164
3.2. Sug‘orish tarmoqlarini mavsumga tayyorlash
orqali suv tejash
Ekinlarni sug‘orish jarayonida suvdan foydalanishni samarali
bo‘lishida dalaga suv yetkazib beruvchi sug‘orish
tarmoqlarini
ta’mirlab – tozalab mavsumga tayyorlash tadbirlari ham muhim
o‘rin tutadi.
Suv yetkazib beruvchi sug‘orish tarmoqlarini ta’mirlab-
tozalab mavsumga tayyorlash ekin maydonlari suv ta’minotini
ishonchli bo‘lishini ta’minlaydi.
Sug‘orish tarmoqlari nosoz (o‘t bosgan, loyqaga to‘lgan,
buzilgan) bo‘lsa, suvning behuda isrof bo‘lishiga olib keladi.
Sug‘orish tarmoqlarini mavsumga tayyorlashda quyidagi
vazifalar bajariladi:
•
suv keladigan ariqlar loyqa va begona o‘tlardan
tozalanadi;
•
ariqlarning o‘pirilgan yoki yuvilgan joylarini tuproq bilan
to‘ldirib tekislanadi;
•
sug‘orish
tarmoqlarining singan, yorilgan va ishdan
chiqqan joylari ta’mirlanib, qayta tiklanadi;
•
suv olish quloqlaridagi darvozalarning (zatvor) ko‘tarma
mexanizmlari
tozalanib moylanadi;
•
suv olish quloqlarida o‘rnatilgan suvni o‘lchash vositalari
ta’mirlanadi;
Sug‘orish tarmoqlarini loyqa va begona o‘tlardan tozalash
suvning ravon oqishini ta’minlab, ekin dalalarida suv ta’minotini
yaxshilaydi.
Betonlangan va nov ariqlarni ta’mirlab-tiklash sug‘orish
mavsumida suvni ekin dalasiga uzilishsiz yetkazilishini
ta’minlaydi va suvning behuda isrofini kamaytiradi.
Suv olish quloqlarini suvni boshqarish va o‘lchash
165
inshootlari bilan jihozlash dalalarga
berilayotgan suvni
boshqarishni osonlashtirib, uni tejalishiga imkoniyatlar yaratadi.