• 6.2. Tomchilatib sug‘orish tizimining tarqatuvchi quvurlari
  • Polietilen quvur tamg‘asining tavsifi (rasmdagi misol)




    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet104/197
    Sana21.05.2024
    Hajmi13,74 Mb.
    #247359
    1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   197
    Bog'liq
    2rvAPcPsrRZZdBe1KYZc6NQtkhIVSPBObuzOsPV5

    Polietilen quvur tamg‘asining tavsifi (rasmdagi misol)
     
    Chiziqning 
    rangi
    KO‘K
    Sovuq suv ta’minoti sohasida ishlatish 
    uchun mo‘ljallangan quvurlarga ko‘k 
    rangi chiziq chiziladi
    PE 100
    Polietilen markasi, 100 – zichlik ko‘rsatkichi, 
    ko‘rsatkich qancha katta bo‘lsa, material shuncha 
    zich, mustahkam bo‘ladi.
    SDR 17
    Quvur diametrini quvur devori qalinligiga nisbati 
    koeffitsiyenti, koeffitsiyent qancha katta bo‘lsa, 
    quvur bosimga shuncha chidamsiz, chunki uning 
    devori qalinligi shuncha kam bo‘ladi
    160
    Quvurning tashqi diametri, mm
    9,5
    Quvur devorining qalinligi, mm
    DSt 
    nomer
    Davlat standarti va raqami
     
     


    236 
    a) xandaq kavlash
     
    b) xandaqqa 
    joylash
     
    c) tarqatuvchi quvurni 
    ulash
     
    6.4-rasm. Tomchilatib sug‘orish tizimining magistral quvuri 
    (Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani, Mamay 
    qishlog‘i 2015 yil).
    Tomchilatib sug‘orish tizimining magistral quvuri odatda 
    ekin dalasining cheti, ba’zi hollarda dalaning markazi bo‘ylab 
    tuproq ostiga yotqiziladi. Quvurning yotqizish chuqurligi yer 
    qatlamini muzlashi mumkinligi shartidan kelib chiqib belgilanadi 
    (6.4-rasm).
    O‘zbekistonning issiq iqlimli sharoitida tuproq qatlamini 
    muzlash chuqurligi unchalik katta bo‘lmaganligi bois, magistral 
    quvurni bemalol 0,6-1,0 metr oraliqdagi chuqurlikka yotqizish 
    mumkin.
    6.2. Tomchilatib sug‘orish tizimining tarqatuvchi 
    quvurlari 
    Tomchilatib sug‘orish tizimining tarqatuvchi quvurlari suvni 
    magistral quvurdan olib sug‘orish shlanglariga yetkazib taqsimlab 
    berish uchun xizmat qiladi.
    Tomchilatib sug‘orish tizimlari tarqatuvchi quvurlarining 


