221
Filtrlovchi
qatlamning
qalinligi
odatda
filtr
idishi
balandligining yarmi va undan ortiqrog‘ini tashkil qiladi.
Qumli filtrlarda
filtrlovchi
material
sifatida asosan
o‘lchamlari dqum = 1,2-2,4 mm kattalikda bo‘lgan qum donalari
ishlatiladi.
Filtrlar birlamchi suv keluvchi va toza suv chiqib ketuvchi,
filtrni yuvishda ishlatilgan suv chiqib
ketadigan qismlar bilan
jihozlanadi. Filtrning suv keladigan va chiqib ketadigan har bir
qismida suvni ochib-yopuvchi kranlar (jo‘mraklar) ko‘zda
tutiladi. Kranlar filtrni ishlatish va yuvish jarayonlarida suv
oqimini yo‘naltirish uchun xizmat qiladilar.
Amaliyotda qumli filtrlarning ikki xil:
bir kamerali va ikki
kamerali
(D/C tipidagi)
turlari ishlatiladi (5.8-rasm).
Tomchilatibsug‘orish tizimida bir kamerali filtr ishlatilganda
uning soni kamida ikkita bo‘lishi lozim, ikki kamerali (D/C
tipidagi) filtr ishlatilganda esa bitta filtr bilan kifoyalanish
mumkin.
a) bir seksiyali filtrlar
b) ikki seksiyali filtr
5.8-rasm. Qumli filtrlar.
222
Ikki kamerali (D/C tipidagi) filtrlardan iborat filtrlash
stansiyasi sug‘orishni to‘xtatmagan holda filtrni yuvish imkonini
beradi. Shu jihati bilan kkki kamerali filtrlar bir kamerali
filtrlardan afzal deb hisoblanadilar.
Sug‘orishga ishlatiladigan suvning
tarkibidagi qumli filtrda
ushlab qolishni iloji bo‘lmaydigan mayda qum zarralaridan
tozalash uchun amaliyotda to‘rli va diskli filtrlardan
foydalaniladi.
To‘rli va diskli filtrlarda filtrlovchi sifatida metall va plastik
materiallardan yasaladigan disk yoki to‘rlar ishlatiladi.
Diskli va to‘rli filtrlarning filtrlovchisini filtrning kartriji deb
ataladi.
Diskli va to‘rli filtrlarning korpuslari odatda ikki xil: metall
va plastik materiallardan tayyorlanadi (5.9-rasm).
а) metall korpusli
b) plastik korpusli
5.9-rasm. Diskli va to‘rli filtrlar.
223
a) tashqi ko‘rinishi
b) ishlash sxemasi
5.10-rasm. Qum tutuvchi – gidrosiklon.
Sug‘orishga yer osti suvlari ishlatilayotgan holatlar ko‘pida
suvning tarkibida qum zarralari kelishi kuzatiladi.
Tarkibida qum oqib kelayotgan suvdagi qumni ushlab qolish
uchun qum ajratgichlar – gidrosiklonlardan foydalaniladi (5.10-
rasm).