227
a) yirik tizimlar uchun
b) kichik tizimlar uchun
5.13-rasm. O‘g‘itlovchi idish.
Sug‘orish tizimining quvuridan kelayotgan suv ulovchi
shlangdan kelib o‘g‘itlovchi idish orqali o‘tadi. Bu jarayonda suv
kiruvchi va chiquvchi jo‘mraklarda yuzaga keladigan bosimlar-
ning farqi hisobiga o‘g‘it eritmasini idishdan tortib oladi va
o‘ziga qo‘shib olib ketadi.
O‘g‘it eritmasi idish bilan bosh quvurni o‘zaro birlashtiruv-
chi shlangda harakatlana borib, bosh quvurdagi suvga qo‘shiladi
va suv bilan yanada aralashadi. Bosh quvurdagi suvga qo‘shilib
ketgan va u bilan birga harakatlanayotgan o‘g‘it aralashmasi suv
bilan birga ekinning ildiz qatlami joylashgan yerga borib tushadi.
O‘g‘itlovchi idishlar vositasida o‘g‘itlar eritmasini yetkazib
berish usulining asosiy kamchiligi o‘g‘itlar dozasini nazorat
qilishning qiyinligi sanaladi.