198
4-BOB. SUV TEJOVCHI BOSIMLI SUG‘ORISH
TEXNOLOGIYALARI
Ma’lumki, qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orishni ikki
ko‘rinishda amalga oshirish mumkin.
Bularning birinchisi
suvning o‘z og‘irligi tufayli yer yuzasi bo‘ylab harakatlanishi
yordamida amalga oshiriladigan o‘zi oqar (gravitatsion) sug‘orish
bo‘lsa, ikkinchisi suvni yuqori bosimda yetkazib berishga
asoslangan bosimli sug‘orishdir.
Ekinlarni bosimli sug‘orish usullari suvni quvur va shlanglar
yordamida bevosita ekinlarning joylashgan
nuqtalariga yetkazib
berishga mo‘ljallangan muhandislik sug‘orish usullari sanaladlar.
Bosimli sug‘orish usullari safiga tomchilatib, yomg‘irlatib va yer
ostidan sug‘orish usullari kiradi.
4.1. Ekinlarni tomchilatib sug‘orish usuli
Tomchilatib sug‘orish usuli – ekinning ehtiyojiga mos
miqdordagi suvni shlanglar yordamida bevosita uning ildiz
qatlamiga yetkazib berishga mo‘ljallangan muhandislik sug‘orish
usulidir.
Ekinlarni yer ustidan sug‘orishning qariyb barcha usullarida
(egatlar, yomg‘irlatib, cheklar, polosalar) sug‘orish
paytida
tuproqda suvga bo‘kish va sug‘orishdan keyin qurib ketish
hodisalari yuz beradi. Sug‘orish paytida tuproqda namlikni
haddan ziyod ortishi ekinni suvga bo‘ktirsa, sug‘orishlar
orasidagi vaqtning uzoqligi tuproq qurib ketishiga sabab bo‘ladi
va o‘simlikni suvsiz qoldiradi.
Navbatdagi sug‘orishda ekin yana suvga bo‘kadi,
undan
keyin esa yana suvsiz qoladi, ya’ni ekin bir stress holatdan chiqib
boshqasiga tushaveradi.
Bunday sharoitda ekin hosil yaratish o‘rniga stress
199
holatlardan chiqishga harakat qilaveradi va o‘z energiyasini ana
shu stress holatlardan chiqib ketish uchun sarflayveradi.
Tomchilatib sug‘orilganda esa
suv ekinning ehtiyojiga mos
ravishda dalaning barcha nuqtalariga bir xilda beriladi,
ekinlarning ildizlari joylashgan qatlam bir xilda namlanadi.
Ekinning ildiz qatlamida doimiy bir xil namlik sharoiti yaratiladi
va ekin stress holatga tushishining sabablari bartaraf qilinadi.
Demak, tomchilatib sug‘orilganda sug‘orishdan avval ham,
keyin ham tuproqdagi namlik ekin ehtiyojiga mos bo‘ladi, ekin
stress holatga tushmaydi va o‘zining energiyasini to‘liq ravishda
faqat hosil yaratish va uni ko‘paytirishga sarflaydi.
Tomchilatib sug‘orilganda suv
bilan birga oziq moddalar
ham eritilgan holatda ekinning ildiz tizimi joylashgan qatlamga
yetkazib beriladi, ular behudaga isrof bo‘lmay, ekinga to‘liq yetib
boradi.
Dalaning barcha qismidagi ekinlar bir xil suv va bir xil ozuqa
oladilar. Natijada dalaning barcha qismlarida ekin bir xilda
rivojlanadi va barqaror yuqori hosil beradi.
Xullas, ekinlarni tomchilatib sug‘orilganda
mavsum
davomida tuproq namligi keskin o‘zgarmaydi, ya’ni tuproq o‘ta
qurib ham ketmaydi, ortiqcha namlanib ham ketmaydi, ya’ni
tuproqning namligi kichik oraliqda o‘zgaradi.
Tomchilatib sug‘orilganda tuproqdagi
namlik har doim ekin
ehtiyojiga mos bo‘ladi (4.1-rasm).
Tomchilatib sug‘orishda sug‘orish jarayonini to‘liq avto-
matlashtirish, suv va o‘g‘itlarni tejash, mehnat sarfini kamaytirish
va hosildorlikni oshirish imkoniyatlari yuqori sanaladi.
Jahon tajribasining ko‘rsatishicha, bog‘dorchilik, uzumchilik,
texnik
ekinlar,
sabzavotlarni
yetishtirish
va
dekorativ
o‘simliklarni parvarishlashda tomchilatib sug‘orish tizimlaridan
foydalanish iqtisodiy jihatdan yaxshi samara beradi.
200
4.1-rasm. Ekinni tomchilatib va egatlab sug‘orilganda tuproq
namligining o‘zgarishlarini o‘zaro farqlanishi.
Tomchilatib sug‘orish tizimlarni hamma joyda, hatto boshqa
sug‘orish usullarini qo‘llash samara
bermaydigan sharoitlarda
ham, ya’ni:
–
murakkab relefli va katta nishabli uchastkalarda;
–
tuproq qatlami yuqa va suv shimilishi yuqori bo‘lgan
tuproqli maydonlarda;
–
suv yetkazib berish qimmatga tushadigan (nasoslar
yordamida suv beriladigan) hududlarda;
–
shamoli kuchli bo‘lgan hududlarda;
–
sug‘orishga tozalangan chiqit
suvlar ishlatiladigan holat-
larda ham qo‘llash mumkin.
Ayniqsa, qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirishning intensiv
usullarida, ya’ni hosilning kattaligi va sifati tuproqning namlik va
ekinning oziqlanish rejimlarini aniqligiga to‘la bog‘liq bo‘lgan
sharoitlarda tomchilatib sug‘orish tizimlarini qo‘llash juda yaxshi
samara beradi.