• 4.3.2. Tuproqni namlash konturiga ko‘ra turlari
  • 4.3.3. Tomizgichli sug‘orish shlangiga ko‘ra turlari
  •  Foydalanilayotgan bosimiga ko‘ra




    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet92/197
    Sana21.05.2024
    Hajmi13,74 Mb.
    #247359
    1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   197
    Bog'liq
    2rvAPcPsrRZZdBe1KYZc6NQtkhIVSPBObuzOsPV5

    4.3.1. Foydalanilayotgan bosimiga ko‘ra 
    Tomchilatib sug‘orish tizimi odatda nasos qurilmasi 
    yordamida shakllantiriladigan sun’iy bosim hisobiga ishlaydi.
    Tomchilatib sug‘orish tizimlarida nasos qurilmalarining 
    elektr toki (elektr dvigatelli) yoki suyuq yonilg‘i hisobiga 
    ishlaydigan (motopompa) turlari qo‘llanilishi mumkin.
    Qo‘llaniladigan nasos qurilmasi kerakli miqdordagi suvni 
    yetarli bosim bilan ekin dalasining barcha qismlariga yetkazib 
    bera olishi lozim.
    Sug‘oriladigan ekin maydonining joylashgan o‘rni va yer 
    yuzasining nishabligi imkon beradigan hollarda tomchilatib 
    sug‘orish tizimi tabiiy bosim hisobiga ishlashi ham mumkin. 
    Bunda zarur bosim tomchilatib sug‘orish tizimining suv yetkazib 
    beruvchi bosh quvurida shaklllantiriladi.
    4.3.2. Tuproqni namlash konturiga ko‘ra turlari 
    Tomchilatib sug‘orish natijasida ekin dalasida polosa 
    shaklidagi 
    yoki nuqta ko‘rinishdagi namlik konturlari 
    shakllantiriladi.
    Polosa ko‘rinishidagi namlik konturlari ekin tuplari o‘zaro 
    yaqin joylashgan hollarda, asosan bir yillik ekinlar va intensiv 
    parvarishlanuvchi 
    bog‘larda 
    ekin 
    qatorlari 
    bo‘ylab 
    shakllantiriladi.
    Nuqta ko‘rinishidagi namlik konturlari asosan ko‘p yillik 
    ekinlar, 
    xususan 
    mevali 
    daraxtlarning 
    ildizlari 
    atrofida 
    shakllantiriladi.
    Daraxtlar ildizlari atrofida namlik shakllantirilganda dalaning 
    katta qismi quruq qoladi va suvning behudaga sarflanishi butkul 
    bartaraf qilinadi.
    Ekinlar atrofida namlik konturlarini shakllantirish uchun 
    tomizgichlari turlicha bo‘lgan sug‘orish shlanglari qo‘llaniladi.


    208 
    4.3.3. Tomizgichli sug‘orish shlangiga ko‘ra turlari 
    Tomizgichli sug‘orish shlanglari devorining qalinligiga ko‘ra 
    qalin devorli va yupqa devorli turlarga bo‘linadi.
    Bu shlanglar odatda sug‘oriladigan ekin turiga qarab 
    tanlanadi. Ko‘p yillik daraxtlarni sug‘orish uchun devorlari qalin, 
    bir yillik ekinlarni sug‘orish uchun esa devorlari yupqa shlanglar 
    qo‘llaniladi. Tomchilatib sug‘orish tizimlarining tarkibida ishlati-
    ladigan qalin devorli sug‘orish shlanglari ko‘p yil va yupqa 
    devorli sug‘orish shlanglari bir yil (bir mavsum) ishlatilishi 
    mumkin.
    Sug‘orish shlangini ekin turi va ekilish sxemasiga ko‘ra 
    qo‘llash tomchilatib sug‘orish tizimi narxlarini arzon bo‘lishini 
    ta’minlaydi.

    Download 13,74 Mb.
    1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   197




    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish