184
donning
uzunligiga, yer nishabligiga, bir vaqtda sug‘oriladigan
egatlar soniga va suv manbaidan olinishi lozim bo‘lgan suvning
miqdoriga bog‘liq. Egatlarning uzunligi 200 m gacha bo‘lgan
hollarda, diametri
200 mm, egatlarning uzunligi 200 m dan
ortiq bo‘lgan hollarda esa, diameri
315 mm bo‘lgan egiluvchan
quvurlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Suv
yetkazib beruvchi quvurlar, asosan, 100 m uzunlikda
ishlab chiqariladi.
Egiluvchan quvurlar yordamida sug‘orish to‘plamining suvni
egatlarga tarqatuvchi quvuri diametri
200 mm, uzunligi 100 m
ko‘rinishda polietilen materialdan tayyorlangan quvurlardan
iborat. Suv tarqatuvchi egiluvchan quvurlar
dalaga yoyilganidan
keyin ekinlarining suv beriladigan qatorlari oralig‘i to‘g‘risidan
diametri
10-20 mm kattalikda teshiladi.
Agar suv har bir egatdan taralsa, sug‘orish uchun teshiklar
unga mos ravishda yoki egat oralab suv taraladigan bo‘lsa,
shunga mos ravishda teshiladi.
Egiluvchan quvurlar yordamida sug‘orishning tartibi qishloq
xo‘jaligi ekini ekilgan maydonning o‘lchamlari (bo‘yi va eni),
yerning nishabligi, tuprog‘i va ekin turiga bog‘liq
tarzda tashkil
qilinadi.
Ko‘chma egiluvchan quvurlar yordamida sug‘orish tashkil
qilinganida, ekin maydoni sug‘orish uchastkalariga bo‘linib
navbatlab sug‘oriladi.
Sug‘orish ekin maydonining suv oqimi bo‘yicha oxirgi
bo‘lagidan boshlanib yuqori tomonga qarab davom ettiriladi.
Bunda suvning tashlamaga chiqishi bartaraf qilinadi. Suvchilar
doim dalaning quruq qismidan
yurishlari uchun imkoniyat
yaratiladi. Ekin maydoni kichik va uzunligi 200 metrgacha
bo‘lgan hollarda sug‘orishni bir martaning o‘zida tugallash
mumkin bo‘ladi (3.10-rasm).
185
3.10-rasm. Ko‘chma egiluvchan quvurlar yordamida sug‘orishni
o‘tkazish sxemasi.
1-suv manbai; 2-suv oluvchi qism; 3-bog‘lovchilar
(to‘rtlik va uchliklar); 4-suv yetkazuvchi quvur; 5-
tarqatuvchi quvurlar; 6-sug‘orish egatlari.
Ko‘chma egiluvchan quvurlar yordamida sug‘orishning
to‘g‘ri amalga oshirilishida har bir egatdagi suvning sarfi,
egatdagi suv oqimining tezligi va sug‘orishning davomiyligi katta
ahamiyatga ega. Sug‘orishning boshqa usullari kabi egiluvchan
quvurlar yordamida sug‘orishda ham ekinning sug‘orish me’yori
va muddatlariga rioya qilish maqsadga muvofiq sanaladi.
Ayniqsa, bu
jihat katta maydondagi kuzgi
bug‘doy va g‘o‘za maydonlarini sug‘orishda sezilib turadi
(3.11-rasm)
186
a) kuzgi bug‘doyni sug‘orish
b) g‘o‘zani sug‘orish
3.11-rasm. Ko‘chma egiluvchan quvurlar yordamida sug‘orish.
a) suv yetkazib beruvchi quvur
b) suv tarqatuvchi quvur
3.12-rasm. Ko‘chma egiluvchan quvurlar yordamida sug‘orishni
targ‘ib qilish.
Agar ekin dalasiga suvni sug‘orish tarmog‘ining bir joyidan
olish nazarda tutilgan bo‘lsa, suv ekin maydonining
sug‘oriladigan qismiga bir necha egiluvchan quvurlarni bir۔biriga
ulash orqali yetkazib beriladi (3.12-rasm).