228
Injektor sug‘orish tizimining bosh quvuriga parallel ravishda
o‘rnatiladi (5.14-rasm).
Quvurdan o‘tayotgan suvning harakati tufayli injektor
quvurchasida bo‘shliq yuzaga keladi. Bo‘shliq o‘g‘it
eritmasini
idishidan o‘ziga tortib oladi va sug‘orish tizimi quvuriga yuboradi
(5.15-rasm).
O‘g‘it eritmasi quvurdagi suv
bilan yanada aralashib ekin
dalasigacha borib tushadi.
Venturi injektori ishlashga tayyor bo‘lishi uchun, injektorga
so‘ruvchi shlang, minikran va filtrlar ulanadi (5.16-rasm).
a) Venturi injektorining
ko‘rinishi
b) sug‘orish tizimiga ulangan injektor
5.14-rasm. Venturi injektori.
5.15-rasm. Suv va o‘g‘itni injektorda harakatlanishi.
229
5.16-rasm. Foydalanishga tayyor injektorlar.
O‘g‘it eritmasini Venturi injektorlari
yordamida yetkazib
berish eng oson hisoblanadi. Biroq ma’lumotlar Venturi injektori
tizimdagi suvning bosimi 2 atm. dan yuqori bo‘lgan
sharoitlardagina samarali ishlashini ko‘rsatmoqda. Tizimdagi
suvning bosimi 2 atm. dan past bo‘lganda
esa Venturi injektori
yaxshi ishlamaydi yoki butunlay ishlamay qo‘yadi.
Suvning bosimi yetarli bo‘lmagan holatlarda sug‘orish
tizimida o‘g‘itni yetkazib berish uchun kompressor yoki
qo‘shimcha nasosdan foydalaniladi.
Dozatron nasos
Dozatron nasos gidravlik dozator ko‘rinishida bo‘lib, u o‘g‘it
va boshqa kimyoviy eritmalarni aniq
bir xil miqdorda ajratib
olish va uzatish uchun qo‘llanadi.
Dozatron nasos tizimning bosh quvuri va o‘g‘it eritmali
idishi oralig‘iga o‘rnatiladi (5.17-rasm).
Dozatronning ishchi turbinasi
tizim quvuridagi suvning
bosimi yordamida harakatga keladi. Natijada dozatron o‘g‘it
eritmali idishdan eritmani aniq miqdorini so‘rib olib suv yetkazib
beruvchi quvurdagi suv bilan aralashtiradi va sug‘orish tizimi
quvuriga uzatadi.
230
5.17-rasm. Dozatron nasos va uni tizimda o‘rnatilishi.
Dozatron nasosni ishga tushirish
davrida bir marta rostlab
olinadi, keyin u doim shunday holatda ishlaydi.
Tomchilatib sug‘orish tizimi o‘g‘itlovchisining turini
sug‘orish tizimini loyihalovchisi tanlaydi va o‘g‘itlovchining
xarakteristikalarini loyiha tarkibida taqdim qiladi.
Tomchilatib sug‘orish tizimini qurgan tashkilot esa o‘g‘itlash
moslamasining ishlash tartibi va o‘g‘it
eritmasini tayyorlash
qoidalarini tizimdan foydalanuvchiga to‘liq o‘rgatadi.