218
a) motopompaning ko‘rinishi
b) motopompaning daladagi
ishchi holati
5.7-rasm.
Tomchilatib sug‘orish tizimlarining motopompalari.
Tomchilatib sug‘orish tizimini
kichik quvvatli nasosda
ishlaydigan qilib loyihalash va nasoslarni kam xarajat,
aholi
yashash joylari uchun mo‘ljallangan elektr liniyasida (0,4 kVt li)
ishlay oladigan turlarini tanlash tavsiya qilinadi.
Elektr tarmog‘i bo‘lmagan ekin dalalarini tomchilatib
sug‘orish uchun suyuq yonilg‘ida
ishlaydigan motopompalardan
foydalanish mumkin.
Tomchilatib sug‘orish tizimlarida qo‘llash mumkin bo‘lgan
motopompalarning texnik tavsifnomasi – KM30CX markali
motopompa
misolida
5.2-jadvalda keltirilgan.
Nasos qurilmasi eng uzoqdagi yoki balanddagi tomizgichdan
kerakli miqdordagi suvni bemalol oqib chiqishini ta’minlashi
lozim.
Odatda tomchilatib sug‘orish tizimining filtridan oldingi
nuqtasida suvning bosimi 2-3 atm. ni tashkil qiladi.
Tomchilatib sug‘orish tizimida qo‘llaniladigan
nasosning
markasini mazkur bosimga kamida 10% li zaxira qo‘shish bilan
tanlanadi.