143
Katta sug‘orish maydonlarda tuproq sho‘rlanganligini
baholash uchun to‘rt elektrodli datchiklardan foydalanish qulay,
sodda, tezroq hamda amaliydir.
Datchiklar yoki tuproq namunalaridan olingan ma’lumotlar
asosida maydonlarning sho‘rlanganlik xaritalarini tuzish va
boshqa amaliy maqsadlarda foydalanish uchun ular geografik
koordinatalarga bog‘langan bo‘lishi kerak.
EM38 elektromagnit induksion uskunasi
Geonics EM38 tuproqlarning sho‘rlanganligini qishloq
xo‘jaligi nuqtai nazaridan baholash uchun ishlab chiqarilgan
bo‘lib katta sug‘orish maydonlarning tuprog‘ini elektrodlarisiz
ko‘rikdan o‘tkazishga imkoniyatiga ega.
Geonics EM38 elektromagnit induksiya prinsipi asosida
ishlaydi va tuproqlarda 1,5 chuqurlik va 0,75m gorizontal
tomonlarga tadqiqot ishlarini olib borishi imkonini beradi. EM 38
yengil (2,5 kg), ixcham (1 m uzunlikda) va juda baquvvat qilib
ishlangan.