|
Shvetsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi Pdf ko'rish
|
bet | 56/197 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 13,74 Mb. | | #247359 |
Bog'liq 2rvAPcPsrRZZdBe1KYZc6NQtkhIVSPBObuzOsPV5sun’iy omillar
deyiladi.
Tuproq faol qatlamini sun’iy namlantirish uchun suv berish
(sug‘orish) davrida suvning bir qismi tuproqning faol qatlamidan
pastga sizib o‘tib ketadi.
Pastga sizilgan suvlar yer osti sizot suvlarigacha yetib borib,
ularga qo‘shilib ketadi. Oqibatda yer osti sizot suvlari sathining
ko‘tarilishi kuzatiladi.
Suv yetkazib beruvchi tarmoqlardan pastga sizilayotgan
suvlar ham yer osti sizot suvlarigacha yetib borib ularga
qo‘shiladi va sizot suvlarining sathini ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi.
Ma’lumki, yer osti sizot suvlari tarkibi jihatidan sho‘r
bo‘ladi. Ular sathining ko‘tarilishi natijasida sho‘r ham yuqoriga
qarab harakatlanadi. Oqibatda tuproqning yuqori qatlamida tuzlar
miqdorini ortishi yuz beradi va tuproqning ikkilamchi
sho‘rlanishi kuzatiladi.
Bu sho‘rlanish sun’iy omillar ta’sirida sodir bo‘lgan
sho‘rlanish hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligi ekinlarining erkin rivojlanishiga to‘sqinlik
qiladigan miqdorda suvda oson eriydigan tuzi bo‘lgan barcha
yerlarga sho‘rlangan tuproqli yerlar deyiladi.
126
Yuza qatlamida juda ko‘p miqdorda suvda eriydigan tuzlari
bo‘lgan yerlarga sho‘rxok yerlar deyiladi.
Sho‘rxok yerlarning yuqori qatlamidagi tuzlarning miqdori
1-2% dan 10-20% gacha bo‘ladi. Bunday yerlarda ekinlar
rivojlana olmaydi faqat nobud bo‘ladi.
Sho‘rlangan tuproqlar tarkibidagi suvda eriydigan tuzlarning
tarkibi turlicha bo‘lishi mumkin.
Ular asosan, kalsiy, magniy, natriy va kaliy kationlari hamda
gidrokarbonat, bikarbonat, sulfat va xlorid anionlarini o‘zaro
birikishi natijasida shakllanadi.
Oqibatda suvda eriydigan o‘n ikki xil tuz hosil bo‘ladi.
Bu tuzlarning birortasi ham qishloq xo‘jaligi ekinlarining
normal rivojlanishi uchun bevosita zarur emas.
Ularning ayrimlari ekin uchun zararsiz bo‘lsa, boshqalari
ekinlar uchun o‘ta zararli sanaladi va ekin nihollarini butkul
nobud qiladi.
Ekinlar uchun zararli bo‘lgan tuzlarga zaharli tuzlar deyiladi.
Tuproqdagi kation va anionlarning birikishi natijasida hosil
bo‘lgan tuzlarning ro‘yxati tarkibi bo‘yicha 1.32-jadvalda o‘ziga
xos tartibda joylashtirilgan.
Tuzlarni ayrim olingan qishloq xo‘jaligi ekinlariga zararlilik
darajasi bo‘yicha quyidagi tartibda joylashtirish mumkin (1.33-
jadval).
Ayrim tuz birikmalari o‘simliklarga uncha zararli ta’sir
ko‘rsatmaydi. Hatto ularning yuqori konsentratsiyalari ham ayrim
zararli tuzlarga qaraganda tuproqqa kam ta’sir qiladi. Bunday
hodisa tuzlar antagonizmi deb ataladi. Eng kuchli antagonistlar–
natriy va kalsiy kationlaridir.
|
| |