134
Tuproqni elektr tokini o‘tkazishini o‘lchash orqali tuproqning
sho‘rlanganlik darajasini baholash
fermer uchun eng oson
bo‘lgan va arzon usuldir.
Tuproqning elektr o‘tkazuvchanligini o‘lchash yordamida
qisqa muddat ichida tuproq na’munalarini an’anaviy usulda tahlil
qilishdagidan ko‘ra ko‘proq ma’lumotlar olish mumkin.
Tuproqning elektr o‘tkazuvchanligi
tuproqning namlik
sig‘imiga bog‘liq tarzda o‘zgaradi. Masalan, qum tuproqlarning
elektr o‘tkazuvchanligi past, soz tuproqlarning elektr o‘tkazuv-
chanligi o‘rtacha, loyli tuproqlarniki esa yuqori darajaga ega.
Demak, tuproqning elektr o‘tkazuvchanligi
uning mexanik
tarkibi, tuzilishi va undagi namlikning miqdoriga bog‘liq.
Tuproqning elektr o‘tkazuvchanligi bir metrga desisimens
(dS/m) o‘lchov birligida o‘lchanadi. Bu o‘lchamni
osonlik bilan
miqdoriy o‘lchamlarga mg/g yoki % larga aylantirish mumkin.
Jahon miqyosida sho‘rlanishni o‘lchashning xalqaro tizimi
qabul qilingan bo‘lib, mazkur tizim 1.39-jadvalda aks ettirilgan.
Tuproqning sho‘rlanishi va
suvning tuzlilik darajasini
turlicha ko‘rinishlarda ifodalash mumkin.
Tuproq sho‘rlanishida eng ko‘p qo‘llaniladigan ko‘rsatkich
bu to‘yingan tuproq bilan suv aralashmasining elektr o‘tkazuv-
chanligidir (ECe). Elektr o‘tkazuvchanlik bir metrga desisimens
elektr o‘tkazish qobiliyati (dS/m) ko‘rinishida ifodalanadi. Bu
ko‘rsatkich asosida Bernshteyn tuproq sho‘rlanishini quyidagicha
tasniflashni taklif qilgan:
•
ECe = 0-2 – sho‘rlanmagan tuproq;
•
ECe = 2-4 – kuchsiz sho‘rlangan tuproq. Tuzlar ta’siriga
chidamsiz bo‘lgan ekinlarning hosildorligi kamayadi.
•
ECe = 4-8 – o‘rtacha sho‘rlangan tuproq. Ko‘p
ekinlar-
ning hosildorligi kamayadi.
•
ECe = 8-16 – sho‘rlangan tuproq. Tuzga chidamli bo‘lgan
ekinlargina ko‘zlangan hosilni beradi.