175
dalaning butun uzunligi bo‘ylab “shoxariq”, dala pog‘onalari
egatlariga suv berish uchun suv tarqatuvchi o‘qariqlar olib
chiqiladi. O‘qariqlar orasidagi masofa dalaning sharoitidan kelib
chiqib 50-70 m masofalarda tayinlanadi. Sug‘orish birinchi
pog‘ona egatlariga suv berish bilan boshlanadi. Xuddi shu vaqtda
2-pog‘onaning egatlari tayyorlab turiladi.
Birinchi pog‘onadagi egatlardan
oqavaga chiqqan suvlar
ikkinchi pog‘onadagi egatlarni sug‘orishga yuboriladi,
ikkinchi
pog‘onadan shakllangan oqava suvlar esa uchinchi pog‘ona
egatlarini sug‘orish uchun yuboriladi (3.7-rasm).
Har bir pog‘onadagi egatlarni sug‘orish uchun alohida toza
suv berilsada, uning miqdori avvalgi pog‘onadan
chiqqan oqava
suvning miqdoriga teng ravishda kamaytirib boriladi. Bu holat
suv dalaning oxiriga yetguncha qaytariladi.
Daladan shakllanadigan oqava esa faqat oxirgi pog‘onadan
chiqadigan oqavadan iborat bo‘ladi.
3.7-rasm. Ekin dalasini pog‘onama-pog‘ona sug‘orish sxemasi
176
Pog‘onama-pog‘ona sug‘orishda sug‘orilayotgan daladan
hosil bo‘ladigan oqava suvlardan qayta
foydalanish natijasida
dalaga beriladigan toza suvning umumiy miqdori 15-20% ga
kamayadi.
Sug‘orishda bir marta ishlatilgan suvning sifatini pastdagi
dala tuprog‘i holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi
mumkinligi,
pastdagi dalani sug‘orish muddatini yuqoridagi dalaning
sug‘orish muddatiga to‘liq bog‘liq bo‘lishi pog‘onama-pog‘ona
sug‘orishning asosiy kamchiliklari sanaladi.