    237 
    turi, materiali, diametri va uzunliklarini aniqlash butun 
    tomchilatib sug‘orish tizimini loyihalashning asosiy qismlaridan 
    biri deb hisoblanadi.
    Tarqatuvchi quvurlar zanglamaydigan va yuqori bosimda 
    ishlashga chidaydigan polietilendan tayyorlanadi va odatda yer 
    ostiga (0,5 m gacha) yotqiziladi.
    Tomchilatib sug‘orish tizimlarining tarqatuvchi quvurlari 
    sifatida magistral quvur uchun qo‘llanilgan markadagi 
    quvurlardan foydalanish mumkin. Biroq tarqatuvchi quvurlardan 
    o‘tadigan suvning sarfi quvur oxiriga borgunicha sarflanib, 
    kamayib borganligi tufayli ularning diametrini bosh quvur 
    diametridan kichikroq o‘lchamda tayinlash mumkin.
    Tarqatuvchi quvur devorining qalinligi ham quvur yetkazib 
    beradigan suvning bosimiga mos bo‘lshi va quvurga ulanadigan 
    shtuserlarni (start konnektorlarni) mustahkam o‘rnashishi 
    shartidan kelib chiqib tayinlanadi.
    Tomchilatib sug‘orish tizimlari amaliyotida devorining 
    qalinligi 2,0-3,0 mm oraliqda (ko‘proq 2,4 mm) bo‘lgan 
    quvurlardan keng foydalaniladi.
    Mazkur tarqatuvchi quvurlarning diametrlari ham magistral 
    quvurga nisbatan kichikroq qilib tayinlanadi, amaliy tajribalarni 
    ko‘rsatishicha sug‘oriladigan maydonning kattaligiga qarab 32-90 
    mm oralig‘ida bo‘lishi maqsadga muvofiq sanaladi.
    Tarqatuvchi quvurlarning diametri sug‘orish uchun zarur 
    suvni minimal bosim isrofi bilan o‘tkaza oladigan shartdan kelib 
    chiqib tanlanadi.
    Tomchilatib sug‘orish tizimi tarqatuvchi quvurlarining 
    diametrlari va uzunliklari sug‘orish sektorining kattaligiga 
    bog‘liq tavishda turlicha bo‘lishi ham mumkin.
    Bir vaqtda sug‘oriladigan eng yirik sug‘orish sektori 
    tarqatuvchi quvurining diametri odatda eng katta bo‘ladi va u 


    238 
    ushbu sektor kattaligi hamda unga yetkazib beriladigan suvning 
    miqdoriga (sarfiga) bog‘liq tarzda belgilanadi.
    𝑄
    𝑐
    =
    𝑁
    𝑡
    ∙ 𝑞
    𝑡
    3600
     
    bu yerda, Q
    c
    – bir vaqtda sug‘oriladigan sektorning suv 
    ist’emoli, l/s; 
    N
    t
    – sektordagi tomizgichlarning umumiy soni, dona; 
    q
    t
    – bitta tomizgichning suv sarfi, l/soat, 
    3600 – o‘tish koeffitsienti.
     
    Sug‘orish sektorining suv iste’moli (sarfi) tarqatuvchi 
    quvurning suv sarfi sifatida qabul qilinadi.
    Aniqlangan suv sarfi va quvurdagi suv oqimining ruxsat 
    etiladigan tezligi (V=1,1-1,8 m/s) asosida tarqatuvchi quvurning 
    diametri tanlanadi.
    Tomchilatib sug‘orish tizimining tarqatuvchi quvurlari ham 
    zanglamaydigan va yuqori bosimda ishlashga chidaydigan 
    polietilendan tayyorlanadi.
    Tarqatuvchi quvurlar odatda sug‘oriladigan ekin qatorlariga 
    nisbatan perpendikulyar (ko‘ndalang) yo‘nalishda yer ostiga – 
    0,5- 0,6 m chuqurlikka yotqiziladi (6.5-rasm).
    Har bir tarqatuvchi quvurning boshlanish joyida suvni 
    boshqarish imkoniyatini yaratadigan soqqali kran, oxirida suvni 
    ochib chiqarib yuborish imkonini beradigan tiqin (zaglushka) 
    ko‘zda tutiladi (o‘rnatiladi).
    Tomchilatib sug‘orish tizimlarida tarqatuvchi quvur sifatida 
    qattiq polietilen quvurlar bilan bir qatorda yumshoq quvurlar ham 
    ishlatiladi.


    239 
    a) dalaga keltirish
     
    b) xandaqqa yotqizish va sug‘orish 
    shlanglarini ulash
     
    6.5rasm.
    Tomchilatib 
    sug‘orish 
    tizimining 
    tarqatuvchi 
    quvurlari
    (Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani, 
    Mamay qishlog‘i 2015 yil).

    Download 13,74 Mb.
    1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   197




    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Polietilen quvur tamg‘asining tavsifi (rasmdagi misol)

    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish