114
suvning miqdorini (sug‘orish me’yorini)
quyidagi tenglik
yordamida aniqlanadi:
M = E
–
P
yog
‘
in
± ∆W –
W
SS
bu yerda, M – mavsumiy sug‘orish me’yori, m
3
/ga;
E – umumiy bug‘lanishga sarflangan suvning miqdori,
m
3
/ga;
P
yog‘in
– mavsum davomida yoqqan yog‘inlarning
umumiy
miqdori, m
3
/ga;
ΔW – tuproq namligini mavsumning avvali va oxiridagi
ko‘rsatkichlari
orasidagi farq, m
3
/ga;
W
SS
– yer osti sizot suvlaridan olingan suvlar miqdori, m
3
/ga;
Ekinlarning o‘sish va rivojlanish davrlarida sug‘orishni
to‘g‘ri tashkil qilish yuqori hosil
olishning eng muhim omili
hisoblanadi.
Ekinlar o‘sish davrining kritik bosqichlarida nam
yetishmasligiga o‘ta sezuvchan bo‘ladilar.
Sug‘orishning rejimi va me’yori qo‘llanilayotgan sug‘orish
usuli bilan chambarchas bog‘liq.
Masalan, egatlab sug‘orishda
tuproqni egatning butun
uzunligi bo‘ylab bir tekis namlanishiga erishish uchun sug‘orish
me’yorini gektariga 600 m
3
dan kam bo‘lmagan miqdorlarda
tayinlanadi.
Ma’lumki, egatlab sug‘orilganda
egatlarning bosh qismida
suvni tuproqning faol qatlamidan chuquroqqa singishi kuzatiladi.
Chuqurga singiyotgan suvning miqdorini hisobga olish
uchun sug‘orish me’yori miqdorini tuzatma
koeffitsient kiritish
orqali aniqlashtiriladi, ya’ni sug‘orish me’yorlari k = 1,1-1,3
koeffitsientlarga ko‘paytirilib belgilanadi.