172
O‘zgaruvchan oqim bilan sug‘orishni birinchi navbatda
nishabligi 0,03 gacha bo‘lgan sug‘oriladigan maydonlar
sharoitida qo‘llash tavsiya qilinadi.
O‘zgaruvchan oqim bilan sug‘orishni asosan:
–
ekin maydoni yuzasining nishabli o‘rtacha, katta va tik;
–
tuproqlari o‘rtacha va kam suv o‘tkazuvchan;
–
sug‘orishga berilayotgan suvning bir qismi egatning
oxiridan ilojsiz tashlab yuboriladigan hududlarda qo‘llash tavsiya
qilinadi.
O‘zgaruvchan oqim bilan sug‘orishni turli texnik vositalar
bilan birga qo‘llash yaxshi samara beradi.
O‘zgaruvchan oqim bilan sug‘orishni sifonlar yordamida
o‘tkazish qulay bo‘lib, bunda suvning oqimini o‘zgartirish juda
oson kechadi.
Sug‘orish sifonlar yordamida o‘tkazilayotgan hollarda bir
egatga avval ikkitadan sifon o‘rnatiladi va maksimal darajada suv
beriladi.
Suv oqimini kamaytirish kerak bo‘lganda esa bittadan sifon
olib tashlanadi va suv sarfi qariyb ikkita martaga kamaytiriladi.
O‘zgaruvchan oqimda sug‘orish natijasida egatdan tashlab
yuborilayotgan suvning miqdori sezilarli kamayadi yoki u
butunlay to‘xtatilishi mumkin.
O‘zgaruvchan oqimda sug‘orilganda tuproqning unumdor
qatlami va mineral o‘g‘itlarni tuproqdan yuvilib, daladan
tashqariga chiqib ketishi ham kamayadi.