
    Agar sug‘orishga berilayotgan suvning miqdori tuproqning 
    suvni ushlab turish qobiliyatidan ko‘p bo‘lsa, suv tuproqning 
    pastki qatlamlariga o‘tib ketadi. Oqibatda yer osti sizot suvlari 
    sathining ko‘tarilishi, dala tuprog‘ining botqoqlanishi va 
    sho‘rlanishi kabi salbiy hodisalar yuzaga keladi.
    Ekinni bir marta sug‘orish uchun beriladigan suvning 
    miqdori to‘g‘ri tanlansa, tuproqda ekinni rivojlanishi uchun zarur 
    bo‘lgan namlik rejimi yaratiladi va ekin stress holatga tushmay 
    yaxshi rivojlanadi va yaxshi hosil to‘playdi.
    Ekinning bir martalik sug‘orish me’yorini:

    tuproqning turi;

    sizot suvlari sathining joylashuvi;

    ekinning rivojlanish fazasi;

    ekinga to‘g‘ri keladigan sug‘orish usuli;

    ekin turining biologik xususiyatlariga 
    bog‘liq ravishda 
    belgilanadi
    .
    Bunda ekinning ildizi rivojlanadigan tuproq qatlamidagi 
    namlikning miqdori namlikning eng kam miqdoridan pastga 
    tushib ketmasligi talab qilinadi. Namlikning ruxsat etilgan 
    miqdorlardan 
    pastga tushib ketishi ekinning o‘sishini 
    sekinlashtiradi va hosilning yo‘qotilishiga olib keladi.
    Tuproq tarkibidagi namlikning ekin rivojlanishi uchun 
    maqbul bo‘ladigan eng kam ko‘rsatkichlari dala chegaraviy 
    namlik sig‘imining 70-80% iga teng deb tan olingan. Namlikning 
    eng yuqori miqdori (β
    maks
    ) esa dala chegaraviy nam sig‘imiga 
    teng bo‘lishi mumkin deb belgilangan.
    Bayon qilinganlar asosida, bir martalik sug‘orish me’yo-
    rining miqdorini tuproqdagi maksimal va minimal namlik 


    108 
    zaxiralari orasidagi farqqa teng bo‘ladi deb hisoblash mumkin.
    m = 100 

    γ 

    h


    maks 

    β
    min
    )
    bu yerda, γ – tuproqning hajmiy og‘irligi (t/m
    3
    );
    h – tuproqning ekin ildizi rivojlanadigan faol qatlami 
    qalinligi, (m);
    β
    min
    – namlikning haqiqiy miqdori;
    β
    maks
    – dala chegaraviy nam sig‘imi;
    Tuproq faol qatlamining qalinligi ekin turiga bog‘liq bo‘lib, 
    uning qiymati:

    poliz 
    ekinlari uchun 0,5-0,7 m; 

    boshoqli don ekinlari va g‘o‘za uchun 0,7-1,0 m; 

    mevali bog‘
    lar uchun esa 1,0-1,2 m ga teng deb 
    hisoblanadi. 
    Ekinni bir martalik sug‘orish me’yori qo‘llanilayotgan 
    sug‘orish usuliga ham bog‘liq bo‘lib, bir xil tuproq sharoitida 
    muayyan ekinni egatlab sug‘orilganda kattaroq, xuddi shu ekinni 
    tomchilatib sug‘orilganda kamroq bo‘ladi.
    1.28-jadval
     

    Download 13,74 Mb.
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   197




    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’lum miqdordagi hosilni shakllantirish uchun zarur

    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish