203
Tomchilatib sug‘orilganda suv quyidagilar hisobiga tejaladi:
•
sug‘orishga berilayotgan suvning miqdori (sug‘orish
me’yori) ekinning suvga bo‘lgan
kunlik talabiga mos
bo‘ladi (sug‘orish me’yori va muddati amaldagi bug‘lanish
va transpiratsiyaning hisobi asosida belgilanadi);
•
suv to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘simlikning
ildizi rivojlanadigan
qatlamga
berilganligi
bois
namlanadigan
maydon
kamayadi;
•
ekin dalasining katta
qismi quruq qolganligi bois
tuproqning ochiq yuzasidan suvni bug‘lanishi kamayadi;
•
dalada begona o‘tlarning o‘sishi kamligi tufayli, sug‘orish-
ga berilgan suvning barchasini faqat ekinning o‘zi oladi;
•
sug‘orishga berilayotgan
suvning tuproqqa singishi
kamayadi;
•
ekin dalasidan tashlamaga suv chiqmaydi.
Tomchilatib sug‘orilganda
dalaning faqat ekin ekilgan
qismigina sug‘oriladi (dala emas, ekin sug‘oriladi). Masalan, 1 ga
bog‘ni bir marta sug‘orish uchun 35-70 m
3
/ga (o‘rtacha 50 m
3
/ga)
suv sarflanadi.
Natijada tomchilatib sug‘orilganda boshqa sug‘orish
usullariga nisbatan ekin turiga qarab 20% dan 50%
gacha suv
tejaladi.
4.4-rasm. Tomchilatib (polosa bo‘ylab) sug‘orilayotgan bog‘ va
sabzavot dalasi tuproqlarining qisman namlanishi.