Tuproq yuzasiga yoki ariq ichiga to‘shama to‘shash




Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/197
Sana21.05.2024
Hajmi13,74 Mb.
#247359
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   197
Bog'liq
2rvAPcPsrRZZdBe1KYZc6NQtkhIVSPBObuzOsPV5

3.4.3. Tuproq yuzasiga yoki ariq ichiga to‘shama to‘shash 
(mulcha) 
Sug‘orishga ishlatiladigan suv resurslarini tejash uchun 
sug‘orishning suv tejovchi texnologiyalarini qo‘llash bilan bir 


187 
qatorda dala tuprog‘i namligini bug‘lanishga behuda sarf 
bo‘lishini kamaytirish ham muhim tabirlardan sanaladi.
Ekin dalasi tuprog‘i namligini bug‘lanishga behuda sarf 
bo‘lishini kamaytirish tadbirlari orasida tuproq yuzasini 
to‘shamalar bilan berkitish muhim ahamiyatga ega.
Tuproq yuzasini berkituvchi to‘shamalar odatda ikki turga 
ajratiladi:

organik materialdan tayyorlangan to‘shamalar;

noorganik materialdan tayyorlangan to‘shamalar.
Organik materialdan tayyorlangan to‘shamalarning asosini 
o‘simlik yoki hayvonlar qoldiqlari tashkil qiladi. Ularning 
qatoriga o‘simliklar poyasi, po‘stloqlari, barglari, qirindi, somon, 
xashak, go‘ng va boshqalarni kiritish mumkin.
Organik to‘shamalarni sug‘orishning tepadan (yoki pastdan) 
suv berishga asoslangan turlari bilan birgalikda yoki lalmi yer-
larda qo‘llash tavsiya qilinadi. Egatlardan sug‘oriladigan su-
g‘orish usullari qo‘laniladigan sharoitlarda mazkur to‘shamalarni 
qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Chunki to‘shamalar ariqda 
oqayotgan suv bilan birga oqib, biror joyda yig‘ilib suv oqishiga 
nisbatan to‘siqlar yuzaga keltirishi mumkin. Oqibatda suv 
ko‘llanadi va sug‘orishning samarasi pasayib ketadi.
Noorganik materialdan tayyorlangan to‘shamalar asosan 
polietilen plyonka va tekstil materiallardan iborat bo‘lib, ularga 
qora plyonka, geotekstil va turli gazlamalar misol bo‘ladi.
Noorganik 
materiallardan 
tayyorlangan 
to‘shamalar 
qo‘llanil-ganda odatda sug‘orishga berilgan suv to‘shamaning 
tepasidan oqib, ekinning ildiziga maxsus teshiklar orqali yetkazib 
beriladi.

Download 13,74 Mb.
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   197




Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Tuproq yuzasiga yoki ariq ichiga to‘shama to‘shash

Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish