144
1.6.7. Tuproq sho‘rlanishni oldini olish va bartaraf qilish
1.6.7.1. Sho‘rlanishni oldini olish tadbirlari
Ekin maydonlari tuproqlarining ikkilamchi sho‘rlanishini
oldini olish uchun sug‘orish va zax qochirish tarmoqlarining
ishini yaxshilashga alohida e’tibor beriladi.
Bunda tadbirlar asosini ekin maydonlaridagi
sizot suvlari
sathini pasaytirish tashkil qiladi.
Sug‘orish tarmoqlari ishini yaxshilash tadbirlari asosan
tarmoqlarda suv isrofgarchiligini kamaytirish, xususan sug‘orish
tarmoqlari texnik holati va ularda suv
taqsimotini yaxshilashga
yo‘naltiriladi (1.43-rasm).
Sug‘oriladigan ekin maydonlarida suvdan foydalanishni
samarali tashkil qilish va o‘tkazish tadbirlari ham ekin
maydonlaridan bo‘ladigan suv isrofgarchiligini
kamaytirishga
yo‘naltiriladi (1.44-rasm).
Sug‘oriladigan yerlarda olib borilgan meliorativ tadbirlarning
natijasi sizot suvlar sathini pasayishi va ekinlarning hosildorligini
oshishi bilan baholanadi.
filtratsiyaga qarshi qoplamalash
suv taqsimotini yaxshilash
1.43-rasm. Sug‘orish tarmoqlarida suv isrofgarchiligini kamay-
tirish tadbirlari.