Shvetsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi




Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/197
Sana21.05.2024
Hajmi13,74 Mb.
#247359
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   197
Bog'liq
2rvAPcPsrRZZdBe1KYZc6NQtkhIVSPBObuzOsPV5

foydalanish 
Ko‘chma egiluvchan quvurlar polietilendan yasalgan 
yumshoq quvur ko‘rinishidagi shlanglar tizimi bo‘lib, ulardan 
asosan egatlab sug‘oriladigan ekinlarni sug‘orishda foydalaniladi.
Egiluvchan quvurlar yordamida sug‘orishda ekin dalasining 
suv yetkazib beruvchi va suv tarqatuvchi ariqlari o‘rnida 
yumshoq quvur ko‘rinishidagi shlanglar tizimi ishlatiladi. Bunda 
dalaga yoki dalaning mo‘ljallangan qismiga suv yirikroq 
diametrli shlang yordamida yetkazib beriladi.


181 
Dalaning ichida egatlarga nisbatan ko‘ndalang joylashgan 
o‘qariqlar o‘rnida kichikroq diametrdagi polietilen shlanglardan 
foydalaniladi.
Shlanglarning egatlar to‘g‘risidagi nuqtalarida suv chiquvchi 
teshiklar ochiladi va ular yordamida sug‘orishga suvi egatlar 
bo‘ylab taqsimlanadi.
Ko‘chma egiluvchan quvurlarni egat olib ekiladigan bir 
yillik, xususan, g‘o‘za, kuzgi bug‘doy, piyoz, kungaboqar, 
lavlagi, makkajo‘xori kabi ekinlarni sug‘orishda qo‘llash yaxshi 
samara beradi.
Ko‘chma egiluvchan quvurlar yordamida sug‘orilganda 
suvning o‘qariq va shoxariqlardan tuproqqa shimilib isrof bo‘lishi 
bartaraf qilinadi, suv barcha egatlarga bir xilda taraladi, natijada 
dalaning barcha qismlari bir xilda namlanadi.
Ko‘chma egiluvchan quvurlar yordamida sug‘orishni 
qo‘llash uchun sug‘orish arig‘i yoki temir beton novdagi suv sathi 
ekin maydoni yer yuzasining sathiga nisbatan kamida 30 sm va 
undan baland bo‘lishi maqsadga muvofiq sanaladi.
Sug‘orish manbaidagi suv sathining sug‘oriladigan maydon 
sathidan baland bo‘lishi hisobiga egiluvchan quvurda suv ravon 
oqadi va ma’lum darajada bosim hosil bo‘ladi.
Bu esa, o‘z navbatida, sug‘orish quvurining bosh va etak 
qismidagi egatlarga bir xil miqdorda suv berish imkoniyatini 
yaratadi.
Egiluvchan quvurlar yordamida sug‘orish to‘plamining 
tarkibiga quyidagilar kiradi:

sug‘orish manbasidan suv olish moslamasi (sifon yoki 
qovurg‘ali quvur- suv chiqargich);

suvni yetkazib beruvchi egiluvchan quvur (

300 mm);

suvni egatlarga tarqatuvchi egiluvchan quvur (

200 mm);

suv yetkazuvchi va tarqatuvchi quvurlarni o‘zaro 


182 
bog‘lovchi – to‘rtlik (krestovina), uchlik (troynik) va 
muftalar (

200 mm);

suv yetkazib beruvchi quvurning boshlanish qismiga 
o‘rnatiladigan flyanesli vtulka;

suv bilan oqib keladigan xashak va boshqa shunga 
o‘xshash jismlarni tutib qoluvchi metall romga tortilgan 
to‘r (materiali poletilen yoki metall, kataklar o‘lchamlari 
5-8 mm);

egiluvchan quvur o‘rash uchun mo‘ljallangan o‘zak ‒ 
polietilen quvur (

90 mm, uzunligi 450 mm);

suv tarqatuvchi quvurni teshish uchun mo‘ljallangan 
teshgichlar to‘plami(

10, 15 va 20 mm).
Bundan tashqari, egiluvchan quvurlar yordamida sug‘orish 
to‘plamining tarkibiga klapanlar (sug‘orish teshikchalarini 
berkitish uchun) va g‘ildiraklar (sug‘orishdan keyin quvurlarni 
yig‘ishtirib olish uchun, 

550 mm, bir juft) kirishi mumkin (3.3-
jadval).
Egiluvchan quvurlar yordamida sug‘orish to‘plamining suv 
olish moslamasi (sifon) polimer materialdan tayyorlangan 

160-
200 mm, uzunligi 6 m bo‘lgan qovurg‘ali quvurdan iborat.
Temir beton novli dalalarda egiluvchan quvurga suvni sifon 
moslamasi yordamida olish mumkin.
Suvni sifon yordamida olish uchun novdagi suvning sathi 
sug‘oriladigan ekin maydoni sathidan 50 sm yoki undan baland 
bo‘lishi lozim.
Agar ekin dalasiga suv beruvchi nov tizimi dalaning yonida 
quvurli suv chiqargich moslamasi (gidrant) bilan jihozlangan 
bo‘lsa, egiluvchan quvur bevosita shu quvurga ulab qo‘yiladi.
Egiluvchan quvurga suv tik quduq yoki tik drenaj qudug‘idan 
olinadigan holatlarda suvning sarfi quduqning suv sarfidan 
baland bo‘lishi talab qilinadi, aks holda, suvni ichiga sig‘dira 
olmagan shlang yorilib ketishi mumkin.


183 
3.3-jadval

Download 13,74 Mb.
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   197




Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shvetsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi

Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish