224
5.11-rasm. Filtrning ko‘rsatkichlariga qo‘yiladigan talab.
Filtrning mesh ko‘rsatkichi 120 dan kam bo‘lmasligi kerak.
Bunday ko‘rsatkichli bo‘lgan filtrda 0,125 mm dan katta bo‘lgan
zarralar to‘liq ushlab qolinadi (5.11-rasm).
Agar filtrdan yirik zarralar o‘tib ketadigan bo‘lsa, sug‘orish
tizimi tomizgichlari tiqilib qoladi
va tizim samarasiz ishlay
boshlaydi.
Filtr tomonidan tozalanadigan suvning miqdori (suvning
sarfi) doimo nasosning suv sarfidan ikki marta katta qilib
belgilanadi.
To‘rli yoki diskli filtrlarning suv kiruvchi va chiquvchi
teshiklari turli tomonlarda joylashgan bo‘ladi.
Suvning filtrda
harakatlanishi strelka bilan filtr korpusida ko‘rsatib qo‘yiladi.
Shuning uchun to‘rli yoki diskli filtrlarni ularning korpusida
ko‘rsatilgan strelkasiga qarab o‘rnatiladi. Strelkaning yo‘nalishi
suvni harakatlanish yo‘nalishini ko‘rsatib turadi. Filtr strelka
225
yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ri o‘rnatilishi shart. Aks holda,
nafaqat
filtr, balki sug‘orish tizimi ham umuman ishlamaydi, chunki
tizimda suv yurmaydi.
Qumli filtrlarda odatda suv
filtrlovchi qatlamning tepa
qismiga yetkazib beriladi va o‘z og‘irligi tufayli filtrlovchi
qatlamdan sizib o‘tib tozalanadi.
Suvning tarkibidagi loyqa oqiziqlar asosan filtrning tepa
yuza qismida ushlab qolinadi va shu yerda to‘planadi (5.12-
rasm).
Filtrlovchi qatlam yuzasida to‘plangan loyqa oqiziqlar filtrni
yuvish jarayonida suvning teskari
oqimi yordamida filtrdan
tashqariga chiqarib tashlanadi.
Filtrlashga yuborilayotgan suvning miqdori filtrning quvvati-
dan oshib ketmasligi lozim. Filtrning suv tozalash qobiliyati doi-
mo nasosning suv sarfidan yuqori qilib belgilanadi. Aks holatda
suv yaxshi tozalanmaydi va tizim tomizgichlarining tiqilib qolishi
xavfi ortadi.
Filtrlash stansiyasi va filtrlarni doimo bir kishi tomonidanm
ishlatilishi maqsadga muvofiq sanaladi.
a) bir kamerali
b) ikki kamerali
5.12-rasm. Qumli filtrlarni ishlash rejimlari.
226
Filtrlarning markalari odatda loyihalovchi tomonidan
tanlanadi va quruvchi tomonidan tizim tarkibida montaj qilinadi.
Shuning uchun, sug‘orish tizimini
foydalanishga topshirish
paytida quruvchi tashkilot foydlanuvchiga filtrlarni ishlatish
tartibini taqdim qilishi va o‘rgatishi lozim.