Tomchilatib sug‘orishning o‘ziga xos afzalliklari




Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/197
Sana21.05.2024
Hajmi13,74 Mb.
#247359
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   197
Bog'liq
2rvAPcPsrRZZdBe1KYZc6NQtkhIVSPBObuzOsPV5

4.2. Tomchilatib sug‘orishning o‘ziga xos afzalliklari 
Tomchilatib sug‘orish tizimining boshqa sug‘orish usullariga 
nisbatan bir qator afzalliklari mavjud bo‘lib, bu afzalliklar ekin 
hosildorligining oshishi va sifatining yaxshilanishi, sug‘orishga 
ishlatilayotgan suvning tejalishi, o‘g‘itlar va yonilg‘i-moylash 
materiallari sarfining kamayishi, qo‘l mehnatining yengillashishi 
va ekin dalasi meliorativ holatining yaxshilanishi kabi jihatlarda 
namoyon bo‘ladi.
a)
 
ekinning hosildorligi ortadi va sifati yaxshilanadi.
 
Tomchilatib sug‘orilganda ekinning ildiz qatlamida doimiy 
bir xil namlik muhiti shakllantirilib, ekin uchun kerakli vaqtda 
suv va oziq moddalarni olish imkoniyati yaratiladi.
Bunday sharoitda o‘simlik o‘zining barcha quvvatini rivojla-
nishga, mo‘l va sifatli hosil to‘plashga yo‘naltiradi, ya’ni ekinni 
sug‘orish uchun suv odatdagidan kam sarflansada, hosil ko‘p 
olinadi.
Natijada hosildorlik bog‘ va tokzorlarda 40% gacha, 
sabzavotlarda 80% gacha ortadi (4.2-4.3 rasmlar).
a) tomchilatib sug‘orilayotgan 
uzumzor
b) tomchilatib sug‘orilayotgan 
olma bog‘i
4.2-rasm. Tomchilatib sug‘orilgan uzumzor va olma bog‘ining 
ko‘rinishlari.


202 
a) tomchilatib sug‘orilyotgan 
piyoz dalasi
b) tomchilatib sug‘orilgan 
piyoz hosili
4.3-rasm. Tomchilatib 
sug‘orilayotgan 
piyoz 
dalasining 
ko‘rinishlari.
b)
 
ekin hosili erta pishib yetiladi.
 
Bir yillik ekinlarni tomchilatib sug‘orilganda ekinlarning 
hosili odatdagidan 10-15 kun erta pishib yetiladi.
Mo‘tadil iqlim mintaqasida joylashgan O‘zbekiston sharoi-
tida bir yillik ekinlar, ayniqsa, paxta yetishtirishda hosilning erta 
pishishi muhim ahamiyatga ega.
Qo‘shqatorlab ekilgan va qator orasi polietilen plyonka bilan 
yopilgan g‘o‘zani tomchilatib sug‘orilganda, paxta hosili sentabr 
oyining ikkinchi yarmida to‘liq pishib yetiladi.
Natijada paxta hosilini bir martada to‘liq terib olinadi. Hosili 
erta yig‘ib olingan paxta dalasiga sovuq kunlarga qolmay kelgusi 
yil uchun bug‘doy urug‘ini ertaroq sepish, uni to‘liq undirib olish 
imkoniyati yaratiladi.

Download 13,74 Mb.
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   197




Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Tomchilatib sug‘orishning o‘ziga xos afzalliklari

Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish