|
G‘o‘zani hosili yetilgan davrida sug‘orish Pdf ko'rish
|
bet | 49/197 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 13,74 Mb. | | #247359 |
Bog'liq 2rvAPcPsrRZZdBe1KYZc6NQtkhIVSPBObuzOsPV5G‘o‘zani hosili yetilgan davrida sug‘orish
G‘o‘zaning hosil yetilishi davriga kirishi bilan o‘sish
jarayonlari sekinlashadi. Bu vaqtga kelib, barg va poyalardagi
ozuqa moddalari ko‘saklarga o‘tadi. O‘simlikning barglari orqali
bug‘lanishi va tuproq yuzasidan bug‘lanishlarga sutkasiga 30-40
112
m
3
suv sarf bo‘ladi.
Bu davrdagi kech sug‘orishlar va katta me’yordagi
sug‘orishlar tuproqni sovitadi, qatorlardagi havo namligi orttiradi,
o‘simlikning keraksiz ikkinchi o‘sishiga olib keladi, oqibatda
o‘simlikning yotib qolish hollari kuzatiladi. Bularning barchasi
paxta hosilining yetilishini sekinlashtiradi.
Bu bosqichda sug‘orishlarni ikkilamchi vegetatsiya o‘sishiga
yo‘l qo‘ymaydigan qilib o‘tkazish va o‘sayotgan ko‘saklarning
me’yorda oziqlanishini ta’minlash kerak.
Yer osti sizot suvlari sathi chuqur joylashgan tuproqlarda
so‘nggi sug‘orish gektariga 800-900 m
3
me’yor bilan 5-10
sentabrga qadar yakunlanishi kerak.
1.5.3.4. Ekin rivojining kritik davrlarida suvga bo‘lgan
ehtiyoj
O‘simlik rivojlanishning turli davrlarida suvga turlicha
ehtiyoj sezadi. O‘simliklarning o‘sa boshlashi bilan suvga
bo‘lgan talabi ham ortib boradi.
O‘simlik organizmida bir birlik og‘irlikdagi organik
moddalarning hosil bo‘lishi uchun o‘rtacha 400 birlikdagi suv
kerak bo‘ladi.
Vegetativ organlarining to‘la rivojlanish davrida suvga
ehtiyoj eng katta bo‘ladi. Hosil yetila boshlagan davrda suvga
ehtiyoj ham kamayadi.
Ekinlarni sug‘orishni ularning muayyan biologik davrlariga
mos keladigan (uncha katta bo‘lmagan) me’yorlarda olib borish
tavsiya qilinadi.
Ekinlarning suvni tuproqni namligi yetishmayotgan kritik
paytlarda olishi juda muhim sanaladi.
Ekinlarning suvni eng ko‘p talab qiladigan kritik davrlari
1.29-jadvalda aks ettirilgan.
|
| |